Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar
Download 3.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Manba: http://statistic.su 1.6.6. – rasm. Titan Superkompyuter (Cray XK7) Superkompyuterning tezligi flops birligida o‘lchanadi. FLOPS (ingl . Floating point Operations Per Second, flops deb o‘qiladi ) — kompyuterlarning tezligini o‘lchsh birligi bo‘lib, bir soniyasida haqiqiy sonlar bilan nechta operatsiya bajara olishligini bildiradi. Uning quyidagi o‘lchamlari mavjud : 1 megaflops (MFLOPS) - soniyasida 10 6 (1 million) operatsiyalar; 1 gigaflops (GFLOPS) - soniyasida 10 9 (1 milliard) operatsiyalar; 1 teraflops (TFLOPS) - soniyasida 10 12 (1 trillion) operatsiyalar; 1 petaflops (PFLOPS) - soniyasida 10 15 (1 ming trillion) operatsiyalar. Super EHM ishlab chiqarish har qanday davlat uchun uning harbiy va texnik rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi va uning prestijini belgilab 40 beradi. Superkompyuterlar boshqa kompyuterlarga nisbatan har tomonloma yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan kompyuterlar tushuniladi. 1960-yillarda superkompyuterlarni ishlab chiqish bo‘yicha CDC (Control Data Corporation) firmasi ilg‘or edi. Injener Seymur Krey (Cray, Seimour; 1925-1996) boshchiligida ushbu firma CDC-5000, CDC-6000, superkompyuterlarini ishlab chiqdi. 1963-yilda CDC-6600 kompyuteri ko‘p yillar davomida dunyo bo‘yicha eng kuchli kompyuter hisoblangan. Uning tezligi 3 mln flops (float operation per second) bo‘lgan. Keyinchalik CDC-8000 - tezligi 10Mfloaps , Cyber va STAR-100 (1970-yilda) tezligi 100 Mflops bo‘lgan. Ushbu toifadagi kompyuterlarda masofadan turib ishlash imkonini yaratish maqsadida CyberNet hisoblash tarmogi yaratilgan. Ushbu firmaga raqobat bo‘lgan Burruoghs (Berrouz deb o‘qiladi) firmasi ILLIAC-IV (1973-yilda) kompyuterini yaratdi, uning tezligi 200 Mflops bo‘lib, o‘sha paytda dunyoda eng kuchli kompyuter hisoblangan. 1972-yilda Seymur Krey CDC firmasidan ketib, uzining Cray Research firmasini tuzdi. 1976-yilda Cray-1 (166 Mflops), 1985-yilda Cray- 2 (1 Gflops), 1992-yilda Cray-3 (10 Gflops) kompyuterini ishlab chiqargan. 2001-yilda Xitoyda “Magic Cube” superkompyuteri yaratildi va birinchi o‘nlikdan o‘rin egalladi. Uning hisoblash tezligi 200 Tflops. 2011-yil 14-noyabrda Top-500 kompyuterlar ro‘yxati e’lon qilindi. Unga binoan 1-o‘rinda Yaponiyada ishlab chiqilgan “K computer” (10.5 petaflops) va RIKEN Milliy institutda joylashtirilgan. 2-o‘rinda Xitoyda ishlab chiqilgan superkompyuter Tinahe-1A (2.5 petaflops). 3-o‘rinda AQShda ishlab chiqilgan va Ok-Ridj Milliy laboratoriyasida joylashgan superkompyuter Cray Jaguar (1.7 petaflops). Qolgan o‘rinlar: 4.Dawning Nebulae, Xitoy. 1.27 petaflops. 5. Tsubame 2.0, Yaponiya. 1.91 petaflops. Quyidagi 1.6.3 - jadvalda 2018-yil iyun holatiga nisbatan dunyoda 5 ta eng quvvatli superkompyuterlar ro’yxati keltirilgan. Hozirgi vaqtgacha 202 ta supercomputerlar Xitoyda, 104 tasi AQSh da, 36 tasi Yaponiyada, 22 tasi Buyuk Britaniyada, 21 tasi Germaniyada va 18 tasi Fransiyada ishlab chiqilgan. Keyingi yo‘nalish bu mini EHM (yoki kichik EHM), ushbu sohada Digital Equipment (DEC) firmasi tomonidan ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan edi. Ushbu firma 1957-yilda tuzilgan bo‘lib, 1965-yilda PDP-8 (Programmed Data Processor) minikompyuterini ishlab chiqdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling