Bunyodkor g`oyalar


Download 103 Kb.
bet7/7
Sana09.01.2023
Hajmi103 Kb.
#1085390
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bunyodkor g

Ota va ona. Mashhur bir rivoyatda aytilishicha, ota ўz farzandiga ilm-u hunar ўrgatish uchun ustoz huzuriga olib boribdi. Ustoz otadan: «Farzandingiz necha yoshga kirdi?» deb sўrabdi. Ota: «Bu yil yettiga to'ladi», debdi. Shunda ustoz: «Farzandingizni tarbiyalashda yetti yil kechikibsiz», degan ekan. Bu ўrinda oilaning, ota-onaning farzand tarbiyasi borasidagi ўrni va vazifasi juda ta'sirli bayon qilingan. Bu xususda yana kўp rivoyatlar, tarixiy voqealar, hadis va oyatlar bor. Bolani tўғri tarbiyalash uchun, avvalo, ota-onaning ўzi tarbiyalangan bўlishi kerak. Ota-ona bўlishlik ғoyatda mas'uliyatli vazifa. Oiladagi tarbiya jamiyatimiz manfaatiga mos bўlishi uchun, awalo, ular mas'ul, shu bois birinchi galda ota-onaning ўzi ham ma'naviy, ham psixologik jihatdan tarbiyalangan bўlishi lozim.
Kasbni puxta egallash va fidoyilik bilan mehnat qilishi uchun ilm qanchalik zarur bўlsa, fozil farzandlarni tarbiyalash uchun ham shunchalik muhimdir. ўrta asrda yashab ijod qilgan iste'dodli shoirlardan biri Abdibek Sheroziy ota-onaga, ayniqsa, ayol kishiga ilm qanchalik zarur ekani tўғrisida shunday yozgan edi: «Ilm — ayol uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan xalos etgan har bir ayol nomus, izzat, ayollik kabi haqiqatlar qadrini tushunib yetadi. Bunday ayol hech bir ishda adashmaydi. Ilmsiz ayol esa bola tarbiyalashda turli xatoliklarga yo'1 qo'yadi».
Ota-ona bola taqdiri uchun jamiyat oldida javobgar hisoblanadi. Ota-onalik burchiga e'tiborsiz qarash, fiiqarolik mas'uliyatini his etmaslik muhim ijtimoiy burchni bajarmaslik bilan barobardir. Chunki, bolani dunyoga keltirishga nisbatan, uni jamiyatga nafi yetadigan, soғlom e'tiqodli qilib tarbiyalash mushkulroqdir.
oyaviy tarbiyada ayniqsa onaning alohida ўrni va ahamiyati bor. Bugun yurtimizda ayollarga jamiyat tomonidan bildirilayotgan yuksak ishonch zamirida ham onalarga mehr-muhabbat, ularni hayotimizning gultoji sifatida qadrlash mavjud. Muso Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Ahmad Farғoniy, Amir Temur, Mirzo Uluғbek, Alisher Navoiy,
Burhoniddin Marғinoniy kabi allomalarni voyaga yetkazgan momolarimizning munosib vorislari bўlgan ayollarimiz ham bugun soғlom va barkamol, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yўlida kuch-ғayrati, bilim va iqtidorini ayamaydigan avlodni tarbiyalashmoqda. Yurtboshimizning «Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bўlgan munosabat bilan belgilanadi» degan fikrining zamirida ham ana shunday yuksak ma'no bor.
Mahalla ўzini ўzi boshqarishning ўziga xos milliy modeli bўlib, xalqimizning azaliy udumlari, urf-odat va an'analariga tayanadi va tnuhim tarbiya vazifasini ham bajaradi. Mahallada jamoa bўlib yashash, bir-birining issiq-sovuғidan xabardor bўlib turish, keksalar nasihati, kattalarga hurmat, ўzaro hamjihatlik va ahillik vositasida odamlar ongiga ezgulik singdirib boriladi.
Mahalla — soғlom ijtimoiy muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda jamoatchilik fikri odamlarning xulq-atvori, munosabatlarini adolat mezonlari asosida tarbiyaga solib turadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganidek, mahalla — haqiqiy demokratiya darsxonasidir.
Mahallada ғoyaviy ishlami samarali yўlga qўyish uchun katta imkoniyatlar bor. Milliy qadriyatlar, mehr-oqibat, el-yurt sha'ni uchun fidoyilik kabi fazilatlar mahallada kamol topadi.
Respublikamizda ta'lim va tarbiya maskanlari — ўzbekistonning taraqqiyot strategiyasini, ўzbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol ғoyasi asosiy tushuncha va tamoyillarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishning asosiy vositalaridandir.
Maktab, litsey va kollejlarda ғoyaviy ta'lim-tarbiya jarayonida quyidagi omillarga e'tibor qaratish talab etiladi:

  • Vatan tuyғusini shakllantirish;

  • Ona tiliga muhabbat;

  • Milliy qadriyatlarga hurmat;

  • Ayolni — onani uluғlash;

  • Oilaning tarbiya borasidagi ўrni va ahamiyatini kўrsatish;

  • Mahalla — demokratiya darsxonasi va ўzini ўzi boshqarish
    maktabi ekanini yoshlarga ўrgatish;

  • Umuminsoriiy qadriyatlar, millatlararo totuvlik, baғrikenglik,
    clunyoviy ilmlarga intilish va ilғor madaniyatni shakllantirish;

- Dinning dunyoviylikka zid emasligini anglatish;
Download 103 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling