Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   168
Foydalanuvchilarni 
biometrik 
identifikatsiyalash 
va 
autentifikatsiyalash. Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va 
harakteristikalarini, 
xulqining 
xususiyatlarini 
o‘lchash 
orqali 
foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik 
autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda. 
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan 
quyidagi afzalliklarga ega: 
• biometrik alomatlarning noyobligi tufayli 
autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi yuqori; 
• biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmasligi; 
• biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan 
biometrik algoritmlar quyidagilar: 
barmoq izlari
• qo‘l panjasining geometrik shakli; 
• yuzning shakli va o‘lchamlari; 
• ovoz xususiyatlari; 
• ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi. 
Biometrik 
autentifikatsiyalashning 
daktiloskopik 
tizimi. 
Biometrik tizimlarning aksariyati identifikatsiyalash parametri sifatida 
barmoq izlaridan foydalanadi (autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi). 
Bunday tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori 
ishonchliligiga ega. Bunday tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab 
barmoq izlari bo‘yicha katta ma’lumotlar ba’zasining mavjudligidir. 


257 
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval 
foydalanuvchi ro‘yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli 
holatlarida skanerlashning bir necha varianti amalga oshiriladi. Tabiiyki,
namunalar bir-biridan biroz farqlanadi va qandaydir 
umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar 
autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida saqlanadi. Autentifikatsiyalashda 
skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan 
taqqoslanadi. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling