Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi


Bizning eng katta ishonchimiz, madad-tayanchimiz – bu o


Download 73.77 Kb.
bet7/10
Sana02.01.2022
Hajmi73.77 Kb.
#193272
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda oila va maktab ta’lim hamkorligi

Bizning eng katta ishonchimiz, madad-tayanchimiz – bu osib kelayotgan yosh avlodimizdir. Takroran aytamanki, men ozimning taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdiri va kelajagini ham anna shu yoshlar qiyofasida, ularning pok qalbi, erkin tafakkuri, mustahkam irodasi va dunyoqarashida koraman. Islom Karimov. (“Adolat har ishda hamrohimiz va dasturimiz bo’lsin” asaridan).
Biz o‘z madaniyatimiz va bizni o‘rab turgan ijtimoiy borliqning hosilasi ekanmiz, vaziyatlarga bog‘liqmiz va boshqalarning bizga ko‘rsatayotgan ta’sirlari komida bo‘lamiz. Ayrim yoshlarning jaholat va diniy aqidaparastlikka berilishi, o‘zi to‘la anglamagan xolda turli xil buzg‘unchi g‘oya va da’vatlariga qo‘shilib ketishi, terrorizmning manfur xarakatlariga, jinoyatga sabab bo‘lgan ko‘plab voqealarga bosh qo‘shishi aynan shunday vaziyat xukmida amalga oshganligi ma’lum. Shuning uchun asosiy vazifa – har bir odamni, u vaziyatdan ham ko‘ra o‘zining shaxsiy dunyoqarashi va e’tiqodini, sog‘lom qarashlarini u yoki bu tahdidli va tahlikali yoki konfliktli vaziyatlarga qarshi qo‘ya oladigan qilib tarbiyalash kerak.

Demak, shaxsiy fikr katta ahamiyatga ega. Odamlarning turli ijtimoiy vaziyatlarda o‘zlarini turlicha tutishlari, aslida ularning turlicha o‘ylashlaridan kelib chiqadi, o‘ylash, fikrlash, sovuq mulohaza yuritish san’ati milliy mafkura tarbiyasida biz kattalarga qo‘l keladigan pedagogik vositadir. Demak, pozitiv tafakkur, ijobiy fikrlash – yaxshi oqibatlarga, ijobiy natijalarga olib keladi. Agar biz farzandlarimizga “O‘z yurtingning erkin fuqarosi bo‘l! O‘z taqdiringning o‘zing ega bo‘l! Sen shunga munosibsan!” desak, uning ham fikri, ham xulqi shu zaylga tushadi.

Biz yoshlarga vatanparvarlik to‘g‘risida faqat balandparvoz gaplarni gapirishdan, asl vatanparvarlikning mohiyatini tushuntirishga, Vatanni sevishini isbot qila oladigan harakatlari to‘g‘risida fikr almashinishga o‘rgatishimiz darkor. Bu hozir davrda pedagogika va psixologiya fanlari amaliyotida o‘zini oqlagan interfaol usullar vositasida amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari faqat pul topish yo‘lini izlashdangina iborat emas. Bozor munosabatlari rivoji uchun kishilarda daromad topishga intilishdan tashqari yuksak ma’naviyat ham bo‘lishi kerak. Agar odamlarda halollik, haromdan hazar qilish, imon, insof, adolat, insonparvarlik singari fazilatlar bo‘lmasa, bozor taraqqiyot yo‘li bo‘lmay qoladi, jamiyatda ma’naviy inqiroz kuchayadi. Bozorning mezoni «yo men birovni aldayman, yo birov meni aldaydi», degan qoida emas. Bozor munosabatlariga asos bo‘ladigan milliy, diniy, ma’naviy qadriyatlar – har bir shaxs o‘zining, boshqalarning qadri qimmati, manfaatini ham adolatli ravishda hisobga ola bilishidir.

Yoshlar tijoratga intilishining ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. Hozircha bu intilishning salbiy tomonlariga yetarli e’tibor berilayotgani yo‘q. YOshlarni pul topishgagina o‘rgatmay, ularni ko‘proq aqliy, ilmiy, amaliy kamolot yo‘liga boshlamoq kerak. Barcha yoshlar oldi-sottiga berilib, pul topish yo‘liga o‘tib ketaversa, O‘zbekiston kelajakda buyuk, qudratli davlat bo‘la olmaydi. Mamlakatimiz istiqboli, birinchi navbatda, yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi texnika va texnologiyani, milliy va umuminsoniy ma’naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur egallashiga bog‘liq.

Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy o‘quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga befarq qarashlari mumkin emas. Yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o‘ylash, ko‘ra bilish ustivor ahamiyatga ega.

Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlash ham katta ahamiyatga ega. Biror ish bilan band bo‘lishga o‘rgangan yoshlar mehnatsevar bo‘ladilar, ularda juda yoshligidanoq ma’lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo‘sh vaqtlarida, ular o‘zlari sevgan ish bilan shug‘ullanishga o‘rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo‘ya ishlar bilan shug‘ullanishga vaqti ham bo‘lmaydi.

Odobli, mehnatsevar, sabr-toqatli farzandlar ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo‘shadi, halol mehnati bilan jamiyatda o‘z o‘rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan meros bo‘lib qolgan axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O‘zbek xalqi maqolida aytilganidek, meros yo‘li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan ham yomonroq, xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. Yoshlar o‘z mehnati, peshona teri bilan topgan boylikni ko‘proq qadrlaydilar.

Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga berayotgan tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat belgilagan rejalar tizimiga qay darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko‘zi oldida shirin farzandlari bilan bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy bog‘langan kelajagi ham turmog‘i kerak.

Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an’analarga, bu boradagi umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e’tiborga olganida yaxshi natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko‘proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, usullari esa o‘zgarib, yangilanib, takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta’sir etadi.

Shu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog‘lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda, ijtimoiy mas’uliyatni to‘g‘ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi12.

Shu o‘rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq yana bir masalaga ham e’tibor berish kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi millat ma’naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo‘nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida belgilanadi.


O‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan, o‘z kuchiga, o‘zi tanlagan yo‘lning to‘g‘riligiga ishongan inson doimo kelajakka ishonch bilan qaraydi. U jamiyatdagi fikrlar xilma-xilligidan cho‘chimaydi, balki zamonaviy bilim va falsafiy qarashlariga, hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g’arazli niyat, tahdid va intilishlarni fosh qilishga qodir bo’ladi. Islom Karimov. (“Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir”).
Bu fikr mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari yo‘nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir.

Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so‘zi bilan ishi bir bo‘ladi. Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada ota-onaga hamda qolaversa tarbiyachilarga bog‘liqdir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‘tilgan hozirgi sharoitda oila va undagi ota-onaning farzand tarbiyasida mas’uliyati yanada oshdi, deb aytishga to‘la asosimiz bor.

Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e’tiqodiga aloqador ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda oila - haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.

“Har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi Islom Karimov, - Vatan tushunchasi, avvalo oiladan boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Oilaning jamiyatdagi o‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga milliy manfaat nuqtai-nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata





Download 73.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling