Orxona va uning personali


Download 137.46 Kb.
bet4/12
Sana26.01.2023
Hajmi137.46 Kb.
#1129016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu PB

Aksiyadorlik jamiyati. O‘zbekiston Respublikasining „Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra: „Nizom jamg‘armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan Miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi”.



2.3- rasm. Xo‘jalik shirkatini boshqarish tashkiliy tuzilmasi.


Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari turida bo‘lishi mumkin.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlar roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarningumumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • jamiyat Nizomiga qo‘shimchalar kiritish, yangi tahrirdagi Nizomni tasdiqlash;

  • jamiyatni kayta tashkil etish va tugatish;

  • jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugallash;

  • e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p mikdorini belgilash;

  • Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z aksiyalarini qaytarib sotib olish;







2.4- rasm. Aksiyadorlik jamiyatini boshqarish tashkiliy tuzilmasi.

  • taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;

  • yillik biznes rejalarini, hisobotlarni, buxgalteriya balanslarini tasdikdash, foyda va zararlarni taqsimlash.

Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:

  • jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

  • aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini chaqirish, ular uchun kun tartibini tasdiqlash;

  • obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;

  • mol-mulkning bozor qiymatini belgilash;

  • jamiyatning sho‘‘ba va tobe filiallarini tashkil etish, vakolatxonalarini ochish.

Aksiyadorlik jamiyatining kundalik faoliyatiga rahbarlik yakka — boshchilik asosida — ijroiya o rgan (bosh direktor) yoki kollegial organ (direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, boshqaruv, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar boshqaruvini takomillashtirish jarayonida kompaniya, firma, konsern, korporatsiya, xolding hamda boshqa xo‘jalik birlashma va uyushmalari tashkil topdi.

Download 137.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling