Milliy istiqlol
Inson barkamol bo‘lishi uchun avvalo uning o‘zi ham
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Inson barkamol bo‘lishi uchun avvalo uning o‘zi ham,
xalqi ham, Vatani ham ozod va erkin bo‘lishi lozim. Chunki, ozod va erkin insongina mustaqil harakat qila oladi, o‘zining jismoniy va ma’naviy salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish imkoniga ega bo‘ladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan kåyin xalqimizning komillik yo‘lidagi intilishlarini amalga oshirish uchun keng imko- niyatlar tug‘ildi. Bugungi kunda Vatanimizda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yåtkazish maqsadida qilinayotgan ko‘pdan-ko‘p ishlar aynan shundan dalolat båradi. Avvalgi darslarimizdan bilib olganingizdåk, biz yurtimizda huquqiy dåmokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etmoqdamiz. Bunday jamiyatda davlatni boshqarish, mamlakat miqyosida qarorlar qabul qilish, tadbirlar o‘tkazish ishlari oddiy odamlarning tashabbusi va intilishlari orqali amalga oshiriladi. Demak, bunday jamiyat fuqarolari har tomonlama yåtuk bo‘lmog‘i zarur. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yåtkazishga alohida ahamiyat bårilayotgani bizning erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lidagi intilishlarimizga har tomonlama mos va uyg‘undir. Chunki barkamol insonlar yashay- digan jamiyatdagina tinchlik-totuvlik, hamjihatlik, adolat va ma’rifat ustuvor bo‘ladi. Komillikka birdaniga erishib bo‘lmaydi. Barkamol inson bo‘- lish uchun odam o‘z oldiga ezgu maqsadlar qo‘yib, bir umr shu yo‘lda intilib yashashi lozim. U qilgan ishlari, oldida turgan burchi va vazifasini har kuni tahlil etib, ulardan zarur xulosalar 3 – Milliy istiqlol g‘oyasi, 8-sinf 34 chiqarib, kamchiliklarini tuzatishga, yaxshi xususiyatlarini oshi- rishga harakat qilishi kårak. Bu jarayon bir kun ham to‘xtamasligi zarur. Ya’ni, inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsad yo‘lidan chå- kinmasligi lozim. Aziz o‘quvchi, bu qushlardan qaysi biri manzilga qarab intilmoqda? Ularning qaysi biri manzilga yetadi va nima uchun? Ma’lumki, bolalik paytida kimdir uchuvchi bo‘lgisi, kimdir olim bo‘lib, kashfiyotlar qilgisi, yana kimdir san’atkorlikka intilib, yaxshi qo‘shiqlar aytgisi kåladi. Låkin orzu orzuligicha qolib kåtmasligi lozim. Orzu maqsadga aylanishi darkor. Orzu insonning xohish va istaklarini ifoda etadigan tasav- vur, xayoliy narsa. Maqsad esa bajarilishi, amalga oshirilishi talab etiladigan niyatdir. Maqsad yo‘lida tinimsiz o‘qib- o‘rganish, måhnat qilish, oldinga intilish zarur. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling