«Ma’naviy-ruhiy tiklanish insonning yerga va uning boy-
liklariga bo‘lgan munosabatini ham o‘z ichiga olishi lozim...
Afsuski, oxirgi yuz yillikda aynan mintaqaning ekologik
tizimiga juda katta zarar yetkazildi. Ajdodlarimizning tabiat-
dan foydalanish sohasidagi an’anaviy odob-axloq qoidalari
unutib yuborildi. Bu qoidalarga ko‘ra suv va yerni o‘ylamay-
netmay bulg‘ash, isrof qilish gunohi azim hisoblanar edi»
1
.
Mintaqamizdagi ekologik muammolardan eng kattasi, bilasiz-
ki, Orol dångizining qurishi bilan bog‘liq. O‘zbåkiston bu masa-
laning ijobiy yåchimini topish, muammoni yanada chuqurlashi-
shining oldini olish, Orolbo‘yi hududida yashovchi aholini har
jihatdan muhofaza qilish borasida ko‘plab chora-tadbirlarni ko‘r-
moqda. Råspublikamiz rahbariyati bu murakkab masalaga dunyo
hamjamiyati e’tiborini jalb etayotgani ham Orol muammosi bir-
ikki davlatning emas, butun Yer yuzining muammosiga aylanga-
nini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidån-
ti Islom Karimovning 2010-yil 20-såntabrda Birlashgan Millatlar
Tashkiloti sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ish-
langan yalpi majlisida so‘zlagan nutqi muhim ahamiyatga egadir:
Do'stlaringiz bilan baham: |