Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlar va texnologiyalar


Download 3.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/168
Sana16.09.2023
Hajmi3.28 Mb.
#1679167
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168
DOS oilasidagi OT. Bu oilaning birinchi vakili - MS DOS tizimi 
1981 yilda chiqarilgan. 
DOS bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega: 
• EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida 
amalga oshiriladi; 


85 
• tizimni EHM ning boshqa turlariga o‘tishini soddalashtiradigan 
tuzilma mavjudligi; 
• operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi. 
OS/2 oilasidagi OT. OS/2 OT lari IBM firmasi tomonidan 1987 
yilda ishlab chiqarilgan. U IBM PC - mos kompyuterlar uchun 32
razryadli grafik ko‘p vazifali OT sifatida bir necha amaliy dasturlar 
parallel ishini tashkil etish imkonini berib, bunda bir tizimni 
ikkinchisidan, OT ni unda ishlayotgan dasturlardan muxofaza qilishni 
ta’minlaydi. OS/2 da dastur yozish uchun amaliy dasturlashtirish
interfeysi API da mavjud tayyor dasturiy modullardan foydalanish 
mumkin.
UNIX oilasidagi OT. Ular 32 razryadli ko‘p vazifali ko‘p (kishi)
foydalanadigan OTdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta 
tizimning o‘zi turli kompyuterlarda – superkompyuterlardan shaxsiy 
kompyuterlargacha foydalaniladi, bu xol tizimni bir mashina 
arxitekturasidan boshqasiga kam sarf bilan o‘tkazish imkonini beradi. 
UNIX taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, 
olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global 
tarmoqlarga chiqish imkonini o‘zida birlashtiradi. 
UNIX da pochta xizmati - uning asosiy tarkibiy qismlaridandir.
WINDOWS oilasidagi OT. Windows oilasidagi OT lar MS 
firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida 
namoyon etuvchi ko‘p vazifali OTlardir. 
Windows 95 OT va Windows NT OT lar shu oilaning asosiy 
vakilidir. 
Windows NT OT - eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli OTdir. 
U ikki xil - Windows NT Server va Windows NT Workstation 
modifikatsiyalarida chiqarilgan. 
Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini 
boshqarish uchun mo‘ljallangan. Tizim samaradorligi zarar yetmagan 
holda yuqori safarbarlik va xavfsizlikni ta’minlaydi. Windows 
NT 
Server axborotning tezkor ishlashini tashkil etish va global tarmoqlar
zaxiralarini ko‘rib chiqish uchun vositalarni o‘zida saqlaydi, istalgan 
aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi, bir serverga 
bir vaqtning o‘zida 256 gacha shaxsiy kompyuterlarni ulanishini qo‘llab 
- quvvatlaydi, bir necha server esa hammabop tarmoq xizmatini tashkil 
etish uchun foydalanishi mumkin. Windows NT Workstation lokal 
kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo‘ljallangan. U eng 
himoyalangan va ishonchli 32 razryadli OT dir. Windows NT 


86 
Workstation maxfiy ma’lumotlar yoki dasturlarni ishonchli muhofaza 
qilish zaruriyati tug‘ilganda, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar 
tahlilida yuqori samaradorlik muhim bo‘lgan ishlarni bajarishda 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Windows XP OT 2001-yildan boshlab sotuvga chiqarilgan edi.
Birinchi 5 yil ichida 400 mln. nusxa sotilgan. Xattoki Windows Vista, 
keyinchalik Windows 7 va Windows 8 ishlab chiqilgani qaramay 
Windows XP tizimi 2010-yilgacha sotuvda bo‘lgan. 2014-yilning aprel 
oyidan boshlab Microsoft kompaniyasi Windows XP OT ni qo‘llashni 
rasman to‘xtatdi. Shunga qaramay hozirgacha ushbu OT dan 
foydalanuvchilar yuz o‘girishmagan. Quyidagi sxemada shaxsiy 
kompyuterlar uchun operatsion tizimlarning bozordagi egallagab turgan 
ulushlari keltirilgan.

Download 3.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling