Orxona va uning personali
Download 137.46 Kb.
|
2-mavzu PB
2-Mavzu: •KORXONA VA UNING PERSONALI. Reja: Korxonalar va ularning turlari. Korxona personali va uning tarkibi. Mehnat bozori va aholining ish bilan bandligi. 1. Korxonalar va ularning turlari O‘zbekiston Respublikasining Korxonalar to‘g‘risidagi Qonuniga muvofiq: „Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik xuquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulotni ishlab chiqaradigan, sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllarining huqukliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt korxona deb ataladi”.1 Korxona faoliyati maqsadlari o‘z mahsulotlari ishlari va xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, shu asosda mehnat jamoasi a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mulk egasi manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining „Mulkchilikto‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan mulk shakllariga binoan korxonaning quyidagi turlari farqlanadi: jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar; shirkat (jamoa) mulkiga asoslangan jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish kooperativlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga, jamoat tashkilotlariga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga asoslangan korxonalar; aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo‘shma korxonalar hamda mulkchilikning turli shakliga mansub to‘liq yoki hissador yo‘sinda ishtirok etishga asoslangan boshqa korxonalar. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki o‘rta korxonalarga bo‘linadi. Mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik asosida faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘z huquqlarini himoya Qilishni ta’minlash, tegishli davlat idoralari va boshqa idora larda, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda umumiy manfaatlarni idora etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: konsernlarga, konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari, hududiy yoki boshqs tamoyillar asosida o‘zga birlashmalarga uyushishlari mumkin. Korxona o‘z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona boshqaruv tuzilmasi, shakli va uslublarini mustaqil aniqlaydi, shtatlarini belgilaydi. Mulkdor yoki xo‘jalikni yuritish huquqi sub’ekti korxonani bevosita yoxud u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi. Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin. Download 137.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling