MUHABBAT VA NAFRAT — M. va N. ko‘pgina ma’naviy axloqiy tushunchalar kabi juftlik
xususiyatiga ega. M. insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo‘lishi, zo‘ravonlik yoki
zo‘rmaqzo‘rakilik b-n chiqisha olmaydigan hodisa. U me’yorlar, an’analar, qonunlarga
bo‘ysunmaydi, lekin yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas’uliyat yuklaydi, uni
jasoratga chorlaydi, u – insonni tashqi va transsendental olam b-n bog‘laydigan, uni
yolg‘izlikdan olib chiqadigan buyuk ma’naviy kuch. M. ning ob’ekti doimo go‘zallik,
manfaatsiz go‘zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – M. egasiga undanda go‘zalroq narsa yo‘q.
Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga
bo‘lgan haqiqiy M. Vatanga, insoniyatga M.ni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero,
«o‘zqo‘zicha», «yakka», «xudbin» M.ning bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga
aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira olganida haqiqiy M. egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt b-
n sub’ekt orasidagi farqning «yo‘qolishi» eng buyuk, eng mukammal ma’naviy lazzatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |