Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


№ Super kompyuterning nomi


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168
Super kompyuterning nomi 
Ishlab 
chiqariladigan 
mamlakat 
Ishlash 
tezligi 
Yadrolar 
soni 
1 Summit – IBM 
AQSH 
200 petaflops 
2,28 mln 
2 Sunway TaihuLight – NCRPC 
Xitoy 
93 petaflops 
10,65 mln 
3 Sierra – IBM 
AQSH 
71,6 petaflops 
1,57 mln 
4 Tianhe — 2A – NUDT 
Xitoy 
61,46 petaflops 
4,98 mln 
5 AI Bridging Cloud 
Infrastructure 
Yaponiya 
19,88 petaflops 
392000 
Keyingi yo‘nalish bu mini EHM (yoki kichik EHM), ushbu sohada 
Digital Equipment (DEC) firmasi tomonidan ishlab chiqish yo‘lga 
qo‘yilgan edi. Ushbu firma 1957-yilda tuzilgan bo‘lib, 1965-yilda PDP-8 
(Programmed Data Processor) minikompyuterini ishlab chiqdi. 
Ushbu mashina o‘zining oddiyligi bilan va narxining juda pastligi 
bilan tez orada kompyuterlar bozorida o‘z o‘rnini egalladi.
Marketing sohasi bo‘yicha mutaxassislar uchun quyidagi voqeani 
keltiramiz. Kolumbiya universitetida iqtidorli talabalar uchun tashkil 
qilingan o‘quv kursi tinglovchisi Rorbert Metkalf (kelgusida lokal 
hisoblash tarmog‘ining texnologiyasini ixtiro qilgan) bilan qiziq voqea 
sodir bo‘lgan. Bir kuni mashg‘ulotga kelgan Robert, u dasturlashtirishni 
o‘rganib yurgan, mini EHM PDP-8 yuqolganligini bilib qoladi. Ushbu 
noxushlikda o‘zini aybdor deb his etgan Robert DEC firmasiga telefon 
qilib, bo‘lgan voqeani aytib bergan. Ertasi DEC vakillari universitetga 
bepul yangi kompyuterni taqdim etishgan. Shundan keyin DEC firmasi 
reklama kompaniyasini keng yo‘lga qo‘yishdi va unda “firma dunyoda 
birinchi bo‘lib shu darajada kichik kompyuter yaratdikim, uni bemalol 
o‘g‘irlab ketsa ham bo‘ladi” - deb ta’kidlashgan.
1970-yilda yaratilgshan PDP-11 minikompyuteri ushbu sohada 
standart sifatida qabul qilindi. Keyinchalik , ushbu modelning negizida 
yaratilgan VAX-11/780 kompyuteri 1 Mfloaps tezlikka va 4 Gbayt virtual 
adresga ega bo‘lgan (VAX – Virtual Adress eXtention), shu bois ushbu 
toifadagi kompyuterlarga supermini EHM deb nom berilgan. 1980-
yillarda maynfreym va minikompyuterlar orasida hech qanday farq 
qolmadi, shu bois minikompyuterlar sektorini keyinchalik shaxsiy 
kompyuterlar egalladi.
Elektron hisoblash mashinalarining funksional imkoniyatlari 
quyidagi juda muhim texnik foydalanish xususiyatlarini namoyon etadi: 


42 
• vaqt birligida mashina bajaradigan operatsiyalarning o’rtacha sonini 
o’lchovchi tez harakatchanlik
• elektron hisoblash mashinalari operatsiyasini amalga oshirishdagi 
sonlarni taqdim etishning razryadliligi (o’rni) va shakllari; 
• barcha xotira moslamalari nomenklaturasi, sig’imi va tez 
harakatchanligi; 
• elektron hisoblash mashinalarining o’zaro aloqa qurilmalari va 
tutash tugunlarining turlari va o’tkazish qobiliyati (ichki mashina 
interfeysining); 
• elektron hisoblash mashinalarining bir paytni o’zida bir nechta 
foydalanuvchi bilan ishlashi va bir necha dasturni bajarish qobiliyati 
(ko’p dasturiylik); 
• mashinada foydalaniladigan operatsiya tizimlarining turlari va 
texnik- foydalanish xususiyatlari; 
• dasturiy ta'minotning mavjudligi va funksional imkoniyatlari
• boshqa turdagi Elektron hisoblash mashinalari uchun yozilgan 
dasturlarni bajarish qobiliyati; 
• mashina buyruqlari tizimi va tuzilishi; 
• aloqa kanallariga va hisoblash tarmoqlariga ulanish imkoniyati; 
• elektron hisoblash mashinalarining foydalanishdagi ishonchliligi
• foydali ish vaqti va profilaktika vaqti nisbati bilan aniqlanuvchi; 
• elektron hisoblash mashinalarining vaqtdagi foydali ish 
koeffitsienti. 
Bu erda arxitektura tushunchasi kiritiladi, ya’ni texnik 
uskunalarning va dasturiy ta’minotlarning o‘zaro bog‘lash tamoyillari, 
ma’lumotlarni kodlash usullari, buyruqlar tizimi va ma’lumotlarni qayta 
ishlash jarayonlarni belgilab beruvchi tushuncha. 

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling