Milliy istiqlol


odam to‘q va badavlat hayot kåchirish, el-yurt uchun


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

odam to‘q va badavlat hayot kåchirish, el-yurt uchun
munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim bårish, uyli-
joyli qilish, ularning baxt-u kamolini ko‘rish orzusi bilan
yashaydi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshi-
rilayotgan kång ko‘lamli islohotlarning pirovard maqsadi
– odamlarimizning ana shunday orzu-umidlarini ro‘yobga
chiqarish, xalqimizga har tomonlama munosib turmush
sharoiti yaratib bårishdan iborat»
1
.
Haqiqatan ham, hayotda hamma narsa, jumladan, islohotlar
ham, inson uchun xizmat qilgandagina ma’no-mazmun kasb

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 74-bet.


24
etadi, kutilgan natijani båradi. O‘z kelajagini o‘ylagan har
qanday davlat avvalo fuqarolarining tinch-osoyishta, farovon
yashashini ta’minlashga intiladi. Mamlakatimizda amalga oshi-
rilayotgan islohotlarning aynan shu maqsadga qaratilishida
Pråzidåntimiz tomonidan mustaqillikning dastlabki yillarida
ilgari surilgan «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson
uchun» dågan qoida, taraqqiyotning o‘zbåk modåliga asos
bo‘lgan mashhur båsh tamoyil muhim ahamiyat kasb etmoqda.
«Taraqqiyotning o‘zbek modeli» deganda, O‘zbekistonnig
mustaqil rivojlanish yo‘lini tushunamiz.
Albatta, xalq farovonligiga erishishda faqat davlatning sa’y-
harakatlari kifoya qilmaydi. Buning uchun har qaysi inson
o‘zining bunyodkorlik salohiyatini ishga solishi, islohotlar mo-
hiyatini chuqur anglab yåtishi, ularni amalga oshirishda faol
ishtirok etishi lozim. Ayniqsa, odamlarning dunyoqarashi,
hayotga, måhnatga, yårga munosabatining tubdan o‘zgarishi
xalq farovonligini ta’minlashda båqiyos rol o‘ynaydi. Chunki
farovon turmushga intilish insondagi tadbirkorlik va tashab-
buskorlik tuyg‘usini, har bir yurtdoshimizning o‘z hayotini o‘z
kuchi bilan barpo etishga qaratilgan harakatlarini yanada
kuchaytiradi. Shuning uchun ham odamlarda mulkka egalik,
o‘z ishiga muhabbat va mas’uliyat hissini, o‘z kuchiga bo‘lgan
ishonchni oshirish, yoshlarda bolalikdan boshlab måhnat
ko‘nikmalarini shakllantirib, ularni zamonaviy bilim va kasb-
hunarlarni puxta egallagan inson-
lar qilib voyaga yåtkazish xalq
farovonligiga erishish yo‘lidagi
muhim vazifalardan hisoblanadi.
Shuning uchun ota-bobolarimiz
imkon qadar ko‘proq kasb-hu-
narlarni egallashga harakat qi-
lishgan, farzandlarini ham shunga
da’vat etishgan. Xalqimizning
«Bir yigitga qirq hunar oz», «Hu-
nari bor kishining tashvishi oz
ishining», «Ish bilganga ming
tanga», «Hunar – hunardan


25
unar» kabi maqol va hikmatli so‘zlari ajdodlarimizning hunari
bor, qo‘li gul, måhnatdan qochmaydigan insonlarni qanchalik
qadrlaganlarini ko‘rsatadi. Bu maqollar hozirgi kunda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bugun biz ota-bobolarimiz asrlar
davomida ulug‘lab kålgan an’anaviy kasb-hunarlar bilan birga,
zamonaviy tåxnik va tåxnologik taraqqiyot bilan bog‘liq kasb-
larni ham puxta egallashimiz zarur. Xususan, hozirgi paytda
farovonlikka erishish kompyutår tåxnikasi, murakkab tåxnolo-
giyalarga asoslangan ishlab chiqarish sohalari, biznås va tad-
birkorlik kabi turli kasblarni egallash bilan ham båvosita bog‘liq.
Bu esa bizdan tinimsiz o‘qib-o‘rganish, bilim va malakamizni
oshirib borish, xorijiy tillarni puxta egallashni talab qiladi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling