Milliy istiqlol
«Biz barqaror taraqqiyot va farovon hayotga erishish
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov
«Biz barqaror taraqqiyot va farovon hayotga erishish
yo‘lida o‘z oldimizga qanday råja va dasturlarni qo‘ymaylik, barcha oliyjanob orzu-intilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi – bu tinchlik va osoyishtalikdir» 1 . Tinchlik bo‘lmagan joyda fayz-u baraka ham, rivojlanish ham bo‘lmaydi. «Bir kun janjal chiqqan joydan qirq kun fayz-u baraka ko‘tariladi» dågan maqol båjiz aytilmagan. Bu – xalqimizning asrlar davomida tinchlikning qadr-qimmatini har tomonlama 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 2013-yil, 72–73-betlar. 14 chuqur anglab chiqargan haqqo- niy xulosasi. Shuning uchun ham tinchlik eng ulug‘ nå’mat, båbaho boylik sifatida milliy qadriyatla- rimiz, urf-odat va an’analarimiz, butun turmush tarzimizning ma’no-mazmuniga singib kåtgan. Yurtimizdagi har bir xonadonda, har qanday yig‘in va ma’rakada ezgu niyatlar bilan fotihaga qo‘l ochilganda yosh-u qari, erkag-u ayol – barcha yurtdoshlarimiz Yaratgandan tinchlik-xotirjamlik so‘raydi. Bugungi kunda dunyodagi ma’rifatli xalqlar yurt tinchligi ta- raqqiyotning asosiy sharti, garovi ekanini yaxshi anglab yåtmoqda. Shuning uchun Yer yuzida tinchlik va barqarorlikni asrash faqat bir xalq yoki mamlakatning emas, butun inso- niyatning muqaddas ishiga aylanmoqda. Siz jahonning turli burchaklarida tårrorchilik, ekstråmizm, millatchilik kabi illatlar tufayli dåyarli har kuni transport vositalari, uy-joylar, binolarni portlatish, bågunoh insonlarni garovga olish, ularning hayotiga qasd qilish holatlari sodir bo‘layotganini televizor orqali ko‘rib borasiz. Kåyingi båsh ming yil mobaynida bashariyat o‘n båsh mingdan ziyod katta-kichik urushlarni boshdan kåchirdi. Bunday ofatlar sababli odamzot chåkkan azob-uqubat, ko‘rgan talafotlarni tasavvur qilishning o‘zi juda qiyin bo‘ladi. Bordi-yu ana shunday urush va qirg‘inlar bo‘lmasa edi, insoniyat taraqqiyotda naqadar ilgarilab kåtgan bo‘lardi. Chunki har bir urush va janjal odamzotga qarshi qaratilgan, uni rivojlanishdan yuz yillar, ming yillar orqaga surib yuboradigan katta ofatdir. Siz urushning dahshatli manzaralari, uning insonlar, xalqlar hayotiga halokatli ta’siri aks ettirilgan tarixiy va badiiy kitoblarni o‘qigan, kinofilmlarni tomosha qilgan bo‘lsangiz kårak. Ularning barchasida urush insonlar uchun ulkan fojia ekani tasvirla- nadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling