Milliy g`oyani shakllantirish va kishilar ongiga singdirishda ma`naviy merosning o`rni mundarija: kirish I bob
Download 136 Kb.
|
MILLIY G`OYANI SHAKLLANTIRISH VA KISHILAR ONGIGA SINGDIRISHDA MA`NAVIY MEROSNING O`RNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy g‘oyaning milliy (asosiy) tamoyilari.
O‘zbekistonda “Fuqaro tarbiyasi”. Milliy g‘oya va O‘zbekiston tajribasi ko‘tarilgan masalaning muhimligi O‘zbekistonda ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishga undaydi. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, bizda «Fuqaro tarbiyasi» haqida kam gapiriladi. Lekin bizda bu vazifa o‘z holiga tashlab qo‘yilgan emas. O‘zbekistonda fuqaro tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lib, asosan ikki yo‘nalishda:
1) Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida va 2) Milliy g‘oyani singdirish vositasida amalga oshirilmoqda. Ko‘rinib turibdiki, bizda ham fuqaro tarbiyasini amalga oshiruvchi maskan sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Demak, maorifga millat fuqarosini tarbiya-lashdek mas’uliyatli vazifa yuklangan. Maorif, xalq ta’limi yo‘li bilan komil inson qiyofasini yaratish zarur. Avvalo har jihatdan faol insonni tarbiyalashga e’tibor qaratish, g‘oyaviy tarbiya vositasida shaxsning salohiyatini maksimal darajada yuzaga chiqarishga erishish, har bir bolaning iqtidorini rivojlantirishga urg‘u berish zarur. Buning uchun insonni passiv ijrosilikdan emas, balki faol tashabbuskorlikdan ko‘proq manfaatdor ekanligiga ishontirish kerak. O‘quv jarayonida bu vazifani hal qilish uchun ta’lim jarayonini «yodlash»dan xalos qilish va uni muammolarni hal qilishga yo‘naltirish zarur. Shaxsning ijodiy fikrlashini rivojlantirish ham aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi. G‘oyaviy tarbiyani tashkil qilishda nazariy fikrlarga amaliy shakllar berish, bilimlarni harakatlarga aylantirish muhim sanaladi. Buning uchun pragmatik fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy g‘oyaning milliy (asosiy) tamoyilari. tamoyil tushunchasi deganda, avvalambor, biror bir ta’limotning eng muhim va teran xulosalari, qat’iy amal qiladigan qoida va talalar me’yorlarining ifodalaydi. Milliy g‘oyaning ham milliy va ham umumbashariy (insoniy) tamoyillarini o‘zida mujassam etadi. Milliy g‘oya bir millatning milliy negizlariga tayanib rivojlanib, shakllanib borsada, shu bilan birga insoniyat erishgan ilg‘or g‘oyalarga tayanadi va ularning ta’siri asosida boyib boradi. Shuning uchun ham milily g‘oya o‘zida umuminsoniy g‘oyalarni (tamoyillarni) mujassam etadi. Milliy g‘oyaning asosiy (milliy) tamoyillarini keltiramiz va ularga qisqa izoh beramiz. a) Milliy g‘oya, milliy ong, milliy tafakkur va milliy o‘zlikni shakllantirishga yo‘naltiriganligi. Milliy g‘oya, milliy ong va milliy tafakkur mahmuli va uning shakllanishiga milliy o‘zlikning ham ta’siri katta bo‘lsada, (milliy g‘oya) uning bu uchlikning ravnaq topishiga ta’siri muhim va kattadir. Milliy g‘oya, milliy on gav milliy tafakkurning oliy ko‘rinishidir (219-b, 2005). Milliy ong millatning o‘ziga xosligi asosida rivojlanib borishidagi ko‘rsatkich (218-b, 2005). Milliy tafakkur millat hayot tarzi, xususiyatlari, uning maqsadi va manfaatlari negizlarining milliy ongda namoyon bo‘lishi. b) Millatning birlashtirishga qaratilganligi. Milliy g‘oyaning qudrati shundaki, u milliy manfaatlarni to‘laqonli ifodalashi bilan milliy hamjihatlikni mustahkam etadi (212-b, 2005). v) Millatning manfaatlaari fodalashi. g) Ilg‘or milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishiga asos bo‘lishi. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling