Bunyodkor g`oyalar


Download 103 Kb.
bet1/7
Sana09.01.2023
Hajmi103 Kb.
#1085390
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bunyodkor g


Bunyodkor g`oyalar


REJA:



  1. Vatan ravnaqi va yurt tinchligi

  2. Xalq farovonligi

  3. Ijtimoiy hamkorlik va dinlararo bag`rikenglik

VATAN RAVNAQI VA YURT TINCHLIGI, XALQ FAROVONLIGI VA KOMIL INSON G`OYASI
Vatan ravnaqi mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladigan asosiy g`oyalardan biridir. Vatan har bir kishining tug`ilib o`sgan makoni, bobolari yashagan va uning farzandlariga meros qoladigan zamindir.
Har bir inson biror-bir oilada, muayyan mamlakat va millat bag`rida dunyoga keladi. U ko`z ochib, onasini, uyini, o`zi tug`ilgan zaminni taniydi. Avval onasining oq sutidan, keyin o`zi tug`ilgan zamin ne'matlaridan bahramand bo`ladi. Shuning uchun ona va Vatan tushunchalari uyqash tushunchalardir. Zero, inson Vatanni ham onadek aziz biladi, unga bolalikdan mehr va ixlos qo`yadi.
Onaning iliq bag`ridan, qadrdon go`shasidan, Vatanidan uzoqda bo`lgan odam uni darrov sog`inadi, uning diydorini qo`msab, intiq va intizorbo`ladi. Onasiga, tug`ilgan xonadoniga, Vataniga taalluqli narsalarning hammasi unga nihoyatda noyob va tabarruk bo`lib
tuyulaveradi. Bu — onaga, qadrdon ostonaga, Vatanga bo`lgan so`nmas mehrning dalolatidir.
Vatan — insonning kindik qoni to`kilgan muqaddas zamin, uni kamolotga yetaklovchi, hayotiga ma'no-mazmun bag`ishlovchi tabarruk maskandir. Buning ustiga, Vatan — har birimiz uchun ota-bobolarimizning xoki poklari yotgan aziz joydir. U ajdodlardan avlodlarga qoladigan tengsiz, bebaho meros, noyob in'om. Uni biz ham keyingi avlodlarga ozod, obod va farovon holda meros qilib qoldirishga mas'ulmiz. Shundagina avlodlar bizdan minnatdor bo`ladi, nomimizni ulug`laydi, yurtimizga ko`z olaytirganlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.
Xullas, Vatani bor odamning qadri baland, g`ururi yuksak, maqsad-muddaolari aniq bo`ladi. Vatani bor odamning orqasida tog`dek tayanchi bo`ladi. Vatan tuyg`usi — insonni fidoyilikka, mardlik ko`rsatishga da'vat etib turadi.

Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling