Milliy iqtisodiyot
Iqtisodiyotni boshqarishning moliya-kredit dastaklari
Download 68.08 Kb.
|
1-3 Y.N
3. Iqtisodiyotni boshqarishning moliya-kredit dastaklari.
Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan boђliq. Bunga sabab haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan boђliq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi.Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini o’zluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko’pchilik mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan bog’liq: 1.Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila harajatlarini, pul emissiyasini kamayishini ta’minlaydi. 2.Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari kredit muassasalarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta’minlanadi.. Bank muassasalariga to'plangan pullar xalq xo'jaligi tarmoqlari, korxonalarning asosiy va aylanma mablag'larining to"ldirishning qarzga olingan manbai sifatida muhim ahamiyatga ega. 4.Kredit tufayli xo'jaliklar o'rtasidagi shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ta’minlanadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining uzluksizligi ta’minlanadi va boshqalar. Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o’rni va roli u bajarayotgan funksiyalar bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi – bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyatining muayyan ravishda namoyon bo’lishidir. Milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish sharoitida bank-moliya va sanoat sohasi taraqqiyotiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bunda iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar singari Oʻzbekistonda ham tijorat banklari resurslarini faol tarzda turli sanoat korxonalarining kapitallashuv darajasi va moliyaviy barqarorligini taʼminlashga jalb qilish muhim oʻrin tutadi. Bank tizimining rivojlanishi va barqarorligini oshirishning muhim shartlaridan biri banklarning oʻz mablagʻlari hajmini oshirish va kredit tashkilotlari tomonidan olingan xatarlarni oʻz kapitali bilan yetarli darajada qoplanganida namoyon boʻladi. Bu borada koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani ijobiy amaliy natijalarga erishishga asos boʻlmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori tijorat banklarini yangi infratuzilmalar bilan taʼminlash, raqamli texnologiyalarga asoslangan xizmat turlaridan foydalanishga keng yoʻl ochdi. Mamlakatimizda milliy toʻlovlar tizimi, naqd pulsiz hisob-kitoblar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga koʻra, 2019-yil 1-noyabrda “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinishi ortidan yurtimizda toʻlovlarni uzluksiz amalga oshirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish, shu bilan birga, tizimning samarali, ishonchli va xavfsiz ishlashini taʼminlashga imkoniyat yaratildi. 2019-yil 5-noyabrda kuchga kirgan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun Jahon banki koʻmagida ilgʻor xorijiy tajriba, umumeʼtirof etilgan normalar va standartlar asosida ishlab chiqildi. Oxirgi besh yilda pul-kredit siyosati sohasida islohotlar natijasida isteʼmol tovarlari hajmi sezilarli oshib, oʻzaro muvofiqlashgan makroiqtisodiy siyosat hamda tarif va notarif borasida salmoqli ishlar qilindi. Inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich oʻtishga tayangan holda Markaziy bank tomonidan inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan qatʼiy pulkredit siyosati yuritilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish toʻgʻrisida”gi farmonida mamlakatimiz bank tizimida davlat ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish, moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, xizmat koʻrsatishni modernizatsiya qilish, sohada samarali infratuzilma yaratish va avtomatlashtirish, shuningdek, ular faoliyatiga xos boʻlmagan funksiyalarni bekor qilish orqali samaradorlikni oshirish vazifalari belgilab berildi. Taraqqiy etgan xorijiy davlatlar tajribasidan maʼlumki, moliyaviy sektorning rivojlanganlik darajasi bilan iqtisodiy oʻsish oʻrtasida yuqori darajada bogʻliqlik mavjud. Tizimda xizmatlar sohasining rivojlangani moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash yoʻli bilan mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Tijorat banklari, fond bozori, sugʻurta tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan turli moliyaviy xizmatlar yanada koʻproq miqdordagi jamgʻarmalarni real sektorga yuqori samaradorlik taʼminlangan holda yoʻnaltirilishiga va buning natijasida real sektorda oʻsish faollashishiga xizmat qiladi. Download 68.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling