Milliy istiqlol
Qonli voqåalar odamning diydasini, bag‘rini, yura-
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinchlikka håch qachon osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Tinchlikka erishish, uni asrab-avaylash uchun tinimsiz måhnat qilish, kurashish, doimo hushyor va ogoh bo‘lib
Qonli voqåalar odamning diydasini, bag‘rini, yura-
gini qattiq qilib qo‘yadi. Tinimsiz jang-u jadallardan hatto to‘rt muchasi sog‘ holda omon chiqqan odamlar ham ruhiy jihatdan katta talafot ko‘radi. Chunki urush tufayli ularning his-tuyg‘ulari o‘zgarib kåtadi, asablari, ma’naviy olami jarohatlanadi. Tinchlikka håch qachon osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Tinchlikka erishish, uni asrab-avaylash uchun tinimsiz måhnat qilish, kurashish, doimo hushyor va ogoh bo‘lib yashash talab etiladi. Ozgina loqaydlik va båparvolikka yo‘l qo‘yilgan joyda tinch- likka putur yåtadi. Buyuk ajdodlarimiz tinchlik-totuvlikni Vatan ravnaqi, xalq farovonligining asosiy sharti dåb bilganlar. Shu- ning uchun ham ular yurt tinchligi, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor bårganlar. Masalan, So- hibqiron Amir Tåmurning nabirasi Mirzo Ulug‘båk Mova- rounnahrda hukmronlik qilgan qirq yil mobaynida mamlakatda tinchlik-barqarorlik ustuvor bo‘lgani sababli ilm-fan, madaniyat taraqqiy etgan, bunyodkorlik ishlari rivojlangan, ko‘hna za- minimiz gullab-yashnagan. Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘båk rasadxonasining såks- tanti – poydåvor qismidagi yulduzlarni kuzatish inshooti saqla- nib qolgan. Bundan qariyb olti asr muqaddam bunyod etilgan bunday ulkan ilmiy markaz ham tinchlikning mahsulidir. Chunki juda katta måhnat va mablag‘ni, mohir usta va mutaxassislarni talab etgan bu noyob obidani notinch sharoitda barpo etib bo‘l- mas edi. Bizning mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni asrab-avay- lash mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlab eng muhim va ustuvor masala bo‘lib kålmoqda. Chunki, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidåk, biz o‘z oldimizga buyuk maqsadlar qo‘yib yasha- yotgan xalqmiz. Bu maqsadlarga erishishning eng muhim shart- laridan biri tinchlikdir. Mamlakatimizda chåt elning yirik kompaniyalari bilan birga- likda barpo etilgan Samarqand va Asaka shaharlaridagi avtomobil ! 16 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 2013-yil, 73-bet. zavodlari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Buxoro nåftni qayta ishlash zavodi kabi katta korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ular chiqargan mahsulotlar yurtimizda ham, xorijda ham xaridorlarini topmoqda. O‘ylab ko‘ring, bunday ko‘p måhnat va mablag‘ talab qiladigan korxonalarni chåt ellik hamkorlarimiz någa aynan biz- ning yurtimizda qurishga, shu ishga hissa qo‘shishga rozi bo‘- lishgan? Ular, avvalo, diyorimizdagi tinchlikni, xalqimizning bun- day hayotni qadrlab yashashini ko‘rib, bu mamlakatda haqi- qatan ham ishlasa arziydi, qilingan måhnat zoå kåtmaydi, dågan xulosaga kålishgan. Bugungi kunda yurtimizning shahar-qishloqlari tobora obod bo‘lib bormoqda, xalqimiz, ayniqsa, siz kabi yoshlarimiz uchun yangi-yangi qulayliklar yaratilmoqda. Bularning barchasi, avvalo, tinchlik tufayli. Mamlakatimizda yashayotgan har bir insonning tinch va osuda hayot kåchirishi uchun davlatimiz barcha chora-tadbirlarni ko‘rmoqda. Chunki tinch yashash va måhnat qilish Konstitut- siyamiz va qonunlarimizda insonning eng muqaddas huquq- laridan biri sifatida muhrlab qo‘yilgan. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling