- Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo`jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi.
- Tuzilishi bo`yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga o`xshaydi. Ular T-formasiga ega bo`lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli mavjud. Ularning ba`zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so`ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo`lib hisoblanadi.
- Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo`yicha» balanslashtiriladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. SHunday hisoblamalardan biri «tovar va xizmatlar» hisoblamasidir.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim: - MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim:
- iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
- ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
- butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig’ma hisoblamalar).
- Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o`z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- joriy hisoblamalar;
- jamg’arish hisoblamalar;
- aktivlar va passivlar balanslari.
- Joriy hisoblamalar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish hisoblamasi;
- daromadlarni hosil bo`lishi;
- daromadlarni birlamchi taqsimlash;
- daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
- ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
- daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
- tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.
- Jamg’arish hisoblamalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;
- moliyaviy hisoblama;
- aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
- a) aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
- b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
- Aktiv va passivlar balanslari o`z ichiga quyidagilarni oladi:
- davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
- davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.
Do'stlaringiz bilan baham: |