Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020
MA’NAVIY HAYOT
Ma’naviyatni shaxs, millat, davlat va jamiyatning qudratli kuchi sifatida o‘rganish faqat mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyingina boshlandi. Birinchi Prezidentimiz ma’naviyat tushunchasi mazmunini ochib berar ekan: “Er, oila, ota-ona, bolalar, qarindosh urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, xalq, mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik-ma’naviyatning ma’nosi ana shunday keng”-deb ta’kidlaydi. Har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmushi tarzi, ma’naviy qarashlari o‘z-o‘zidan, bo‘sh joyda shakillanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo‘lib ma’naviy hayot mezonlari axloq-odob qoidalari kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Aniqrog‘i, ma’naviyat insonni ruhiy poklanish va yuksalishiga da’vat etadigan inson ichki olamini boyitadigan, uning imon irodasini e’tiqodini mustahkamlaydigan vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy kuch ekan, ma’naviy hayot orqali inson va millat qilinayotgan ishlarning mazmunini va mohiyatini aniq tushunib etadi, o‘z mehnatini quvonch hamda taraqqiyot omiliga aylantirishga erishadi. Madaniy taraqqiyot umumiy qonuniyatlardan biri uning to‘xtovsiz ravishda boyib borishi va rivojlanishi b-n belgilanadi. Madaniyat shaxs kamolotiga moddiy va ma’naviy jihatdan ta’sir ko‘rsatadi. Moddiy va ma’naviy madaniyatning o‘zaro aloqasi va ta’siri natijasida aqlan etuk, axloqan barkamol jismonan sog‘lom, dunyoqarashi keng, yaxlit shakllangan shaxs tarkib topadi. Jamiyatining 89 moddiy madaniyati uning ma’naviy madaniyati ta’sirisiz, inson ongi va faoliyatidan tashqarida yaratilmaydi. Inson biror moddiy boylik yaratar ekan, avvalo uning qurilishi ishlab-chiqarish jarayoni, ta’lim-tarbiyaviy natijasini o‘z ongida tasavvur etadi, amaliy ahamiyatini oldindan ko‘ra biladi. Aynan bu jarayon ma’naviy hayotni yaratishiga ham tegishli. Aniqrog‘i, moddiy hayot b-n ma’naviy hayot dialektik ravishda bog‘langan. Moddiy hayot birlamchi, chunki inson ma’naviy muammolar b-n shug‘ullanishidan oldin moddiy ehtiyojlarini qondirgan bo‘lishi zarur. Ma’naviy hayot ikkilamchi, chunki u moddiy hayotning kishilar ongidagi in’ikosini aks ettiradi. SHaxs va jamiyat hayoti hamda rivojlanishi moddiy ishlab-chiqarishiga qay darajada bog‘liq bo‘lsa, u ma’naviy madaniyatning boy va sermazmun bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha, ma’naviy hayot va boyliklar qanchalik yuksak taraqqiy etgan bo‘lsa, jamiyatning moddiy taraqqiyoti uchun shunchalik keng imkoniyatlar ochiladi. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling