Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020
Komil inson deb - dunyoviy va diniy bilimlar asosini egallab foydali kasb-hunar egasi
bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, yuksak axloqiy va estetik fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan, sog‘lom, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sodiq bo‘lib xalq, millat, elat ravnaqi yo‘lida zahmat chekadigan, ona Vatanining ozodligi-obodligi yo‘lida jon fido aylab mehnat qiladigan kishilarga aytiladi. Orzular g‘oyalarda mujassam bo‘lganidek, millatimizning komil inson haqidagi orzusi-uning milliy istiqlol g‘oyasida o‘z aksini topgan. Komil inson g‘oyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oyadir. Komil inson g‘oyasini amalga oshirishning eng maqbul yo‘li shaxsni ma’naviy jihatdan kamol toptirishdir. Zamonaviy komil inson konsepsiyasiga asosan u-yuksak ma’naviyat sohibi bo‘lgan komil shaxsdir. “Komil” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “kamolotga erishgan, bekamu-ko‘st, to‘la darajada” degan ma’noni anglatsa , “Kamol”, “Kamolot” so‘zlari ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “har jihatdan to‘kislik, mukammalik, etuklik” degan ma’nolarni anglatadi “Komil”, “Kamol”, “Kamolot” so‘zlarining lug‘aviy ma’nolaridan, ularning hozirgi kundagi ma’naviy hayotni, ehtiyojni, munosabat va manfaatlarni aks ettirishlariga qarab, kamolot bu-shunchaki komillikka erishish, kamol topish emas, balki uzoq davom etgan ta’lim-tarbiya, olingan bilim, shakllangan aql, sodir etilayotgan axloqiy hatti- harakatlarni shakllantirishning bir-birini to‘ldirib boruvchi bir necha bosqichlardan iborat bo‘lgan jarayonlar tizimidir, deb baholash mumkin. Kamolot yo‘li ziddiyatlarga, mashshaqqatlarga, yutuqlarga boy bo‘lgan, elim deb, yurtim deb, mehnat qilish, zahmat chekish natijasida mukammallikka, olijanob insoniy fazilatlarga ega bo‘lish yo‘lidir. Dunyoga kelgan har bir inson ana shu yo‘ldan yuradi, ammo u bu yo‘lda kimni uchratadi, kimni o‘ziga ustoz deb biladi, kimga xizmat qiladi, kimni do‘st, kimni dushman deb biladi? Ana shu jihatlar kamolot yo‘lidan borayotgan shaxsga o‘zining ta’sirini o‘tkazadi, kamolot tushunchasining sub’ektiv ma’nodagi mazmun va mohiyatini belgilab beradi. Mehribon, halol luqmali oila farzandi bo‘lgan, ta’lim muassasalarida yaxshi ta’lim- tarbiya olgan, olimu-fozillarga, halol, bag‘rikeng, diyonatli, mehnatkash odamlarga yo‘ldosh 58 bo‘lgan shaxs, albatta jamiyat, davlat, xalq, millat belgilab bergan ma’naviy kamolot yo‘lidan borib komil inson darajasiga ko‘tarilib, elning ardog‘iga sazovor bo‘ladi. Ma’naviyatlilik inson hayoti va jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllanadigan, faqatgina insongagina xos bo‘lgan fazilat hisoblanadi: u - . inson kamolotining asosiy belgisi. Lekin insonda irsiy imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ular mehnat, hayot tajribasi, jamoatchilik ta’siri asosida sayqal topib, uning e’tiqodiga, ruhiy mohiyatiga aylanadi, inson ongi va qalbiga chuqur o‘rnashadi. Faqat insonga xos bo‘lgan irsiy imkoniyatlar, qobiliyat, hayot tajribasi, ajdodlar merosi va namunasi, bilim, axloq va odob asosida shakllangan ma’naviyat uning yuksak kamoloti, hayot va faoliyatiga maqsad va yo‘nalish beruvchi ruhiy asosdir. Komil inson g‘oyasining o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy negizlari mavjud bo‘lib, ularsiz shaxs kamolotini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu negizlar quyidagilardan iborat: Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling