Milliy hisoblar tizimida yapli ichki mahsulot kursatkichini hisoblash shartlati va usullari
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblash uslubiyati va o’zaro bog’liqligi
Download 217.52 Kb.
|
MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA YAPLI ICHKI MAHSULOT KURSATKICHINI HISOBLASH SHARTLATI VA USULLARI
1. 2 Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblash uslubiyati va o’zaro bog’liqligi.
2018-yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti joriy narxlarda 407514,5 mlrd. soʻmni tashkil qildi va 2017-yilga nisbatan taqqoslaganda 5,1 % ga oʻsdi. YAIMning 1991-2018-yillarda oʻrtacha yillik oʻsish surʼati 4,5 % ni tashkil qildi. MHTdagi YAIM harakatining keyingi bosqichida sof ichki mahsulot hosil boʻladi. Yaʼni, YAIM ishlab chiqarish yalpi hajmining koʻrsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. U mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning oʻrnini qoplash uchun zarur boʻlgan qiymatni ham oʻz ichiga oladi. Bu esa, iqtisodiy rivojlanishning haqiqiy darajasini aniqlashda maʼlum bir qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shu sababli, mamlakat boʻyicha ishlab chiqarishning haqiqiy natijalarini hisoblash uchun YAIM tarkibidan uni yaratish jarayonida isteʼmol qilingan asosiy kapital qiymatini chiqarib tashlash kerak. Ushbu amal natijasida sof ichki mahsulot (SIM) hosil boʻladi. Sof ichki mahsulot YAIMning tarkibiy qismi boʻlib, u yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya ajratmasini, yaʼni, ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan asosiy kapitalning yemirilgan qismini chegirib tashlangandan keyingi qolgan qismidir. MHTda YAIMning keyingi bosqichdagi harakatida yalpi milliy daromad (YAMD) koʻrsatkichi yuzaga keladi. Keyingi yillarda MDH davlatlarining statistika organlari MHT-2008 xalqaro andozasini oʻzlarining hisob va hisobot tizimiga joriy qilish ishlarini takomillashtirish boʻyicha juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Ushbu qilingan ishlarning dastlabki bosqichlarida asosiy eʼtibor MHTning bosh koʻrsatkichi boʻlgan YAIM va uning tarkibiy qismlarini hisoblash usullarini takomillashtirishga qaratilgan edi. Lekin, mamlakatda yaratilgan daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash usullariga unchalik ahamiyat berilmadi. Vaholanki, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitida milliy daromad koʻrsatkichini hisoblash nafaqat iqtisodiyotning umumiy holati va aholi turmush darajasini aniqlash, balki davlatning ijtimoiy siyosati hamda aholining alohida qatlamlarini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda ham muhim ahamiyatga egadir. MHT-1968 xalqaro andozasida ushbu koʻrsatkich yalpi milliy mahsulot (YAMM) deb yuritilardi. MHT-1993 va MHT-2008 xalqaro andozalarida esa, YAMMni ishlab chiqarishning haqiqiy darajasini notoʻgʻri ifodalovchi koʻrsatkich sifatida qaralib, uning oʻrniga YAMDni hisoblash ishlari amaliyotga kiritildi. Shuning uchun ham hozirgi kunda dunyoning barcha mamlakatlarida MHT-2008 xalqaro andozasiga asosan YAIM asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkich sifatida hisoblanmoqda. Oʻzbekistonda YAIMning oʻsish tendensiyalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar iqtisodiy islohotlar boshlanishidan boshlab, to hozirgi kungacha davom qilmoqda. YAIMning pasayishi 1991-1995-yillar oraligʻida davom etdi va 1996-yildan boshlab hozirgacha oʻsish tendensiyasiga ega boʻlmoqda (1-rasm). Download 217.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling