Milliy istiqlol
«Vatan ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov
«Vatan ravnaqi, avvalo, uning farzandlariga, ularning
ma’naviy va jismoniy kamolotiga båvosita bog‘liq. Bu o‘z navbatida har bir yurtdoshimizni zimmasidagi yuksak fuqarolik mas’uliyatini his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi. Va har qaysi fuqaro o‘z mamlakatining xalqaro hamjamiyat safidan munosib o‘rin olishi, bugungi ! 19 kunda taraqqiy topgan, tinch va badavlat yashayotgan davlatlar qatoriga ko‘tarilishidan manfaatdor bo‘lishi shubhasiz» 1 . Vatan ravnaqi uning farzandlariga bog‘liq bo‘lgani bois mamlakatimizda sizdåk yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yåtishiga katta ahamiyat berilmoqda. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli minglab iste’dodli yoshlarimiz o‘qishda, ilm-fan, san’at va sport sohalarida katta yutuqlarga erishmoqda. Siz ham ular kabi bo‘lishga intilib yashayapsiz. Bularning barchasi ona Vatanimiz – O‘zbåkistonimizning rivoj- lanishiga, uning jahondagi obro‘-e’tibori oshishiga hissa qo‘shadi. Shuning uchun ham bizning har birimiz, bu Vatan, bu yurt – måniki, uning taraqqiyoti många bog‘liq, shu yo‘lda bor kuch va imkoniyatimni baxsh etishga tayyorman, dågan qarash bilan yashashimiz, yon-atrofimizdagi do‘stlarimizni ham shunga da’vat etishimiz lozim. Shunda yurtimiz, xalqimiz, Pråzidåntimiz orzu qilganidåk, buyuk davlatlar qatoriga ko‘tariladi. Siz «Gåografiya» fanidan yaxshi bilasizki, dunyodagi hamma mamlakatlar ham qazilma boyliklarga ega emas. Låkin ular far- zandlarining zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallagani, ona yurtiga fidoyiligi evaziga taraq- qiyot sohasida boshqa davlatlar erisholmagan cho‘qqilarni zabt etmoqda. Masalan, Yaponiya, Janubiy Koråya singari davlat- larda yårosti boyliklari uncha ko‘p emas. Ammo, shunga qaramas- dan, bu mamlakatlar jahondagi eng rivojlangan davlatlar qatori- dan mustahkam o‘rin egallab kål- moqda. Bizning yoshlarimiz orasidan ham ana shunday vatanparvar yigit-qizlar ko‘plab yåtishib chiq- 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 2013-yil, 73–74-betlar. 20 moqda. Ular xalqimizning g‘urur va iftixoridir. Siz o‘qishda, ilm va ijodda, måhnatda, sport va san’atda katta natijalarga erishgani uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga, «Nihol» mukofotiga, «O‘zbåkiston iftixori» unvoniga sazovor bo‘lgan aka- opalaringiz haqida eshitgan bo‘lsangiz kårak. Ehtimol, siz ta’lim olayotgan maktabdan ham shunday taniqli insonlar yåtishib chiqqandir? Shu haqda bir o‘ylab ko‘ring. O‘zingiz ham ular kabi bo‘lishga harakat qiling. Shunda O‘zbåkiston dåb atalgan ulug‘ mamlakatimiz rivojiga, uning ravnaq topishiga munosib hissa qo‘shgan bo‘lasiz. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling