Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonani o`rni va ro`li


Download 0.79 Mb.
bet3/3
Sana27.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1298777
1   2   3
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonani o

Iqtisodiyot (qadimgi yunoncha: οἶκος „uy, xonadon“ + νόμος „nom, boshqaruv ostidagi hudud“)[1] — jamiyatning iqtisodiy faoliyati, shuningdek ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va isteʼmol qilish tizimida rivojlanadigan munosabatlar yigʻindisi hisoblanadi.Birinchi marta ilmiy ishda „iqtisod“ soʻzi IV asrda ishlatila boshlangan. Miloddan avvalgi Ksenofontdan, uni „tabiatshunoslik“ deb ataydi. Aristotel iqtisodni xrematistika bilan qarama-qarshi qoʻydi — foyda olish bilan bogʻliq boʻlgan inson faoliyati sohasi[2] deb hisoblagan. Zamonaviy falsafada iqtisodiyot qiymat tushunchasi nuqtai nazaridan qaraladigan ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida qaraladi[3]. Iqtisodiyotning asosiy vazifasi — insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan va ularsiz jamiyat rivojlanib boʻlmaydigan shunday neʼmatlarni doimiy ravishda yaratish hisoblanadi. Iqtisodiyot cheklangan resurslar dunyosida inson ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan tarmoq sohasi hisoblanadi.Jamiyat iqtisodiyoti insonning va butun jamiyatning hayotiy faoliyatini taʼminlaydigan murakkab hamda tomonlama oʻz ichiga olgan organizm sanalmaydi.
Eksport (ing., lot. — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qogʻozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib oʻtish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarqsh (reeksport) ham E.ga kiradi.
Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar E. tarkibi (koʻrinma E.) milliy iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi oʻrni bilan bogʻliq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar E. qilish xos boʻlsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega boʻlgan mamlakatlar E.ida xom ashyo va oziq-ovqat asosiy rol oʻynaydi. Yakka ziroatchilik xoʻjaliklari hukmron boʻlgan mamlakatlar E.ida 1—2 tovar turi asosiy oʻrinni egallaydi.
Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiytexnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar koʻrinmas E.ni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan koʻpgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda.
Har qanday davlat uchun E. import va chet ellarda boshqa xarajatlarni toʻlash uchun zarur boʻlgan chet el valyutasining asosiy manbai. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida (qarangTashqi iqtisodiy siyosat) E.ni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun moʻljallangan ishlab chiqarishni qoʻllabquvvatlashning turli shakllarini keng qoʻllaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy koʻmaklar; E.ni davlat tomonidan kreditlash).
E.ni cheklash (qarang Kvota) aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yoʻli bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar E.i baʼzan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga koʻra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yoʻqolib borayotgan hayvonlar yoki oʻsimliklar turlarini, milliy madaniybadiiy boyliklarni asrash va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar E.i bojxona rejimida, bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi.
2003-yilda Oʻzbekiston Respublikasi E.i 3725,0 mln. AQSH dollaridan iborat boʻldi (import 2964,2 mln. AQSH dollari). Uning tovarlar tarkibida paxta tolasi (19,8%), oziq-ovqat tovarlari (2,7%), kimyo mahsulotlari, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar (3,1%), energiya manbalari (9,8%), qora va rangli metallar (6,4%), mashina va uskunalar (5,9%), xizmatlar (14,4%) va boshqalar asosiy oʻrinda turadi.
Koʻpgina mamlakatlarda E. tovarlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan va shunga oʻxshash soliqlardan ozod qilinadi (yana qarang Tashqi savdo).


Import (lot. importare — „olib kirish“) — biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish. Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi. Bu hato yozmanglar

Import (ing . import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga oʻtkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qogozlar va b. keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sugʻurta, ilmiy-texnika bilimlari va b. xizmatlar harajatlari ham I. tarkibiga kiradi.
I. bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va b. notarif tarzdagi vositalar b-n tartibga solinadi. I.ning eksportaan ustunligi mamlakatning tash-qi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi.[1]
Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli toʻsiq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qoʻyilishi tushuniladi.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling