Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jaroyonida tasir etuvchi omillar Reja
Download 34.62 Kb.
|
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash jaroyonida tasir etuvchi omillar Reja: Iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash jarayonlarini jadallashtirishni moliyalashtirish manbalari 3. Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish 4.Mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq investitsion loyihalar 1. Har qanday davlatda tashqi qarzning me’yoridan oshib ketishi milliy iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tashqi qarz bo‘yicha to‘lovlar mamlakatning tovar va xizmatlar eksportidan keladigan tushumning sezilarli qismi, masalan, 20-25 foizidan oshib ketsa, bu holat davlatning kredit bo‘yicha reytingini pasaytirib yuboradi. Natijada chetdan yangi qarz mablag‘larini jalb etish mushkullashadi. SHunga ko‘ra, davlatlar muntazam ravishda tashqi qarzni tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirib boradi. Bunday chora-tadbirlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: mamlakatning oltin-valyuta zaxirasi hisobidan qarzlarni to‘lab borish; kreditorlarning qarz to‘lov muddatlarini o‘zgartirishlari, ayrim hollarda ularning ma’lum qismidan voz kechishlariga erishish; qarzlarni mamlakatdagi ko‘chmas mulk, qimmatli qog‘ozlar, kapitalda ishtirok etish va boshqa huquqlarni sotish hisobidan to‘lash; xalqaro banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlardan yordam olish va h.k. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda neft-gaz, mashinasozlik, elektr texnika, kimyo, metallurgiya sanoatida o‘nlab yangi yirik korxonalar barpo etildi. Iqtisodiyotimizning yangi tarmog‘i – rivojlangan infratuzilmaga ega avtomobil sanoati tashkil etildi. Ushbu tarmoqda «GM», «MAN» va «ISUZU» kabi jahonda etakchi kompaniyalarning zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari tatbiq qilingan. Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan no davlat sektorning o‘zaro mu nosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori ham korligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga solinadi. Biroq, rivoj langan demokratik davlatlarda ham davlatning nodavlat notijorat tashkilotlar bilan sherikligini va uni amalga oshirish mexanizmini belgilab beruvchi yagona qonun hujjati mavjud emasligi kuzatilmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan nodavlat sektorning o‘zaro munosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori hamkorligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga solinadi. Biroq, rivojlangan demokratik davlatlarda hamdavlatning nodavlat notijorat tashkilotlar Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan nodavlat sektorning o‘zaro munosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori hamkorligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga solinadi. Biroq, rivojlangan demokratik davlatlarda hamdavlatning nodavlat notijorat tashkilotlar Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan nodavlat sektorning o‘zaro munosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori hamkorligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga solinadi. Biroq, rivojlangan demokratik davlatlarda hamdavlatning nodavlat notijorat tashkilotlar Xorijiy mamlakatlar tajribasida davlat bilan nodavlat sektorning o‘zaro munosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori hamkorligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga solinadi. Biroq, rivojlangan demokratik davlatlarda hamdavlatning nodavlat notijorat tashkilotlar bilan sherikligini va uni amalga oshirish mexanizmini belgilab beruvchi yagona qonun hujjati mavjud emasligi kuzatilmoqda. Mamlakatimizda 2015 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kirgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning ahamiyati mavzusida Samarqand viloyat adliya boshqarmasida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi, O‘zbekiston iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining viloyat birlashmasi, viloyat davlat statistika boshqarmasi hamda viloyatdagi barcha nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligida bo‘lib o‘tgan seminarda qonunning amaliy ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritildi.Qonun 5 bob va 30 ta moddadan iborat bo‘lib, 1-bob umumiy qoidalarga bag‘ishlanib qonunning maqsadi, ijtimoiy sheriklikning tushunchasi, sub’ektlari, asosiy prinsiplari va sohalari ochib berilgan bo‘lsa, Qonunning 2-bobi ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibini belgiladi. Unda ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari sifatida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi, ijtimoiy sheriklik sub’ektlari tomonidan birgaliqda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazish, ijtimoiy sheriklik sub’ektlari tomonidan bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish; ijtimoiy sheriklik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, axborot almashish kabilar belgilanib, ularni amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari ko‘rsatilgan. SHuningdek, qonunning o‘ziga xosligi Oliy Majlis huzuridagi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni davlat organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari qo‘llab-quvvatlashi talab qilinadigan faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda ham davlat bilan nodavlat sektorning o‘zaro munosabatlari turli qonun hujjatlari bilan yoki hukumat va fuqarolik sektori hamkorligi to‘g‘risidagi bitimlar doirasida tartibga solingan. E’tiborlisi shundaki, hatto rivojlangan demokratikdavlatlarda ham davlatning nodavlat notijorat tashkilotlar bilan sherikligini va uni amalga oshirish mexanizmini belgilab beruvchi yagona qonun hujjati mavjud emas.ustaqillik yillarida “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni izchil ro‘yobga chiqarish uchun Konititutsiyamiz asosida demokratik talablarga to‘la javob beradigan nadavlat notijorat tashkilotlari erkin hamda samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan mustahkam huquqiy baza yaratildi. Buning amaliy natijasi hazirgi kunda jamiyat hayotining turli jabhalarida faol ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari misolida ko‘rish mumkin.2015 yil 1 yanvaridan boshlab kuchga kirgan “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 3-bobi ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalasiga bag‘ishlangan.Ta’kidlash lozimki, qonunning mazkur bobida davlat subsidiyasi, davlat granti, davlat ijtimoiy buyurtmasi va ularni berish tartibi mustahkamlandi.Ushbu masalada yana bir yangilik shuki, endilikda davlat granti va davlat ijtimoiy buyurtmasi nafaqat Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan, balki joylarda tashkil etiladigan jamoat fondlari orqali ham berilishi belgilandi.Qolaversa, grant tanlovlarining joylarda tashkil qilinishi mahalliy davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga qiziqishini orttiradi. Ularning fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ko‘tarilayotgan turli xil muammolardan xabardor bo‘lib borishiga va muammolarni birgalikda hal etish choralarini ko‘rishiga yordam beradi.Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlantirishning hazirgi bosqichida ijtimoiy sheriklik asosida hayotga tatbiq etilayotgan layihalar samaradorligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari huzurida ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoatchilik komissiyalari tuzilgan bo‘lib, ular izchil faoliyat yuritmoqda.Ayni chog‘da nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa demokratik institutlar muhim ijtimoiy ahamiyatga molik davlat hamda hududiy dasturlar ijrosida ishtirok etmoqda.Birgina “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturidagi vazifalarni bajarishda Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda boshqa nodavlat tashkilotlari faollik ko‘rsatmoqda. Bugungi kunga qadar “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida Toshkent shahri bo‘yicha 6 ta tashkilot, jumladan Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvat assotsiatsiyasi, Tadbirkor ayollar va ishbilarmonlar jamoat birlashmasi, “Qoziguzar” fuqarolar yig‘ini, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi, O‘zbekiston Qizil YArim oy jamiyatining shahar bo‘limi, “Umid kuchi” ijtimoiy markazi turli yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha g‘oliblari deb topilib, umumiy hisobda 147 million so‘m miqdordagi grant mablag‘lariga ega bo‘lishdi.Bu loyihalar yoshlarning huquqiy bilimlarini va huquqiy madaniyatini oshirishga, o‘sib kelayotgan yosh avlod orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga, ayollar bandligini ta’minlashga hamda oilani mustahkamlashda xizmat qiladi.Bundan tashqari ommaviy-axborot vositalari orqali ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar amalga oshirilishini yoritishga oid loyihalar bo‘yicha yana 3 ta “Buloqcha” jurnali, “Navro‘z Media” radiostansiyasi hamda “O‘zbekiston-onlayn.uz” veb-sayti loyihalar bo‘yicha har biri 25 million so‘mlik davlat granti sohibi bo‘ldilar. Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 100 dan ortiq gazeta va jurnallar, o‘nlab veb-saytlar, davlat va nodavlat televideniyalari va radio dasturlari borligini nazarda tutadigan bo‘lsak, albatta bu kam. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha bor imkoniyatlardan samarali foydalanilmasdan kelinmoqdaBugungi kunda poytaxtimzda 600 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritib, demokratik institutlar, sportni rivojlantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, tarixiy-madaniy va ma’rifiy qadriyatlarni tiklash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga munosib hissa qo‘shmoqda. O‘tgan yili ularning o‘tizdan ortig‘i O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi grant mablag‘larini olishga muvaffaq bo‘ldi.Bu o‘z navbatida ijtimoiy sheriklik bugungi jamiyatimizning ajralmas qismiga aylanib borayotganligidan dalolat beradi.Grant loyihalarini keng jalb qilishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bu birgalikda tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan loyihalarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishdan iborat.2018 yilga nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari loyiha va dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun respublika byudjetidan 11 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi. 2018 yil bilan solishtirganda ajratilgan mablag‘ miqdori 10 foizga o‘sdi.Ayni paytda Toshkent shahrida joylashgan nodavlat notijorot tashkilotlari tomonidan “Qonunchilikni mustahkamlashda, insonlarda qonunga hurmatni, yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini ta’minlash”, “OAVlarni ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosining borishini yoritishga, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash”, “Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sog‘lom, ma’nan etuk barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash”, “Atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini hal etishda aholi, fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish”, “Mustaqillik yillarida respublika hayotining turli sohalarida erishilgan yutuqlar haqida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” kabi loyihalar bo‘yicha grant mablag‘iga sazovar bo‘lish uchun o‘z takliflarini tayyorlashmoqda.Ijtimoiy sheriklik, bu — huquqiy jihatdan teng sub’ektlarning o‘zaro hamkorligidir. Bu esa har qanday mamlakat muvaffaqiyatli rivojlanishida muhim omil sanaladi.SHu bois, grant loyihalarida yanada faol ishtirok etish uchun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoatchilik komissiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur.Ikkinchidan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan tavsiya etilgan grand loyihalarni poytaxtdagi nodavlat notijorat tashkilotlari orasida keng targ‘ib etish lozim.Bunda targ‘ibot-tashviqot ishlarida omaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish zarur bo‘ladi.Uchinchidan, grant loyihalarini tayyorlashda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy madaniyatini rivojlantirish, oila mustahkamligini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yangicha zamonaviy usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.To‘rtinchidan, grant loyihalarda yosh ixtirochilarning kashfiyotlarini ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish ham muhim vazifalardan biri deb qaralishi lozim bo‘ladi. Bugungi kunda mamlakatimiz o‘z oldiga fuqarolik jamiyatiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etishni maqsad sifatida belgilab olgan ekan, bu masala fuqarolarimizning huquqiy ongi va madaniyati darajasiga bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidlash joiz.Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Toki jamiyatning har qaysi a’zosi o‘z huquqi, o‘z burchi va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot, yangilanish haqidagi barcha so‘zlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar ketaveradi. Bugun odamlarning dunyoqarashi, ongi, tafakkurini o‘zgartirish mana shu masala bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoladi”.Qayd etish lozimki, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishda nodavlat notijorat va davlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi hamda davlat grantlari bilan ularni qo‘llab quvvatlanishi shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.Bu borada, avvalo, joylarda yoshlarning huquqlarini muhofaza qilish va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari normalarining amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlarining roli kuchaytirilishi muhim ahamiyatga egadir.Toshkent shahar aholisining huquqiy madaniyatini oshirish hamda huquqiy ongini yanada yuksaltirish borasida muntazam amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Bu borada tizimli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikning yuksakligi, avvalo, jamiyatda qonun ustuvorligi hamda adolat tamoyillari barqarorligini ta’minlaydi.Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning samaradorligini yanada yuksaltirish maqsadida nodavlat notijorat va davlat tashkilotlarining layihalarini keng targ‘ib etish istiqbolli yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim.CHunki, aholini huquqiy ongi va huquqi madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlarning aksariyati grant loyihalariga yo‘naltirilmaganligini ta’kidlash joiz.O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qoshida tuzilgan ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyalari faoliyatining samaradorligi va aniq bir maqsadga yo‘naltirilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.Albatta, ushbu qonunni ijrosi yuzasidan o‘tkazilayotgan barcha tadbirlar, xususan bugungi tadbir mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli ishlar samaradorligini oshirishga, katta ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va qonun hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonida aholining keng qatlamlari manfaatlarining har tomonlama hisobga olinishiga, bu esa o‘z navbatida mustaqil davlatimizning bundan keyingi rivojlanishiga faol xizmat qilishi shubhasizdir. 2. So‘nggi yillarda respublikada ishbilarmonlik va investitsion muhitni tubdan yaxshilash, tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‘lini ochib berish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga muhim ahamiyat berilayotganligi va bu borada amalga oshirilayotgan tizimli ishlar iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining oshishida muhim omil bo‘lmoqda. 2015 – 2019 yillarda mamlakatimiz sanoat tarmoqlarini tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan qator dasturlarda 2015 yil uchun mo‘ljallangan vazifa va chora-tadbirlarning samarali amalga oshirilishi iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalar hajmining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashga xizmat qildi. 2018 yilda iqtisodiyotda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar miqdori 15,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilib, ushbu ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 9,5 foizga oshdi. Bunda o‘zlashtirilgan investitsiyalarning asosiy qismi, ya’ni qariyb 80 foizi korxonalar, aholining mablag‘lari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtirildi. Jumladan, jami kapital qo‘yilmalarining 3,3 mrld. AQSH dollaridan ko‘prog‘i yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. 2018 yilning o‘zida 494 ta chet el kapitali ishtirokidagi yangi korxonalar tashkil etildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga hamda energiya tejamkor va yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon bo‘lmoqda. Xususan, 2018 yilda iqtisodiyotga yo‘naltirilgan investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Jumladan, ushbu davrda umumiy qiymati 7,4 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. 2015 yilda ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Iqtisodiyotni isloh qilishni chuqurlashtirish, tarkibiy o‘zgartirishlarning o‘rta muddatli dasturlari izchil amalga oshirilishi 2018 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmlarining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minladi. Xususan, 2015 yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 8,0 foizga oshdi va 91,7 trln. so‘mni tashkil etdi. Sanoatda yuqori o‘sish sur’atlari asosan engil sanoat (16,6 foiz), qurilish materiallari ishlab chiqarish (14,1 foiz) hamda oziq-ovqat sanoati (14,4 foiz) tarmoqlarida kuzatildi. Bunda engil sanoat tarkibiga kiruvchi to‘qimachilik sanoatida o‘sish sur’ati 12,1 foizni, charm va poyabzal sanoatida 22,0 foizni hamda tikuvchilik sohasida «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» tomonidan faoliyati davomida 153 ta tadbirkorlik sub’ektiga umumiy qiymati 56 mln. dollardan ziyod bo‘lgan eksport shartnomalarini tuzishda amaliy yordam ko‘rsatildi.Jumladan, 2013 yilda jamg‘arma yordamida «Zartola tekstil» MCHJ QK va Dae Yong Licoris MCHJ QK 66,1 ming AQSH doll. miqdorida eksport shartnomalari tuzdilar. Bundan tashqari, Jamg‘arma tomonidan «Asklepiy-svift» MCHJ QKga 150 mln. so‘m miqdoridagi moliyaviy yordam hamda xorijiy hamkorlarni topishda yordam ko‘rsatildi. Ushbu yordam asosida korxona umumiy qiymati 1 mln. doll. ortiq bo‘lgan ikkita eksport shartnomasi tuzishga muvaffaq bo‘ldi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish uchun tashqi bozorlarda chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda potensial imkoniyatlarni aniqlash borasida ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Tahlilning ko‘rsatishicha, bugungi kunda o‘zbek tadbirkorlari taqdim etishi mumkin bo‘lgan 16 turdagi tovarlar va 15 turdagi xizmatlar bo‘yicha 173 dan ortiq mamlakatlarda ehtiyojlar mavjud ekan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilindi rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari belgilangan loyihalarni moliyalashtirish faqat Jamg‘arma orqali amalga oshiriladi; 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomalasini ta’minlashda banklar muhim rol o‘ynaydi. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo‘lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo‘lib, o‘z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi. Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, shu sababga ko‘ra markaziy bank «banklar banki» deyiladi. Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat ko‘rsatmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Markaziy bank quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi. Bu zaxiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi; 2) cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi; 3) davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi; 4) barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; 5) xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi; 6) pul taklifi ustidan nazorat qilish mas’uliyatini oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi. Download 34.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling