Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning tuzilish
Respublikadan tashqarisiga ishlash uchun chiqqanlar
Download 186 Kb.
|
Yuqoridagi jadvalda hozirgi davrdagi mavjud va kelajakda ish bilan band bo‘ladigan aholi soni prognozlari berilgan. Unga ko‘ra, milliy iqtisodiyotimizda ish bilan band aholi 2018-yilda 11 383 ming kishi bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 2020-yilda 11 924 ming kishi, 2021-yilda 12 199 ming kishi, 2025-yilda 13 278 ming kishi va 2030-yilda 14621 ming kishini tashkil etishi prognoz qilingan. 8-jadval14
Yuqoridagi jadvalda O‘zbekiston Respublikasi asosiy demografik ko‘rsatkichlari mavjud holat va prognozlari berilgan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi aholisi soni 2018-yilda 33 254 ming kishi bo‘lganligi qayd etilgan bo‘lsa, aholi soni 2019-yilda 33 804 ming kishi bo‘lishi, 2020-yilda 34 340 ming kishi bo‘lishi, 2021-yilda 34 861 ming kishi bo‘lishi, 2025-yilda 36 786 ming kishi bo‘lishi va 2030-yilda 38 957 ming kishi bo‘lishi prognoz qilingan. Mehnatga layoqatli aholi soni esa 2018-yilda 18 853 ming kishi bo‘lganligi qayd etilgan bo‘lsa, 2019-yilda 19 045 ming kishi bo‘lishi, 2020-yilda 19 217 ming kishi bo‘lishi, 2021-yilda 19 396 ming kishi bo‘lishi, 2025-yilda 20 387 ming kishi bo‘lishi va 2030-yilda 21 765 ming kishi bo‘lishi prognoz qilingan. Iqtisodiy faol aholi soni 2018-yilda 15 099 ming kishi bo‘lganligi qayd etilgan bo‘lsa, 2019-yilda 15 310 ming kishi bo‘lishi, 2020-yilda 15 526 ming kishi bo‘lishi, 2021-yilda 15 747 ming kishi bo‘lishi, 2025-yilda 16 612 ming kishi bo‘lishi va 2030-yilda 17 707 ming kishi bo‘lishi prognoz qilingan. XULOSA Respublikamiz iqtisoyotining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qildik va rivojlanish istiqbollari haqida ma’lumotlar oldim va o‘zimda ko’nikmalar hosil qildim. Respublikamizda, hududlar va tarmoqlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini makro va mikro miqyosida kompleks tahlil qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar rivojlanish omillari va tendensiyalari haqida ko‘nikmalar hosil qildim. Mamlakatimiz iqtisodiyotining real sertori prognozlari bilan tanishdim va kelgusidagi iqtisodiyoning real sektorini prognozlashtirish jarayoni boshlanishida qatnashdim. Respublikamiz hududlari va tashkilotlariga iqtisodiyotimizni prognoz qilish uchun prognoz maketlarini tuzib chiqishda amaliy yordam berishga harakaat qildim va prognoz maketlarini tayyorlab Viloyat va hududlarga, shuningdek, Vazirlik va idoralarga jo‘natdik. Shuningdek Hududlarni reyting baholash bo‘yicha qaror loyihasini tuzish jarayonini kuzatdim va katta amaliy ko‘nikmaga ega bo‘ldim. Bundan tashqari amaliyot davrimda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkiliy tuzilmasi, vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, Makroiqtisodiy tahlil va iqtisodiyotning real sektorini prognozlashtirish boshqarmasi vazifalari, funksiyalari , huquq va majburiyatlari bilan tanishdim. Men bu amaliyotimdan katta nazariy hamda amaliy bilimlar oldim va o‘zimda amaliyot bilan fanni bog‘lash ko‘nikmasini hosil qildim. Bu amaliyotim menga juda ko‘p menga notanish bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatdi. O‘ylaymanki, bu kabi amaliyotlar yosh kadrlarni kelajakda yetuk bilimli va katta amaliyot tajribasiga ega mujtaxasis bo‘lib yetishishida katta yordam beradi va men bu kabi amaliyot darslarini ko‘paytirish va fanni amaliyot bilan maksimal tarzda bog‘lash ishlarini olib borishni taklif qilaman. Milliy iqtisodiyot - ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va boshqa ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi.
Download 186 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling