AXLOQIY QADRIYATLAR-kishilarning xulq-atvorida asrlar davomida shakllangan o‘zaro
munosabatlar, yurish-turish qoidalari: xushxulqlik, xushmuomalalik, kattalarga hurmat,
kichiklarga izzat, halollik, pokizalik, ezgulik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik.
AXLOQIY IDEAL-axloq -me’yorlarining yuksak, orzu qilingan darajadagi tasavvufi, barcha
eng yaxshi xislatlarga ega, har tomonlama tarbiyalangan inson obrazi.
AXLOQIY MADANIYAT-axloqiy tarbiyaga doir asarlar, qarashlar, g‘oyalar, ko‘nikmalar va
ularga amal qilinish.
AXLOQIY ME’YORLAR-jamiyatda o‘rnatilgan xulq-atvor qoidalari, ular urf-odat, ko‘nikma,
marosim qoidalari sifatida namoyon bo‘ladi, axloqiy qadriyatlar sifatida qaraladi, ularga amal
qilmaslik jamoatchilik tomonidan qoralanadi.
AXLOQIY TARBIYA-inson tarbiyasining muhim qismi hisoblanib, odamga yoshligidan
boshlab to‘g‘rilik, halollik, izzat hurmat, burch-mas’uliyat, sog‘lom turmush tarzi, or-nomus,
sharm-hayo, Vatan azizligi, oila muqaddasligi, e’tiqod mustahkamligi xislatlarining singdirib
borilish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |