Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020
GO‘ZALLIK – tabiat, jamiyat, hayot va san’at hodisasi; estetik kategoriya. G. hissiy ta’sir o‘tkazish orqali insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga shodlik, zavqlanishdan to‘la ma’naviy qoniqish hosil qilishga imkon yaratadi. G., SHiller iborasi b-n aytganda, inson ozodaligining ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. Inson hamma erda va har qanday sharoitda tabiatning G.dan zavq oladi, ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma’naviy boylik orttiradi. Inson u yoki bu ijtimoiy guruhning, ijtimoiy orzusiga muvofiq keladigan hodisalarni G. sifatida baholaydi. Hamma vaqt ham tabiatga estetik munosabat va tabiatni G. qonunlari asosida o‘zlashtirish, uni “insoniylashtirish” tabiat hodisalariga inson talab-ehtiyojlari, maqsad va orzularini tatbiq etish b-n bog‘lanib ketgan. Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi sekin-asta inson zoti va tabiat rivojlanib borgani sari shakllanib borgan. Ibtidoiy san’at manzarali tasvir nimaligini bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki xunuk ekanligini baholamagan. Qad. ovchi-musavvir o‘z diqqat-e’tiborini asosan tirikchilik manbai bo‘lgan narsalar, voqea-hodisalarga qaratgan edi. O‘sha paytlarda inson faoliyatining asosiy turi bo‘lgan ovchilik o‘rniga dehqonchilikning paydo bo‘lishi, inson atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi b-n tabiat boshqacha ijtimoiy mezonlar orqali baholanadi, o‘lchanadi, inson uchun tabiatni go‘zal va xunuk tomonlari ayon bo‘la boshlaydi. Inson kuch-qudratiga nisbatan tabiat kuchlarining qudratliligi, tabiatni estetik o‘zlashtirishning ilk bosqichini belgilab berdi. Dastlabki paytlarda, u o‘zida G. va foydalilik tomonlarining teng bo‘lishini o‘zida ifodaladi. G.ni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etish G.ning ko‘rinishlaridan faqat bittasini o‘z ichiga oladi. SHu narsa aniq-ravshan bo‘lib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish butunlay istiqbolsizdir. Insoniyat hozir atrof-muhitni muhofaza qilish zaruriyatini anglab etmoqda. San’atdagi G. ko‘p qirrali, ko‘p o‘lchovli tomonlarga ega. Ular orasida estetik ideal (orzu) belgilovchi ahamiyat kasb etadi. San’at go‘zal va xunuk hodisalarni 87 aks ettirishi mumkin, lekin uning o‘zi hamma vaqt ham go‘zaldir, chunki u estetik orzu, ya’ni G.ning zaruriy xossasini singdirgan tasavvurni o‘z ichiga olgandir. San’at o‘zining barcha taraqqiyot bosqichlarida estetik orzu o‘zgaruvchanligini, uning ijtimoiy va milliy jihatlardan bog‘liqligini nozik did va mahorat b-n ifodalab beradi. Ko‘p asrlar davomida san’at estetik orzuni ro‘yobga chiqarishning ikki asosiy yo‘nalishini ishlab chiqdi. Uning birinchisini ijobiy qahramon obrazini yaratish orqali estetik orzuni ro‘yobga chiqarish yo‘li tashkil etadi. Ilg‘or orzularga qarama-qarshi hayot hodisalarini tasvirlash estetik orzuni qaror toptirishning ikkinchi yo‘lidir. San’atdagi G. uning haqqoniyligidan ajralmagan holda qaror topadi. San’atda badiiy haqiqatsiz G.ning bo‘lishi mumkin emas. Haqiqat va G. birligi san’at taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biridir. San’atdagi G.ni haqli ravishda shakl va mazmun birligi b-n bog‘lab mushohada etadilar. Kamolotga, G.ka intilish ko‘p jihatdan eng muvofiq shaklni izlab topish b-n bog‘liq bo‘lib, bu shakl narsaning mazmuniga mos kelishini taqozo etadi. G. qonunlari bo‘yicha yaratish mutanosib shakl izlab topishni o‘z ichiga oladi. SHaklning mazmunga mos kelishi san’atdagi G.ning mezonidir. YUqorida bayon hilingan fikr-mulohazalardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, san’atdagi G. uning kamolot darajasi ko‘p qirrali, murakkab tizim birligini ifodalaydi. Uning tarkibiy qismlari sifatida tasvir ob’ektining G.i estetik orzuning haqqoniyligi va ilg‘orligi, voqelikni bilishning haqiqiy va chuqur mazmundor ekanligi badiiy mahoratning yuksakligida namoyon bo‘ladi. DIYONAT– (arab. dindorlik, to‘g‘rilik, insof) Xudodan qo‘rqish, gunoh qilmaslik, savob ishlarni amalga oshirish, imonli-e’tiqodli, sofdil va mard bo‘lish, diniy qonun-qoidalarga qattiq rioya etish, dindorlik, taqvodorlik, vijdon, insoflilik. Diyonatli odam to‘g‘riso‘z, haqgo‘y bo‘ladi, haromdan hazar qiladi, birovning zarariga ish qilmaydi, hamiyatli, nomusli, oriyatli bo‘ladi Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling