Prezidentimiz tashabbusi bilan 2014-yil 15–16-may kunlari Samarqand shahrida «O‘rta asrlar Sharq allo- malari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘ldi. Unda buyuk allomalarimiz merosini o‘rganish va targ‘ib etish bo‘- yicha muhim vazifalar belgilandi. Mamlakatimizdagi taniqli olimlar, faylasuflar, siyosatshu-
noslar, yozuvchi va shoirlar Pråzidåntimiz asarlari asosida
milliy g‘oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillarini ishlab
chiqishdi. Shu tariqa 2000-yili «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy
12
tushuncha va tamoyillar» risolasi nashr etildi va unda milliy
g‘oyamizning ma’no-mazmuni ifoda etildi. Yurtboshimizning
«Yuksak ma’naviyat – yångilmas kuch» kitobida milliy
g‘oyamiz haqidagi nazariy va amaliy fikrlar yanada boyitildi.