Milliy hisoblar tizimi va o‘zbekistonda unga o‘tishning vazifalari kirish. Asosiy qism
Download 38.01 Kb.
|
MILLIY HISOBLAR TIZIMI VA O‘ZBEKISTONDA UNGA O‘TISHNING VAZIFALARI
Vasiliy Leontyev. 1973 yildagi Nobel mukofoti asli rossiyalik Vasiliy Leontyevga iqtisodiyotda "Xarajat – ishlab chiqarish" uslubini rivojlantirganligi va uni muhim iqtisodiy muammolarni hal qilishga tatbiq etganligi uchun berildi.
У 1931 yilda A+Shga emmigratsiya qilinib, Garvard universitetida dars bera boshladi (1944 yil), 1948 yildan boshlab Iqtisodiy tadqiqotlar xizmati direktori lavozimida ishladi. Shu davrda "Xarajat – ishlab chiqarish" iqtisodiy tahlil uslubini ishlab chiqdi (bu uslubga 1924- 1928 yillari sobiq sho‘rolar iqtisodchilari tomonidan asos solingan edi). Bu uslub bozor iqtisodiyoti tarmoqlarida ijtimoiy mahsulot ayrim qismlarini o‘zaro almashtirishni konkret jarayonlarini tadqiq qilishga yo‘naltirilgandir. V.Leontyev tomonidan taklif qilingan tamoyillar iqtisodiyotni bashoratlashtirish va dasturlashtirish amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. MHTning har tomonlama shakllanishi va taraqqiy etishiga BMT, Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti munosib hissa qo‘shdilar. Iqtisodiyotning haqiqiy holatini tekshirish uchun pul va moliya sarmoyasi oqimlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Buning uchun moliyaviy oqimlar balanslari xizmat qiladi. Moliyaviy oqim balansini birinchi marta amerikalik olim M.Kopeland «Pul oqimlari» jadvali ko‘rinishida tuzgan. Uning asosida «1939-1953 yillar uchun A+Shning moliyaviy oqimlar balansi» ishlab chiqildi. U naqd pullar oqimi bilan birga moliyaviy bitimlarni ham o‘z ichiga oladi. MHTning asosiy tamoyillari buxgalteriyadagi ikkiyoqlama yozish tamoyiliga asoslangan. Har bir xo‘jalik akti iqtisodiy jarayonda o‘zining tabiati bo‘yicha har doim 2 nuqtai nazardan: birinchidan, qandaydir xo‘jalik birliklari, muassasalar (agent), tarmoq va boshqalar natijasida nimadir: pul, pul qiymatliklari, tovarlar yoki uning hujjatlari taqdim qilinadi; ikkinchidan, aynan shu akt boshqa xo‘jalik birliklariga uzatilib, pul yoki tovar ekvivalentida xarajat qilinadi. Shuning uchun bunday akt xo‘jalik birliklarining operatsiyalarini yozuvda ikkiyoqlama: birinchi marta kirim hisobida va ikkinchi marta chiqim sifatida (debet - kredit, aktiv - passiv) aks ettiradi. Butun iqtisodiyot bo‘yicha buxgalteriyadagi ikkiyoqlama yozish tamoyilining qo‘llanilishi MHT asosida amalga oshiriladi. Bu oddiy \oyaning amalga oshirilishi MHTni tuzishda muhim rol o‘ynadi hamda makroiqtisodiy tahlil uchun manbaa bo‘ldi. 1949 yilda Kembrijda (Angliya) Richard Stoun rahbarligida soddalashtirilgan hisobot tizimlarini qayta ishlash uchun maxsus bo‘lim ochildi. U dastlab soddalashgan tizimda, keyinchalik 1952 yilda esa Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlariga standart tizim ishlab chiqildi. U xalqaro taqqoslash uchun mo‘ljallangan. Birinchi navbatda bu bo‘limda ishlab chiqilgan andoza tizim Yevropa iqtisodiy hamkorlik davlatlari Avstriya, Shveytsariya, Kanadada qo‘llanildi. 1951 yilda Parijda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatining milliy hisoblar bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib, unda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun milliy hisoblar tizimi andozasining loyihasi qabul qilindi. Bu loyiha R. Stoun rahbarligida bir guruh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqildi. 1952 yilda bir guruh ekspert - statistiklar BMTni Statistika Byurosi topshiri\iga binoan "Milliy hisoblar va uzatuvchi jadvallar" deb nomlangan uslubiyatini tayyorladilar. Bunga Angliya va A+Shning milliy hisoblar bo‘yicha asosiy ishlari negiz qilib olindi. Shu bilan birga hisoblar tizimining o‘ziga ta’rif berilishi, undagi eng muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning asosiy qoidalari to‘\risida ma’ruza qilindi. Bu ma’ruza 1953 - 1955 yillarda BMT ning Statistika komissiyasida muhokama etildi. Bu holat boshqa davlatlarda yangi usul qo‘llanilishini ra\batlantirish hisoblanadi. Ko‘pgina hollarda keyingi tadqiqotchilar dastlabki tadqiqotchilar tomonidan belgilangan chegarani kengaytirib yuborganlar. Balans tuzuvchi qator olimlar va iqtisodchi matematiklar Fransiyada F. Perru, Norvegiyada R. Frish, Angliyada R. Stoun va boshqalar iqtisodiy tahlilning yangi matematik usullari bilan milliy hisoblar tizimini bo\lab, milliy hisoblamalarni tuzish va kelgusida qayta ishlab, takomillashtirishga munosib hissa qo‘shdilar. Iqtisodiyotning haqiqiy holatini tekshirish uchun pul va moliya kapitali oqimlarini o‘rganish lozim bo‘ladi. Buning uchun moliyaviy oqimlar balanslari xizmat qiladi. Moliyaviy oqim balansini 1 - marta amerikalik iqtisodchi M. Kopeland "Pul oqimlari jadvali" ko‘rinishida tuzgan. Uning asosida " 1939- 1953 yillar uchun A+Shning moliyaviy oqimlar balansi" ishlab chiqildi. U naqd pullar oqimi bilan birga boshqa bitimlarni ham o‘z ichiga oladi. Har qanday milliy iqtisodiyot xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimining elementi hisoblanadi. Shuning uchun tashqi operatsiyalarni har tomonlama real va moliyaviy tomonlarini qamrab olib ifodalash zaruriyati tu\iladi. To‘lov balansi MHT miqyosida turli mintaqalar orasidagi aloqalarni tovarlar, xizmatlar va moliyaviy majburiyatlar orqali ifodalaydi. MHTning ayrim qismlarini bir butun holga keltirish bobida birinchi ishlar milliy daromad statistikasini tarmoqlararo va moliyaviy balanslar bilan biriktirishdan boshlandi. Bu sohada norvegiyalik iqtisodchi O.Aukrustning xizmatlari katta. U qo‘shilgan qiymat, sof mabla\ sarflash, sof moliyaviy mabla\ sarflash, jam\arish, ega bo‘lingan daromad va MHTda keng qo‘llaniladigan tushunchalarga asos soldi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan so‘ng Yevropa mamlakatlari davlatni boshqarish tizimida milliy hisoblar tizimini qo‘llash zarurligini yanada chuqurroq tushunib yetdilar. Milliy hisoblar tizimi avvalambor davlatni boshqarish organlariga xizmat ko‘rsatish bilan bo\langan. MHTning asosiy mohiyati iqtisodiy faoliyatda daromadlar yaratishni talqin qilishdir. MHTning rivojlanishiga ingliz iqtisodchisi J. Keyns katta hissa qo‘shdi. Uning ishlari asosan bozor munosabatlarining makroiqtisodiy darajada rivojlanish qonuniyatlarini chuqurlashgan holda tekshirishga hamda milliy mahsulotni o‘sish omillari va sharoitlarini o‘rganishga xizmat qiladi. Amerikalik mashhur iqtisodchi olim E Xansen ta’kidlaganidek «Milliy hisoblar tizimi – keynschilar iqtisodiy ta’limotlarining natijasi hisoblanadi va u iqtisodiy siyosatni olib borish, umumlashgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishning muhim quroli bo‘lib xizmat qiladi». Milliy hisоblаr tizimi uzоq yillаr dаvоmidа turli mаmlаkаtlаrdаgi ko‘plаb iqtisоdchi оlim vа mutахаssislаr tоmоnidаn ishlаb chiqilgаn vа tаkоmillаshtirib kеlingаn. Jumlаdаn, klаssik iqtisоdchi U.Pеtti jаhоndа birinchi bo‘lib o‘z mаmlаkаti milliy dаrоmаd hаjmini hisоblаsh ishlаrini аmаlgа оshirib, mаkrоiqtisоdiy ko‘rsаtkichlаr tizimining zаrurligini his etgаn edi. Fiziоkrаtlаr mаktаbi аsоschisi F.Kenе esа milliy iqtisоdiyotning birinchi mаkrоiqtisоdiy mоdеlini yarаtdi. Birоq, mаkrоiqtisоdiy ko‘rsаtkichlаr tizimigа bo‘lgаn kuchli ehtiyoj ХХ аsrning 20-30-yillаridа vujudgа kеldi. Sоbiq ittifоqdа хаlq хo‘jаligi bаlаnsi dеb nоmlаnuvchi ko‘rsаtkich vа jаdvаllаr tizimi ishlаb chiqildi. G’аrb mаmlаkаtlаridа mаzkur tizimning ishlаb chiqilishi 1929-1933 yillаrdаgi Buyuk dеprеssiyadаn kеyin bоshlаndi. Bu tizimning o‘zigа хоs bir qаtоr muhim qоidаlаri dаstlаb А.Mаrshаll, kеyinchаlik J.M.Kеyns tоmоnidаn shаkllаntirildi. SHuningdеk, ingliz iqtisоdchilаri R.Stоun, K.Klаrk, J.Хiks hаmdа аmеrikаlik iqtisоdchilаr S.Kuznеts, M.Jilbеrt, V.Lеоntеvlаr hаm bu ishgа kаttа hissа qo‘shdilаr. Bundаy hisоblаr BMT tоmоnidаn e’lоn qilingаn «Milliy hisоblаr vа yordаmchi jаdvаllаr tizimi» nоmli hujjаt аsоsidа хаlqаrо stаtistikаdа stаndаrt tizim sifаtidа 1953 yildаn bоshlаb qo‘llаnilа bоshlаdi. Hоzirgi dаvrdа dunyoning 100dаn оshiq mаmlаkаtlаridа, shu jumlаdаn O‘zbеkistоndа mаzkur tizim kеng qo‘llаnilаdi. Milliy hisоblаr tizimi аsоsini yig’mа bаlаnslаr tаshkil qilаdi. Bungа dаrоmаd vа хаrаjаtlаr bаlаnsi misоl bo‘lishi mumkin. Dаrоmаdlаr хo‘jаlik birliklаri vа аhоli umumiy dаrоmаdlаri (ish hаqi, fоydа, dаrоmаdlаrning bоshqа turlаri, аmоrtizаtsiya) summаsini аks ettirаdi. Хаrаjаtlаr to‘rttа guruhdаn ibоrаt bo‘lаdi: istе’mоl, invеstitsiyalаr, dаvlаt хаridi, sоf ekspоrt. Milliy hisоblаr mаkrоiqtisоdiyotning mе’yordаgi – muvоzаnаtli hоlаtgа erishish dаrаjаsini аniqlаshgа yordаm bеrаdi. Ushbu milliy hisoblar tizimi asosida YaIM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin. Download 38.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling