Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi


Download 73.77 Kb.
bet4/10
Sana02.01.2022
Hajmi73.77 Kb.
#193272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi

Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda, biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan ozgalarga ibrat bo’ladigan bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Islom Karimov. (“Tarixiy xotirasiz kelajak yoq” asaridan).
Ma’lumki, milliy ta’lim-tarbiya modelning bosh maqsadi komil insonni tarbiyalashdir. Ushbu masalada ham respublikamiz olimlari o‘ziga xos konsepsiyalarni ilgari surishmoqda. Jumladan, faylasuf olim J.Tulenov, ma’naviy barkamol inson aql-idrok asosida harakat qiladi. Vataniga, xalqi va millatiga sodiq bo‘lish ham madaniyatlilik, ma’naviylik, barkamollik, axloqiy poklik belgilaridan hisoblanadi7 - degan fikrni ilgari suradi. Ulfat Mahkamov esa, odamlardagi yaxshilik qilish, rostgo‘ylik, hayoli bo‘lish kabi eng ulug‘ fazilatlar birlashsagina, u komil inson bo‘lib yetishishini ta’kidlaydi8.

Nozar To‘rayev, Mansur Oltinovlar «Yuqori malakali mutaxassis olim, me’mor, san’atkor, harbiy xodim bo‘lish barkamollikni anglatmaydi, inson kamolotga yetish uchun zarur hayot maktabini o‘tashi, iymon-e’tiqod yo‘liga kirish talab etiladi»,9 deb ta’kidlaydilar. Falsafa fanlari doktori M.Xolmatova esa komillikning shakllantirishda ko‘proq o‘zimizga mos sharqona madaniy-ma’naviy an’analar, uning o‘ziga xosligi, afzalliklariga oid adabiyotlarni chop etish, targ‘ib qilish maqsadga muvofiqdir – degan fikrga tayanadi.

Avvalgi mavzularda aytilgan mulohazalar va komil inson haqidagi olimlarimiz bildirgan fikr va qarashlarga tayanib, shunday xulosa qilish mumkinki, komil inson tushunchasiga hali mukammal ta’rif berilib, uning mohiyati to‘la va uzil kesil yoritilmagan. Zero, xalqimiz tilida «beayib Parvardigor», «Xom sut emgan banda», «Har to‘kisda bir ayib», degan hikmatlar yuradiki, bu ma’lum ma’noda «Komillik – faqat Allohga xos» degan aqidani esga olishga ham undaydi. Bu bilan biz komil inson g‘oyasi amalda bo‘lmagan gap degan xulosadan yiroqmiz. Balki, komillikka erishish o‘ta murakkab va mas’uliyatli jarayon ekanligini bu jarayonda inson fitratini tuzatmoq uchun avvalo, baloi-nafsni, xudbinlikni, munofiqlikni, egoizmni, kishilardagi loqaydlikni bartaraf etish zarurligini, bu esa jo‘n ish emasligini ta’kidlamoqchimiz, xalos.

Zotan, inson mavjud ekan, u xato qilishga moyilligi, agar uning ma’rifati sayoz, ma’naviyati past bo‘lsa, bu hatto fojeaga aylanishi muqarrar. Ana shunday illatlarga mubtalo kishilardan ko‘pchilik o‘zini olib qochadi, ularga yaxshi odamlarni ibratini singdirish, jamoa mahalla-ko‘yni ta’sirini o‘tkazish ham qiyin kechadi. Shuning uchun ham Hazrat A.Navoiy:

El qochsa birovdin, el yomoni bil oni,

Ahvolidan idbor nishoni bil oni

Fe’l ichra ulus baloyi jon bil oni

Olam elining yomon-yomoni bil oni, deb bejiz yozmagan.

Umumlashtirib aytganda, komil inson tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.

Komil inson shunday insondirki, u avvalo dinu-diyonatini mustahkam tutgan, muayyan g‘oya va maslakni e’tiqod darajasiga ko‘targan, o‘zidagi qusurlarni ilm-ma’rifat ne’matlari asosida bartaraf eta olgan, nafs va xoyu-havasni irodasiga tayanib boshqara olgan kishidir.

Bizda qadimdan Ma’rifatli inson tushunchasi ancha keng ma’noni anglatgan. Unutmasligimiz kerakki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy sharqona qarashga ko‘ra ma’rifatlilik –bilim, ma’naviyat va go‘zal ahloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, komil inson deganda aynan shunday odamlarni ko‘z oldiga keltiradi. Milliy meodelimizda komil inson g‘oyasiga, uni tarbiyalash masalalasiga alohida e’tibor berilganligi ham ayni ana shu haqiqat bilan bog‘liqdir.

Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo‘lmaslik, bir so‘z bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishida, birinchi navbatda, bizning o‘rnimizga kelayotgan yosh avlodimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga bog‘liqdir.

Ma’lumki, tarbiya - inson shaxsi, ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Ta’lim esa axloqli, odobli shaxsga hunar o‘rgatish, bilim berishdir. Inson shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bog‘langan jarayondir.


Dars (ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida biroz farq bolsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga


Download 73.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling