Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/145
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#207321
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020

EZGULIK  VA  YOVUZLIK  —  ma’naviy  axloqiy  tushunchalar  orasidagi  eng  muhim 
juftliklaridir.  E.  insonni  faoliyatning  asl  mohiyatini  anglatadi  –  Tangri  irodasining  inson 
qalbidagi  tajassumi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  «Ezgu  o‘y,  ezgu  so‘z,  ezgu  a’mol»  uchligi 
«Avesto»  dan  tortib  barcha  muqaddas  kitoblarda  etakchi  o‘rinni  egallashi  ham  shundan.  E. 
insonga  eng  kuchli  ma’naviy  lazzat  bag‘ishlaydigan,  uni  ijtimoiy  shaxsga  aylantirib,  haqiqiy 
baxtga  olib  boruvchi  fazilat;  shaxsni  komillikka, jamiyatni  esa  yuksak  taraqqiyotga  etkazuvchi 
yuksak qadriyat. U insonning axloqiy faoliyati tufayli muayyanlashadi, yuzaga chiqadi. 
ETIKET  -  takallufning  mayda-chuyda  jihatlarigacha  ishlab  chiqilgan  odob  qoidalari  sifatida 
ijobiy,  kishining  ko‘zini  quvontiradigan    munosabat  hodisasidir.  Etiketning  qamrovi  keng,  u 
ma’lum ma’noda xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun-qoidalarini o‘z ichiga oladi. 
U  ko‘proq  insonning  tashqi  madaniyatini,  o‘zaro  munosabatlardagi  o‘zni  tutish  qonun-
qoidalarining  bajarilishini  boshqaradi.  Muomala  odobida  inson  o‘z  munosabatlariga  ijodiy 
yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat 
uchun faqat bir xil qoidalashtirib qo‘yilgan xatti-harakatni taqazo etadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling