Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda moliya bozorining o`rni va roli sh. K. Yuldashev
Download 341.25 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqMoliya bozori Konferensiya to\'plam 05.04.2023-48-50
- Bu sahifa navigatsiya:
- U.A. Boliboyeva
47 MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA MOLIYA BOZORINING O`RNI VA ROLI Sh.K. Yuldashev - Samarqand Davlat Universiteti, dotsent U.A. Boliboyeva - Samarqand Davlat Universiteti Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlariga e’tibor qaratsak, aksariyat mamlakatlarda real sektorga nisbatan moliyaviy sektorning roli katta ekanligini ko’rishimiz mumkin.Shu sababli O’zbekistonda ham fond bozorini rivojlantirish va aksiyadorlik jamiyatlarini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlardan foydalanish mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirishdagi muhim jihatlardan hisoblanadi.Shu boisdan Muhtaram Prezidentimiz tomonidan “2020-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog’ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala ekanligi ta’kidlandi”.[1] Mamlakatlarning mavjud soha va tarmoqlaridagi iqtisodiy holatni tahlil qilish orqali ayrim tarmoqlarda pul mablag’lari yetishmay turgan bir paytda, ba’zi tarmoqlarning ko’p miqdorda pullari vaqtincha bo’sh turganini guvohi bo`lish mumkin. Bir tarmoqning mablag’i ma’lum vaqt mobaynida ortiqchalik qilishi yoki yetishmay qolishi, navbatma-navbat almashib kelishini hisobga olgan holda, mablag’i yetadigan va shu mablag’ga yetishmovchiligi bor bo’lgan tarmoqlarni bir-birlari bilan uchrashtiradigan soha bu moliya bozori, ya’ni fond birjasidir. Dunyoning ko’plab, eng zamonaviy davlatlarning bozor iqtisodiyotida fond birjalari faoliyat ko’rsatmoqda. Shu bilan birga, fond birjalari bozor iqtisodiyotining eng muhim institute sifatida qaralib, tegishli moliya institutlarining faoliyatini milliy iqtisodiyotidan kelib chiqqan holda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab vazifalarni o’z ichiga oladi. Fond bozori jismoniy yoki qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan mexanizm to’plamidir. Fond birjasi – qimmatli qog’ozlar savdosiga mo’ljallangan uyushgan bozor. Bu qimmatli qog’ozlar xaridori hamda sotuvchisi uchrashadigan joy. Xalqaro tajribaga ko’ra, qimmatli qog’ozlar bozori iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun zarur investitsiyalarni jalb qilishning muhim manbai bo’lib, bank krediti orqali moliyalashtirishning muqobili sanaladi. Shu bois ham har qanday davlat iqtisodiy tizimining holati fond bozoridagi faollikda namoyon bo’ladi. Mazkur bozorda yuridik yoki jismoniy shaxslar o’z mablag’ini kelgusida foyda olish maqsadida aksiya hamda boshqa qimmatli qog’ozlarga yo’naltiradi. Qimmatli qog’ozlardan foyda olish dividend yoki foiz ko’rinishida yoxud ularni ikkilamchi ravishda yuqoriroq bahoga sotish evaziga amalga oshiriladi. Moliyaviy fond birjalari bir nechta subyektlarning ishtirokida ishlaydi: Emitentlar. Fond bozorida ishtirok etuvchi subyektlarning bunday turi yuridik shaxs, davlat organlari yoki mahalliy hokimyat organi bo’lishi mumkin. Investorlar. Ushbu subyekt turiga jismoniy va yuridik shaxslar – kompaniyalar, korxonalar, davlat idoralari kirishi mumkin. Yuqorida qayd etilgan shaxslar o’z kapitallaridan keyinchalik foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun foydalanadilar. Professional a’zolar. Ular fond bozorida ishtirok etuvchi uchinchi shaxslardir. Ularga asosan treyderlar, brokerlar, dilerlar kiradi. Bir so’z bilan aytganda ular vositachilar bo’lib, tomonlardan birining vakili. Bu guruh vakillari muvaffaqiyatli bitimning foizlarini olishadi, shuning uchun bunday savdo shartnomalarini bajarishda imkon qadar ishtirok etish ularning manfaatlariga mos keladi. O’tgan bir necha yil davomida mamlakatamizda ham birjalar faoliyatini takomillashtirish, jumladan fond bozorini rivojlantirish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, fond birjasini rivojlantirish orqali bozor iqtisodiyotining taraqqiyotiga erishish maqsadida tuzilgan dasturlar bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi 48 Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirib kelinmoqda.[2].Ayni paytda mamlkatimiz, xususiy korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi tomonidan faoliyati tartibga solinib turuvchi birjalar soni 3 tadan iborat. Ular O’zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi, Respublika ko’p tarmoqli agrosanoat birjasi, “Toshkent” Respublika fond birjasi.”Toshkent” Respublika fond birjasi mamlakatimiz moliya tizimini tez rivojlantirayotgan tuzilmadir va u sarmoya bozorining fond ulishi o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Shu bilan birga, mutaxassislarning qayd qilishlaricha, fond bozoriga aholini keng jalb qilish hamon dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi.Shu bois, qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritishning afzalliklarini keng ommaga ko’proq va tushunarli tarzda yetkazish uchun respublikamizning barcha hududlarida soha mutaxassislari ishtirokida turli tadbirlar o’tkazilmoqda. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi farmonida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida, iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko’paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish maqsad qilib qo’yilgan.[3]. Iqtisodiyotni rivojlanishida, hamda uning turli sohalari bir maromda ishlab turishi uchun investitsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda, katta hajmda moliyaviy resusrlarni jamlovchi va uni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltira oladigan asosiy moliyaviy institut – banklar bo’lib turibdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Mana shu faoliyatni qimmatli qog’ozlar vositasida amalga oshirish banklar uchun ko'p jihatdan qulaydir. Ta’kidlash o’rinliki, odatda fond bozorida ishtirok etuvchi tijorat banklari milliy iqtisodiyotimizning real sektorini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.[4].Fond bozorini rivojlantirish yordamida iqtisodiyotda pul mablag’lari harakati ta’minlanadi, shuningdek, moliya resurslarini beto’xtov shakllantirish, ulardan samarali foydalanish va sarmoyalash amalga oshiriladi. Investitsiyaga aylanayotgan pulning xo’jalikning turli sohalari o’rtasida erkin ko’chib yurishi, moliya resurslaridan erkin va oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Bu o’z navbatida mamlakat taraqqiyotiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Hozirgi zamon iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga qarab, mamlakat iqtisodiyotining “ahvoli” haqida fikr yuritish mumkin, chunki moliya bozoriga ta’sir ko’rsatib, jamiyatning iqtisodiy faoliyatini boshqarish mumkin. Shuning uchun moliya bozorini rivojlantirish bugungi kunda iqtisodiyotimizdagi muhim vazifalardan biridir. Shuningdek, mamlakatimiz fond bozorini yanada rivojlantirish va barqarorlashtirishda tijorat bank investitsiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir: - fond bozorida banklar tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo’yicha soliq mexanizmida bir muncha yengilliklar va imtiyozlar joriy etilishi lozim; - birja savdolarida sotiladigan moliyaviy instrumentlar sonini ko’paytirish, ya’ni moliyaviy fyuchers, opsion, depozitar tilxatlar va ipoteka obligatsiyalarini joriy etish. Bu holat qimmatli qog’ozlar bozorida banklarning faollashuviga va fond bozori aylanmasining oshishiga olib keladi; - Respublika tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarini xalqaro fond birjalarida sotishni ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish lozim.[4] Yuqorida sanab o’tilgan chora-tadbirlarning o’z vaqtida amalga oshirilishi respublika banklari raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilib, ularning nafaqat milliy fond bozorida investitsion faolligi oshishiga, balki xalqaro capital bozorida ham faol ishtirokchiga aylanishiga imkon beradi, O’zbekistonda investitsiya muhitining yanada qulayroq bo’lishiga olib keladi. 49 Bundan tashqari O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirish masalalarini o’rganish orqali quyidagi xulosa va takliflarni keltirish mumkin. Birinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda makroiqtisodiy barqarorlik, korporativ tuzilmalarda korporativ boshqaruv, investorlarning huquqiy himoyasi, xususiy kapital oqimi kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Ikkinchidan, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiy o’sish bilan o’zaro bog’liq ekanligini ta’kidlashimiz lozim. Bunda iqtisodiyotning rivojlanishi fond bozorini rivojlantirishga va aksincha, fond bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo’shishini inobatga olish lozim. Uchinchidan, O’zbekistonda fond bozorini rivojlantirishda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan daromadlilikni inobatga olgan holda aksiyalar va obligatsiyalarni samarali moliyaviy instrumentlarga aylantirish hamda ushbu qimmatli qog’ozlarning chiqarilishini moliyalashtirish shakllari sifatida foydalanilishi zarur. To’rtinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining fond bozoridagi ishtirokini kengaytirish maqsadida mahalliy fond bozori uchun yangi instrumentlardan, xususan, islom qimmatli qog’ozlaridan foydalanish zarur. Bu fond bozorida capital aylanmasini oshirishga, aholi qo’lidagi bo’sh pul mablag’larini jalb qilishga yordam beradi. Download 341.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling