Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi intellektual va ma’naviy tarbiya asoslari fanining


FUQOROLIK  JAMIYATINING  MA’NAVIY  AXLOQIY  NEGIZI  -


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/145
Sana05.01.2022
Hajmi1.72 Mb.
#207321
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   145
Bog'liq
intellektual va manaviy tarbiya asoslari MAJMUA 2020

FUQOROLIK  JAMIYATINING  MA’NAVIY  AXLOQIY  NEGIZI  -                    Fuqarolik 
jamiyati – ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy tazyiqlardan holi bo‘lgan 
hamda  insonlarining  hususiy  turmush  sohasini  tashkil  etuvchi  munosabatlar  majmuidir. 
Fuqarolik jamiyati  chuqur ma’naviy,  yuksak madaniy insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. 
Bu  jamiyatning  ma’naviy  hayotida  bir  narsa  ustuvorlik  qiladi,  ya’ni  inson  benihoya  darajada 
ulug‘lanadi,  umumisoniy  qadriyatlar  e’zozlanadi,  ular  mo‘‘tabar  va  muqaddas  sanaladi.  Bunda 
insonnig qadr –  qimmati, mehr – oqibat, ahloqiy poklik, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi 
oliy qadriyatlar insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi mezondir.      


93 
 
HALOLLIK  -  sof,  pokiza  bo‘lishni  talab  qiladigan  axloqiy  me’yordir.  Dastavval  u  diniy 
tushuncha sifatida vujudga  kelib, har bir musulmonning emak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti-
harakatlari  sifatini  belgilab  beruvchi  shar’iy  me’yor  bo‘lib  amal  qilgan.  Insonni  ma’naviy, 
axloqiy jihatdan bezaydigan ajoyib fazilatlardan biri - halol, pokiza yashash, birovlarning xaqiga 
zarracha bo‘lsada hiyonat qilmaslikdan iboratdir. 
HAYO – shaxsning axloqiy o‘zini-o‘zi anglashi ko‘rinishlaridan biri; hayo  tuyg‘usida insonning 
o‘z  xatti-harakatlarini,  axloqiy  sifatlari  va  motivlarini  anglashi  tushuniladi.  Inson  o‘z  xatti-
harakatlarining  axloqqa  zid  ekanligini  mustaqil  ravishda  yoki  bo‘lsamasa  atrofdagilarning 
qoralashi  natijasida  anglab  etishi  mumkin.  Hayo  vijdon  b-n  bevosita  bog‘liq  bo‘ladi.  Vijdonsiz 
odamlarda  hayo  bo‘lmaydi.  SHu  b-n  birga,  hayoning  vijdondan  farq  qiluvchi  jihatlari  ham 
mavjud.  Hayo  qo‘proq  tashqi  muhit  b-n  bog‘liq  bo‘ladi.  Hayo  tuyg‘usi  insonning  o‘z  xatti-
harakatlarini  boshqalar  nuqati  nazaridan  baholashi  b-n  bog‘liq  bo‘ladi.    Hayo  tuyg‘usi 
ma’naviyatli va ma’naviy yuksak insonlarga xos axloqiy fazilatdir.   
HASAD    -  o‘zida  yo‘q  bo‘lgan  narsaning  boshqalarda  bo‘lishini  istamaslik,  o‘zgalarning 
yutuqlari  va  muvaffaqiyatlarini  ko‘ra  olmaslik.  Hasad  tuyg‘usi  mavjud  bo‘lgan  odam 
boshqalarning yaxshi turmush kechirishidan, o‘qishda, mehnat faoliyatida erishgan yutuqlaridan 
qiyin  ahvolga  tushadi.  Hasad  turli  olamshumul  dinlarda  qoralanadi.  Masalan  xristian  dinida 
hasad  ettita  gunohi  kabiralardan  biri  hisoblanadi.  CHunki  bu  dinda  aytilishicha,  hasad  qilish 
xudo tomonidan o‘rnatilgan tartibdan norozilikni bildiradi.  

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling