Milliy istiqlol


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Savol va topshiriqlar:
1. Xalq farovonligiga qanday sharoitda erishish mumkin?
2. Xalq farovonligi g‘oyasi dåb nimaga aytiladi?
3. «Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun» dågan qoida
kim tomonidan aytilgan? Uning ma’nosini tushuntirishga harakat
qiling.
4. Bozorlarimizdagi to‘kinchilikning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
5. «Bir yigitga qirq hunar oz» dågan maqolning ma’nosini siz qanday
tushunasiz?
6. Ushbu rasmlarda aks ettirilgan kishilar xalq farovonligiga qanday
hissa qo‘shayotgani to‘g‘risida so‘zlab båring.
?
D)
E)
A)
B)
C)


27
OBODLIK KO‘NGILDAN BOSHLANADI
(Amaliy mashgulot)
Aziz o‘quvchi, Pråzidåntimiz Islom Karimov o‘zining nutq
va ma’ruzalari, jamoatchilik vakillari bilan bo‘lgan suhbatlarida
alohida ta’kidlab aytadigan «Obodlik ko‘ngildan boshlanadi»
dågan hikmatli iboraning ma’nosi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?
Yurtimizda obod joylar ko‘p. Ular mohir muhandis va må’-
morlar, qo‘li gul ustalar, bog‘bon-u sohibkor insonlar, butun
xalqimiz mehnatining natijasidir. Biz ana shu obod maskanlarni
bunyod etish fikri, avvalo, kimning ko‘nglida paydo bo‘lgani
haqida ko‘pincha o‘ylab ko‘rmaymiz. Holbuki, pok niyat, yaxshi
orzu-o‘y va råjalar hamisha ko‘ngildan boshlanadi. Ayniqsa,
bizning xalqimiz doimo yaxshilikni o‘ylab yashaydi. Odamlarimiz
tarixning eng qiyin pallalarida ham oila qursam, el-yurt xizmatiga
yaraydigan, kuchli, aqlli va pahlavon farzandlar o‘stirsam, uy
barpo etib, daraxtlar ekib, avlodlarimga måros qilib qoldirsam,
dågan ezgu tilaklarni ko‘ngliga tugadi. Vatanimizning bosh
maydoni bo‘lgan Mustaqillik maydonidagi Ezgulik arkasi, Mus-
taqillik va ezgulik monumånti kabi zamonaviy må’moriy obidalar
xalqimizning ana shunday ulug‘ fazilatlari sharafiga barpo etilgan.
Mamlakatimizning qaysi burchagiga bormang, u yårda albatta
obodlik ramzi bo‘lgan yangi maktab, litsåy yoki kollåj binosini,
so‘lim bog‘ yoki xiyobonni, yam-yashil dalalarni, shinam uy-
joylarni ko‘rishingiz mumkin. Ularning barchasi xalqimizning
fidokorona måhnati tufayli shunday ko‘zni quvontiradigan dara-
jaga yåtgan. Ayni paytda ular ming-minglab oddiy, kamtarin va
måhnatkash insonlarning samimiy qalbi, bahor tongidåk tiniq
o‘y-xayollari, båg‘ubor orzulari mahsulidir.
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, agar insonning ko‘ngli toza, niyati
xolis bo‘lmasa, katta va ulug‘ ishlarni vijdonan, sidqidildan
amalga oshira oladimi? Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz,


28
Tårmiz, Qarshi va Marg‘ilon kabi shaharlarimizda asrlar sino-
vidan o‘tib, hanuzgacha dunyo ahlini hayratga solib kålayotgan
qadimiy binolarimizga e’tibor båring. Ana shu o‘lmas obidalarni
barpo etgan må’mor va ustalarning ko‘ngli ham, qo‘li ham pok
bo‘lmaganida, bu ulkan inshootlarning loaqal bitta g‘ishti
noto‘g‘ri qo‘yilganida bormi, ular shamol-u yomg‘irlar, qor-u
qirovlar, jazirama va izg‘irinli kunlar ta’siriga dosh bårolmasdan,
allaqachon nurab, to‘kilib, yo‘q bo‘lib kåtgan bo‘lardi.
Xuddi shu kabi, bugungi kunda ham dalalarda fårmår va
dåhqonlarimiz, qurilish maydonlarida må’mor-u ustalarimiz,
ishlab chiqarish korxonalarida muhandis-u ishchilarimiz,
maktablar, litsåylar, kollåj va oliy o‘quv yurtlarida muhtaram
ustozlarimiz, shifo maskanlarida tibbiyot xodimlari o‘z ishini
sidqidildan, ya’ni chin ko‘ngildan bajarmasa, 1991-yildan buyon
o‘tgan vaqt mobaynida, ko‘hna tarix uchun juda qisqa bir
muddatda – mustaqillik davrida mamlakatimiz bu qadar ulkan
yutuqlarga erishishi, håch shubhasiz, qiyin bo‘lardi.
Siz o‘zingiz yashayotgan qishloq yoki shaharda, tahsil ola-
yotgan maktabda yurtimizdagi obodlikdan dalolat båradigan
manzaralarni ko‘p ko‘rasiz. Dåylik, maktabdan qaytishda daraxt-
zor xiyobonda, salqin shabada esib turgan, suv to‘lib oqayotgan
ariq yoki soy bo‘yida dam olishingiz mumkin. Shu daraxtlarni
ham kimdir ekkan, shu ariq yoki soyni ham kimlardir båg‘araz
måhnat qilib qazigan, qum-shag‘allardan, xas-xashaklardan
tozalagan, to‘g‘rimi? Sizningcha, ular qanday ko‘ngilli insonlar?
Ular – ko‘ngli pok va ulug‘ insonlar! Shunday emasmi?
Shu tarzda maktabingizni, uning sinfxonalaridagi o‘quv anjom-
larini qurgan va yaratgan insonlar haqida, ularning qalbidagi
orzu-umidlari to‘g‘risida håch o‘ylab ko‘rganmisiz?
O‘zingiz taniydigan fårmår, bog‘bon, shifokor yoki o‘qituv-
chining har kunlik måhnati uning qalb olamiga, ma’naviyatiga,
orzu-o‘ylariga qanchalik uyg‘un ekani haqida fikrlab ko‘ring.
Shu haqda sinfdoshlaringizga, ota-onangizga hikoya qilib båring.
Bu haqda doimo o‘ylash hayotdagi ko‘pgina murakkab
masalalarni tushunishda ham qo‘l kåladi. Eng muhimi, siz bu
dunyodagi barcha ezgu ishlarning manbayi inson qalbi ekaniga,
uning ma’naviy imkoniyati, kuch-qudrati chåksizligiga, obodlik
haqiqatan ham ko‘ngildan boshlanishiga ishonch hosil qilasiz.


29

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling