Milliy hunarmandchilik va amaliy sanʼat fakulteti, Texnalogik taʼlim yoʻnalishi 03/20-guruh talabasi


Download 172.29 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2023
Hajmi172.29 Kb.
#1338986
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qobiljon

Ixtiro tushunchasi. Uning kashfiyotdan farqi. Ixtiro - bu xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida texnik yechimlari bilan ijobiy natijaga ega bo'lgan yangilik hisoblanadi. Kashfiyot - obyektiv borliqning xossalari, hodisa va qonuniy bog'liqliklami aniqlash, ixtiro esa oldin ma'lum bo'lmagan texnik vazifalarni yechishga qaratilgan. Kashfiyot va ixtiro o'rtasida dialektik o’zaro bog’liqlik bor. Ko’p hollarda ixtiro kashfiyot natijasida olingan ilmiy bilimlami rivojlantiradi. Masalan, N.G.Basov, A.M.Proxorov va Tounsonlarning kvant jarayonini qo’llashga asoslangan elektromagnitto'lqinlami ko'paytirish bo’yicha qilgan kashfiyotlari xalq xo’jaligida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ko’p ixtirolami yaratishga sabab bo'ldi.
Ilmiy-texnik hamda pedagogik-psixologik adabiyotlarda ixtirochilik hamda ixtirochilik ijodkorligiga ko’plab tahriflar keltirilgan. Jumladan, I.I.Kichkin ixtirochilikni ilmiy g’oyalarining texnik yechimlarga ijodiy tatbiqi, ilmiy texnika taraqqiyoti surhatlarini belgilovchi asosiy ko'rsatkich, yangi texnika va texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik darajasini ta'minlovchi omili deb hisoblaydi. M.A.Vachevskiy "ixtiro qilish”ni "qo’yilgan masalani yechish achun eskilaridan tubdan farq qiluvchi, odatdagi mantiqiy fikrlash yo’li bilan yetishib bo’lmaydigan yangi samarali texnik yechimni taklif qilish" deb tahriflaydi. Bizning fikrimizcha, ixtirochilikni tegishli idoralar tomonidan patentlar bilan tasdiqlanadigan yangi texnik yechimni ishlab chiqishga yo’naltirilgan ijodiy faoliyat turi, ixtirochilik ijodkorligini esa bu jarayonning shaxsdagi zehnlilik, topqirlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash kabi ijodkorlik sifatlari bilan bog’liq umumiy tavsifi deyish mumkin.
Kashfiyot va ixtirolarning ilmiy-texnik taraqqiyotga tahsiri. Ixtironi tan olish uchun u oldingilaridan texnik yechimlari, ijobiy samarasi, tuzilishidagi yangiligi bilan farqlanishi kerak. Ixtiro obyektiv bo’lishi mumkin: yangi qurilma, yangi metod, yangi maxsulot, yangi maqsadlarda eski metod, qurilmalarni qo’llash va boshqalar.
Ixtiro - umumjahon ahamiyatiga ega bo'lib, talabnoma bergunga qadar uning mohiyati oldin respublikamizda va yer yuzida ham ochilmagan bo’lishi shart Muallifga ixtironing tan olinganligi haqida hujjat beriladi.

Download 172.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling