Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonani o`rni va ro`li


Download 0.79 Mb.
bet1/3
Sana27.03.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1298777
  1   2   3
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonani o


Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonani o`rni va ro`li.
Reja:
1.Korxona.
2.Iqtisodiyot.
3.Eksport va Import.
4. Milliy iqtisodiyot rivojlanishida korxonani o`rni .
Korxona — yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subʼyekt. Mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi. Iqtisodiy faoliyatning xilma-xil turlari bilan shugʻullanadi. Davlat, munitsipial, jamoa, qoʻshma, yakka (oila, xususiy) korxonalar bor.
Korxona - muxtor iqtisodiy shaxs tashkil etilgan va mahsulotlar, xizmatlar va ish bajarish ishlab chiqarish uchun milliy qonunchilikni mavjud asosida harakat qilinadio'z faoliyatining ikki asosiy maqsadlari - rivojlanayotgan ehtiyojlarini va foyda qondirish uchun. iqtisodiy tashkilot shakllaridan biri bir shahar korxona hisoblanadi.
Qoʻshma korxona (odatda QK deb qisqartiriladi) ikki yoki undan koʻp taraflar tomonidan tuzilgan iqtisodiy tashkilotdir.
Qoʻshma korxona - boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qoʻshma korxona oʻzaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini yechishga qaratiladi. Taʼsischilarning oʻz mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Qoʻshma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qoʻshma korxona sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, savdo. fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Qoʻshma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik hisobi asosida faoliyat olib boradi. Qoʻshma korxonaning chet ellik taʼsischisi daromad hissasini oʻz mamlakatiga olib chiqib ketish (oʻtka-zish) huquqiga ega boʻladi.
Oʻzbekistonda, asosan, mustaqillikdan keyin Koreya Respublikasi, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, pokiston, Germaniya, Rossiya, Ukrai-na, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar kompaniyalari va fir-malari bilan hamkorlikda Qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. Avtomobilsozlikda "Oʻz DEUavto" Oʻzbekistonkoreya (qarang Asaka avtomobil zavodi), "SamKoch-avto" OʻzbekistonTurkiya, oltin sanoatida "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-Amerika, "OʻzBAT" Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya (qarang "British Ame-riken Tobakko"), "Sovplastital" Oʻzbekiston-Italiya, telekamunikatsiya korxonalari va boshqa juda koʻp Qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda.
2002-yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksporti hajmi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy eksport hajmining 19,8% ni(443,0 mln. AQSH dollari) va import respublika umumiy importi hajmining 26% ni (704,8 mln. AQSH dollari) tashkil etdi. Oʻzbekistonda 2004-yil 1 yanvar holatiga koʻra chet el investitsiyalari ishtirokidagi 3539 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 62,4% faoliyat yuritdi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling