Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi


Buyuk mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Farobiy yozganidek, ta’lim-tarbiya ishini boshlashdan avval tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o’rganish lozim


Download 73.77 Kb.
bet2/10
Sana02.01.2022
Hajmi73.77 Kb.
#193272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi

Buyuk mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Farobiy yozganidek, ta’lim-tarbiya ishini boshlashdan avval tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o’rganish lozim.




Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy salohiyat - ma’rifatli insonning ikki qanotidir. Islom Karimov. (“O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” asaridan)
Alloma o‘zining “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida batafsil fikr bayon etadi5. Farobiy ta’limotida inson ta’lim yordamida barcha fanlarni puxta o‘zlashtirish bilan ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, odob me’yorlari va kasb-hunarga oid malakalarga ega bo‘ladi. U Ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surdi. Bu usullar esa, o‘z navbatida, Farobiyning “Fozil insonlar jamiyati”da axloqan pok, barkamol avlodning tarbiyasi uchun xizmat qilish kerak edi.

Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya - insoniy fazilatni hamda ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi olim. IX-X asrdan keyingi davrlarda yashab o‘tgan allomalar ham inson axloqi, yoshlar tarbiyasi masalasiga oid ko‘p ish olib borganlar. Bu xayrli ishga tasavvuf olamining allomalari Najmiddin Kubro, Fariddin Attor, Baxovuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Aziziddin Nasafiy, Alisher Navoiy va boshqalar katta hissa qo‘shdilar. Bu allomalarning ijodiy faoliyati, boy ma’naviyati tufayli milliy tarbiya tizimining asoslari vujudga keldi.

Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, milliy ta’lim-tarbiya modeli konsepsiyasining mazmuni milliy turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan bog‘liqdir. Shu boisdan ham respublikamiz jamiyatshunos olimlari faylasuflar, ta’lim-tarbiya tizimida milliy modelining asosiy xususiyatlarini tahlil etayotganda ko‘proq uning milliy tarbiyadagi o‘rni hamda ahamiyatini ochib berishga harakat qilishmoqda.

Jumladan, taniqli faylasuf, akademik E.Y.Yusupov mazkur modelning milliy tarbiyaning quyidagi xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlarini ko‘rsatgan edi:


1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling