80
3.2.1. – rasm. Tizimli dasturiy ta’minot tushunchasi va ularning
tasnifi
Asosiy dasturiy ta’minot (base software) — bu, kompyuter ishini
ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:
• operatsion tizim (OT);
• tarmoq operatsion tizimi.
• yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy
ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish
muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi.
Bular
tashhis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi,
antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Dasturiy ta’minot
Amaliy
dasturiy
ta’minot
Tizimli dasturiy
ta’minot
Uskunaviy dasturiy
ta’minot
Texnik xizmat
Dasturiy
qobiqlar
Utilitalar
Operatsion tizim
Servis
tizimi
Foydalanuvchi
amaliy dasturi
Amaliy dasturlar
paketi
Integrallashgan
Umumiy
yo‘naltirilgan
Muammoga
yo‘naltirilgan
Uslubiy
yo‘naltirilgan
Dasturlash tizimi
Modellashtirish
tizimi
Uskunaviy muhit
81
Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda
quyidagicha tasvirlash mumkin.
Tizimli dasturiy ta’minot kompyuterda axborotni qayta ishlash
jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish
muhitini ta’minlaydi.
Tizimli dastur ta’minoti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. Operatsion tizimlar
▪
Bir vazifali, bir paytda yagona foydalanuvchiga mo‘ljallangan
▪ Ko‘p vazifali, bir paytda ko‘p foydalanuvchiga mo‘ljallangan
▪ Tarmoqli
2. Servis dasturlar
▪ Qobiqlar
▪
Utilitalar
▪ Antivirus vositalar
▪ Arxivatorlar
3. Dasturlash tillari translyatorlari
▪
Translyator-kompilyatorlar
▪ Translyator-interpritatorlar
▪ Assemblerlar
4. Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari
▪ Test dasturlari
▪
Maxsus nazorat dasturlari
Do'stlaringiz bilan baham: