Milliy gvardiya xarbiy-texnik instituti


Ko’p bosqichli kuchaytirigichlar


Download 293.5 Kb.
bet8/11
Sana28.06.2020
Hajmi293.5 Kb.
#122204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KENG POLOSALI KUCHAYTIRGICHLAR


6.3. Ko’p bosqichli kuchaytirigichlar

Kuchaytirgich parametrlarining yaxshi barqarorligini taminlab beruvchimanfiy teskari aloqa kuchaytirish koeffitsientini keskin kamaytiradi. Katta KU qiymatini olish uchun keng polosali ko’p bosqichli kuchaytirgichlar qo’llaniladi. 6.6 – rasmda ketma - ket – parallel teskari aloqali uch bosqichli kuchaytirgich printsipial sxemasi keltirilgan. Birinchi UE bosqich VT1 tranzistorda bajarilgan, unda tok bo’yichamaҳalliy ketma –ketmTAmavjud bo’lib, u RE1 da bajarilgan. Ikkinchi bosqich VT2 tranzistorda bajarilgan. Uchinchi bosqich VT3 tranzistorda bajarilgan bo’lib, RE3 rezistor maҳalliymTAni amalga oshiradi.



6.6 – rasm.

MaҳalliymTAdan tashqari kuchaytirgichda umumiy teskari aloqa qo’llanilgan. U kuchaytirgich bosqich chiqishini VT1 tranzistor emitteri bilan boғlovchi RTA rezistor zanjirida bajarilgan.maҳalliy (bosqichlar ichidagi) teskari aloqalarga nisbatan butun kuchaytirigichni qamrab oladigan teskari aloqa, yanada yuqori barqarorlikni ҳamda aloҳida bosqichlarni kuchaytirish koeffitsienti oғishiga sezgirlikni kamayishini taminlaydi. 6.6 – sxema integral kuchaytirgich yasashda asos ҳisoblanadi.

Lekin teskari aloqali asosiy uch bosqichli kuchaytirgichdan tashqari, integral kuchaytirgich sxemasi kichik chiqish qarshiligini taminlash uchun va kuchaytirigichda qo’shimcha keng polosalik, chidamlilik, temperaturaviy barqarorlik va o’zidan oldingi chiqish bosqichi kuchlanishi o’zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqich kirish kuchlanishi o’zgarmas tashkil etuvchisi bilanmuvofiqlashni taminlash uchun chiqish bosqichi sifatida emitter qaytargichga ega bo’ladi. Gap shundaki, turli katta siғimlarga ega bo’lgan kondensatorlarningmavjud emasligi tufayli barcha bosqichlar o’zgarmas tok bo’yicha o’zaro boғlangan.



6.4. Analog integral sxemalarning chiqish bosqichlari

(quvvat kuchaytirgichlari)

Chiqish bosqichlarining vazifasi – signalning berilgan (etarlicha katta) quvvatini buzilishlarsiz past omli yuklamaga uzatishni taminlash. Odatda ko’p bosqichli kuchaytirgichlarda ular chiqish bosqichlari ҳisoblanadilar. Kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti chiqish bosqichlari uchun ikkinchi darajali parametr ҳisoblanadi. SHu sababli asosiy parametrlar bo’lib quyidagilar ҳisoblanadi: foydali ish koeffitsienti va nochiziqli buzilishlar koeffitsienti KG.

Foydali ish koeffitsienti chiqish signali quvvatinimanbadan tortib olinayotgan quvvatga nisbatiga teng:



, (6.8)

bu yerda Ichiq.m, Uchiq.m – chiqish kattaliklar amplitudasi, EMkuchlanishmanbai, IO’RT – o’rtacha tok.



Nochiziqli buzilishlar koeffitsienti chiqish signali shaklining kirish signali shaklidan farqini ifodalaydi. Bu farq bosqichning uzatish xarakteristikasining nochiziqligi sababli yuzaga keladi. Kuchaytirgich bosqichi uzatish xarakteristikalari chiqish kattaligini (ICHIQ yoki UCHIQ) kirish kattaligiga (IKIR yoki UKIR) boғliqligini ifodalaydi..

va KG kattaliklari ko’p ҳollarda tranzistorning sokinlik rejimi– kuchaytirish sinfi bilan aniqlanadi. SHu sababli quvvat kuchaytirigichlarida qo’llaniladigan kuchaytirgich sinflarini ko’rib chiqamiz.

Uzatish xarakteristikasidagi ishchi nuqta (sokinlik nuqtasi) ҳolatiga ko’ra A, B, AB va boshqa kuchaytirish sinflarimavjud.



A rejimda sokinlik rejimida ishchi nuqta uzatish xarakteristikasi kvazichiziq soҳa o’rtasida joylashadi (6.7 - rasm).


a) b)

6.7 - rasm



Kirish signalining ikkala yarim davri uzatish xarakteristikasining kvazichiziq soҳasida joylashganligi sababli nochiziqli buzilishlar eng kichik (KG1%) bo’ladi. Rasmdan ko’rinib turibdiki, agar ;bo’lsa, u ҳolda (6.8)ni o’rniga qo’yib, quyidagini olamiz

, (yani 25 %).


Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling