Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020
GUMANIZM (lot. humanus – insoniylik) – insonga nisbatan yuksak ma’naviyat
tamoyillari asosida munosabatda bo‘lish, insonparvarlik g‘oyasi va amaliyoti. G‘arb G.i: 1) Evropa madaniyati taraqqiyotidagi muayyan tarixiy bosqich, Uyg‘onish davriga xos falsafiy- amaliy tafakkur tarzi; 2) jamiyatga munosabat va uni idrok etish tizimi tarzida talqin qilinadi. XIV-XVI a.lardagi Evropa Renessansi cherkov aqidalarining inson ruhi ustidan mutlaq hukmronligiga qarshi vujudga kelgan harakat bo‘lib, tafakkurda G. shaklida namoyon bo‘ldi. G. Avgustin rad etgan “insoniy o‘lchamlarga binoan yashash”ni himoya qildi, uni Tangri irodasiga 86 zid emas, balki muvofiq deb baholadi. Aksariyat Evropa olimlari G.ning “antropotsentrizm” (borliq mohiyatining asosiga inson irodasini qo‘yish) g‘oyasiga tayanishini e’tirof etadilar. G. rivojini tadqiqotchilar turli bosqichlarga ajratadilar: 1) ilk G. – XIV-a.ning 30-90- y.lari; 2) G.ning yuksalishi – XIV a.ning I yarmi; 3) bevosita gumanistik talqindagi neoplatonizmning tarkib topishi – XV a.ning II yarmidan XVI-a. boshlarigacha; 4) G. g‘oyalari mazmunidan chekinishlar va G. harakatining so‘nishi – XVI-a.ning 2-yarmi. Ilk gumanistlar insonning hayotiy ehtiyojlariga e’tiborni qaratib, insonni borliq markaziga qo‘ydilar. Bu davrda inson haqidagi ilmlarga, ayniqsa, she’riyat va axloq ilmiga qiziqish kuchaydi. Qad. yunon va Rim allomalari yaratgan merosni jiddiy o‘rganish keng tus oldi. Bu davr mutafakkirlari erdagi moddiy hayot inson uchun berilgan, uni ezgulik va adolatning tabiiy qonunlariga muvofiq ravishda tartibga solish ham insonning o‘z qo‘lidadir, degan g‘oyani ilgari surdilar. XV a. II yarmidan boshlab gumanistlar bevosita neoplatonizm g‘oyalarining yangicha talqinini ishlab chiqishga kirishdilar. Neoplatoniklar insonning tangriga bo‘lgan munosabatini talqin etishda ibtidoiy tasavvurlarni engib o‘tib, borliqni yaxlit tizim sifatida tushundilar. Tabiat va ilohiy mohiyatning o‘zaro ichki bog‘liqligiga e’tibor berdilar. Ular o‘rta asrlarga xos tarkidunyochilik kayfiyatidan yuz o‘girib, yorug‘ dunyo go‘zalligini ilohiylashtirdilar. G. mohiyatidagi evrilishlarga ijtimoiy- siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatdi, oxir oqibatda G. o‘z o‘rnini yangi qarashlarga bo‘shatib bera boshladi. Keng ma’noda G. inson shaxsini borliqning asosiga qo‘yib,uni ulug‘lashga yo‘naltirilgan qarashlar majmuidir. SHu ma’noda G. tushunchasi turli tarixiy davrlar va turli hududlarda tarqalgan turlicha ta’limotlar va dunyoqarash tizimlariga tatbiqan ham ishlatiladi. O‘zbek tiliga keng ma’nodagi G. tushunchasi “insonparvarlik” deb o‘girilgan. “Antik davr gumanizmi”, “SHarq gumanizmi” “xristian gumanizmi”, “islom gumanizmi” kabi tushunchalar fanga ancha keyin kirib keldi. G. Bugungi kunda ma’naviyat talablari va tamoyilloarini amalga oshirish usuli va vositasi sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling