Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalarni guruhlash mundarija I. Kirish 3 II. Asosiy qism


Download 0.75 Mb.
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1353200
1   2   3   4   5
Bog'liq
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalarni guruhlash mun

II.2 Milliy Hisoblar Tizimidagi iqtisodiy oqimlar va ularni hisobga olish usullari.
Milliy hisoblar tizimida iqtisodiy operatsiyalardan ajratib bo’lmaydigan tushunchalardan biri bu iqtisodiy oqimlardir.
Oqimlar – kuzatilayotgan ma’lum bir davrdagi iqtisodiy o’zgarishlarni ifodalovchi operatsiyalardir: bu tovar va xizmatni ayirboshlash, aktiv va passivlarning o’zgarishini ifodalovchi operatsiyalar, ma’lum davrdagi ishlab chiqarish hajmini yoki olingan (berilgan) daromadlarning miqdorini qayd etuvchi operatsiyalarni o’z ichiga oladi.
Milliy Hisoblar Tizimida iqtisodiy oqimlarning mazmunini yuqoridan kelib chiqqan holda ayta olamizki bu daramotlarni ifodalovchi ko’rsatkich deya olamiz. Milliy Hisoblar Tizimining yana bir muhim yo'nalishi «daromad» ko'rsatkichini hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Xiks ta ’limotiga ko'ra «daromad» bu o'zining to'plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o'ziga hech qanday moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishi mumkin bo'lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi. MHTda behisob miqdordagi xo'jalik yurituvchi subyektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga — sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig'indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo'lishi, darom adlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jam g'arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi.
Hisoblamalarning boshlang‘ich moddasi — awalgi hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi yoki birlamchi daromadlar qoldig‘i. Darom adlar M HTda transfert deb nomlangan qayta taqsimlash to ‘lovlari yordamida qayta taqsimlanadi. Transfertlar — tovarlar, xizmatlar, aktivlar yoki mulkchilik huquqlarining bir tomonga harakati, ikkinchi tomonga uning qiymatiga teng bo'lgan ekvivalent oqimlarini ifodalovchi operatsiyalar bo’lib hisoblanadi. Transfertlarning joriy va doimiy turlari mavjud bo‘lib, ular natural formada bo‘lishi mumkin. Daromadlarni qayta taqsimlash hisoblamasida transfertlar joriy pul formada qayd etiladi:

— darom adlar va mulk huquqiga joriy soliqlar;


— ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
— ijtimoiy to'lovlar;
— sug‘urta mukofotlari va to ‘lovlari;
— boshqa qayta taqsimlashlar (jarimalar, ustamalar, xayrli ishlar va h.k. Hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi bo‘lib, ixtiyordagi daromad hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich ham yalpi, ham sof asosda, (asosiy kapital iste’molini e’tiborga olingan holda) hisoblanishi mumkin. Iqtisodiyotning barcha sektorlari tom onidan olingan ixtiyordagi daromadlar yig'indisi, ixtiyordagi milliy daromad (yalpi yoki sof)ga teng bo'ladi va u Milliy hisoblar tizimining muhim agregati hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar, uy xo'jaliklari, resurslar va mahsulotlar bozori orasida ikki toifadagi iqtisodiy oqim lar mavjud: biri — tovar va xizmatlar oqimlari deb ataladi, ular tovar va xizmatlar harakatini, ularning holatidagi o'zgarishlarni ifodalaydi, ikkinchisi — daromadlar va xarajatlar (buromad) oqimi deb ataladi, ular tovar va xizm atlar harakati natijasida darom adlarni shakllanishi va pul to'lovlari sifatida xarajatlarning vujudga kelish jarayonlarini tasvirlaydi. Bu oqim lar bir-biriga qaram a-qarshi yo'nalishda harakat qiladi. Mahsulotlar va darom adlarning doiraviy aylanmasi deganda ishlab chiqaruvchilar bilan uy xo'jaliklari orasida bozor kelishuvlari asosida m ahsulotlarni ayriboshlash jarayonlarini tasvirlaydigan tovar va xizmatlarning oqim lari va ular bilan pul to'lovlari yordam ida muvofiqlashtirilgan darom adlar (xarajatlar) oqimlari tushuniladi.

II.2.1 - sxema


Dastlab ishlab chiqarish sektori (korxonalar)ga m oddiyiqtisodiy va tabiiy resurslar ham da m ehnat resurs (ishchi kuchi)lari jalb qilinadi. Ishlab chiqarish vositalari va ishlovchi kuch m a’lum texnik-texnologik usullar vositasida bir-biri bilan birikib, o‘zaro bir-biriga ta ’sir etib harakatga keladi. N atijada ishlab chiqarish yuzaga chiqadi, tovarlar va xizmatlar yaratiladi. Bu tovarlar va xizm atlar bozor orqali iste’m olchilar, uy xo‘jaligi sektori tom on harakat qiladi. M am lakat ichki bozorini tovarlar va xizm atlar bilan to'ldirishda ichki iqtisodiyot bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy faoliyat ham m uhim rol o‘ynaydi, chunki jam iyatning talab va ehtiyojlarini faqat ichki ishlab chiqarish hisobiga qondirib bo‘lmaydi. Taqchil mahsulotlar boshqa xorijiy mamlakatlardan import qilinadi iqtisodiy naf (samara) keltiradigan tovarlar esa xorijga eksport qilinadi. Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish bilan im port hisobiga mamlakat ichki bozorlarning tovarlar va xizm atlar resurslari shakllanadi. Almashish (oldi-sotdi) operatsiyalari natijasida ular xaridorlar = aholi bilan davlat tashkilotlari ixtiyoriga o ‘tadi va asosan pirovard iste'm ol uchun uy xo‘jaliklari a’zolari iste’molini qondirish uchun, ya’ni yangi ishchi kuchini qayta tiklash uchun ishlatiladi. Ishlab chiqarilgan tovarlarning ikkinchi qismi — texnika vositalari om illar bozori tomon harakat qiladi va pirovard natijada yangi asosiy fondlar va moddiy-ashyoviy zaxiralar ham da nom oddiy aktivlar jam g‘arm alari vujudga keladi. Pirovard natijada iste’mol fondi va jam g‘arma fondi shakllanadi, tovarlar va xizm atlar oqimlari - pirovard iste’molni va asosiy fondlar, m oddiy-ashyoviy zaxiralar hamda nom oddiy aktivlar jam g‘arm alarini vujudga keltirish bilan yakunlanadi. Ushbu jam g‘arm alar va qayta tiklangan ishchi kuchi yangi kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida moddiy ashyoviy va shaxsiy inson o illari sifatida xizmat qiladi.
Bozor sharoitida tovarlar va xizm atlar harakati oldi-sotdi am allari natijasida pul vositasida yuzaga chiqadi. Sotib olingan tovarlar uchun xaridor pul to‘laydi, ya’ni o‘z daromadlarini harj qiladi. Sotuvchi esa ushbu pul tushumiga, ya’ni darom adga ega bo‘ladi. Demak, tovarlar uchun pul to'lovi sotuvchi uchun daromad, xaridorlar uchun bu daromad (xarajat) hisoblanadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar va xizm atlar oqimi doiraviy aylanganda u bilan muvofiqlashgan pulda ifodalangan darom adlar va bu daromadlar oqimi shaklida kechadi. U iqtisodiy sektorlari orasidagi asosiy makroiqtisodiy aloqalarni aks ettiradi. U milliy mahsulot bilan milliy daromad oqimlari orasidagi bog‘Ianishlarni, ular o‘z harakatida qanday shakllarda yuzaga chiqishlarini har taraflam a tavsiflaydi. Shuning uchun m azkur iqtisodiy doiraviy aylanma makroiqtisodiy statistik ko‘rsatkichlar tizimini tuzish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Milliy Hisoblar Tizimida oqimlar shu kabi yo’llar bilan izohlanib, tushuntiriladi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling