Mavzu: O’zbekiston qo’shma korxonalarning hozirgi holati va rivojlanishi


Download 23.36 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi23.36 Kb.
#1268703
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston qo’shma korxonalarning hozirgi holati va rivo

Mavzu: O’zbekiston qo’shma korxonalarning hozirgi holati va rivojlanishi


Reja

  1. Qo’shma korxonalar haqida tushuncha.

  2. O’zbekiston qo’shma korxonalarning hozirgi holati.

  3. Qo’shma korxonalarning rivojlanishi

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Qo’shma korxonlar haqida tushuncha
Qoʻshma korxona (odatda QK deb qisqartiriladi) ikki yoki undan koʻp taraflar tomonidan tuzilgan iqtisodiy tashkilotdir.Qoʻshma korxona - boshqa mamlakatlar firmalari ishtirokida bunyod qilingan, tashkiliy jihatdan yagona yuridik shaxs sifatida rasmiylashtirilgan korxona. Qoʻshma korxona oʻzaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ishlab chiqarish, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnika vazifalarini yechishga qaratiladi.
Taʼsischilarning oʻz mulklarini birlashtirish va badallari hisobiga Qoʻshma korxonaning moliyaviy fondi yaratiladi. Qoʻshma korxona sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, transport, savdo. fan va milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarida tashkil etilishi mumkin. Qoʻshma korxona, asosan, chet el texnikasi, texnologiyasi, investitsiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xom ashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi, oʻz mustaqil balansiga ega boʻladi, toʻliq xoʻjalik hisobi asosida faoliyat olib boradi.
Qoʻshma korxonaning chet ellik taʼsischisi daromad hissasini oʻz mamlakatiga olib chiqib ketish (oʻtkazish) huquqiga ega boʻladi.
Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo’shma tad­birkorlik bo’lib, qo’shma korxona ko’rinishida tashkil etiladi. 
Qo’shma tadbirkorlik - bu umumiy strategik maqsadlarga erishish uchun bir ne-cha tashkilotlar mulki va ishchanligini birlashtirishdir. Uni ro’yobga chiqarish uchun ishtirokchilar o’z kuch-g’ayratlari va mulklarini bir-lashtirib, qo’shma korxona tuzadilar, olinadigan daromad va ehiimol qilinadigan tavakkalni o’zaro taqsimlab oladilar. O’zbekistonda boshqa mamlakatlardagi firma, kompaniyalar investitsiyalari ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar rivojlanib bormoqda. Qo’shma korxonalar va qo’shma ishlab chiqarishlar tashkil etish xalqaro integratsiyada muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida bo’lgan mamlakatlarning o’z mahsulotlari bilan jahon bozori-ga chiqishlari uchun kuch-g’ayratni birlashtirish yangi imkoniyatlar yaratadi.
O’zbekiston ham xalqaro mehnat taqsimoti afzalliklaridan foy-dalanishga intilib, mamlakatda chet el tadbirkorlari uchun qulay inves-titsion muhit yaratgan. Qo’shma tadbirkorlik iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurish, texnika va texnologiyani yangilash jarayonini tezlashtirish, sanoatni, xususan, qayta ishlash sanoatini rivojlantirishga katta yordam beradi.


Download 23.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling