Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi
Olimat ul Banot shunday deb yozgan edi: «Ota-onalar qo‘lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go
Download 73.77 Kb.
|
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi
Olimat ul Banot shunday deb yozgan edi: «Ota-onalar qo‘lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go‘zal tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o’rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq lozim. Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin.
olmaymiz»13. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib: “Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir”14, deydi. Binobarin, jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash, kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o‘tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir oilasiga mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttasil va izchil g‘oyaviy tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi15. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat hislatlari uluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g‘oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik totuvlik, o‘zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi. Diqqat qilinsa, ta’limning milliy modelida ilgari surilgan maqsadlarning mohiyati aynan milliy g‘oya va mafkuradagi asosiy tamoyillar bilan uyg‘unligini anglab olish qiyin emas. Kadrlar tayyorlash milliy modelida belgilangan maqsad va vazifalarning to‘la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs - komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha yondashadilar va boshqacha nigoh bilan qaraydilar. Ikkinchidan, milliy model tadbiqi kishining jamiyatda o‘z o‘rnini topish jarayonini tezlashtiradi. “Ta’limning yangi modeli ishga tushgach, – deb ko‘rsatgan edi Islom Karimov, - insonning hayotdan o‘z o‘rnini topish jarayoni tezlashadi. Har qanday odam ham o‘smirlik chog‘ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrda jamiyatdan munosib o‘rin topishi kerak”16. Milliy modelning takomillashuvi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko‘payishi jamiyatda ongli hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi. Ya’ni, odamlar olamon bo‘lib yashashdan bosh tortadilar, har bir kishi o‘z aqli, o‘z mehnati, o‘z xulosasi bilan yashay boshlaydi. Eng muhimi, bunday kishilarga chetdan hech qanday nopok kuch, buzuq g‘oyalar, quruq shiorlar, chaqiriqlar bilan ta’sir etib bo‘lmaydi. Bunday odamlarni o‘zi tanlagan yo‘llari, maqsadlaridan hech qanday kuch toydira olmaydi. Yuksak g‘oyalar odamlarni olijanob maqsadlar sari yetaklaydi. g‘oyasi yetuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak insongina mardlik namunalarini ko‘rsata oladi17. Shunday ekan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan ta’limning milliy modeli masalasi, avvalo, jamiyatimiz hayotining o‘ziga xos mazmuniga aylangan, xalq tayanadigan kuch bo‘lmish milliy g‘oyadagi asosiy tamoyillarni ham o‘zida aks ettirgan. Prezidentimiz Islom Karimov yozganidek “Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimiz bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish – milliy mafkuraning bosh maqsadidir”18. Bizning ezgu maqsadimiz esa ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish asosida g‘oya va mafkuramizni e’tiqod qilinadigan muqaddas tuyg‘uga aylantirishdir. Chunki, e’tiqodga aylanmagan g‘oyani g‘oya, milliy mafkurani mafkura deb bo‘lmaydi19. Shuning uchun ham «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladigan, butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan muhim hayotiy masalalar ilgari surilgan. Unga ko‘ra, o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etish; o‘quv yurtlari tuzilmalarini takomillashtirish..., yoshlarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish mafkurasi asosida, Vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga, sadoqat ruhida ta’lim-tarbiya berish; yoshlar bilan muntazam ravishda tinimsiz ishlash, iqtidorli bolalarni qidirib topish, ularning eng yaxshi xorijiy o‘quv markazlarida professional ta’lim olishi uchun sharoit yaratish; O‘zbekistonning iqtisodiy va ma’naviy ehtiyojiga mos keladigan, yuksak malakali xorijiy mutaxassislar bilan raqobat qila oladigan kadrlar salohiyatini yuzaga chiqarish va uni rivojlantirish; ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yangi o‘quv adabiyotlari, zamonaviy jihozlar va kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash va h. k. Binobarin, ta’lim sohasida belgilangan bu vazifalar, milliy g‘oya va mafkuraning asosiy tamoyillari, uning maqsadi va mohiyati bilan ham uzviy bog‘liqdir. Download 73.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling