35
Har bir insonning qalbida komillik tuyg‘usi bo‘ladi. Masalan,
bola ham o‘yinchoqlar orasidan
eng chiroyli va mukammalini
olib o‘ynagisi kåladi. Odamzot ana shu tuyg‘uni bir umr tarbiya-
lab, yuksaltirib borishi lozim. Bunda, albatta,
u yashaydigan
muhit, yon-atrofidagi odamlar alohida o‘rin tutadi. Komillik
tuyg‘usi go‘zallik, ezgulik, adolat, insof, diyonat,
haqiqat tuy-
g‘ulari bilan yonma-yon yuradi,
ular bilan birga, bir butun holda
rivojlanadi.
Komil inson g‘oyasi
islom falsafasidan oziqlanib, xalqimiz
tafakkurida yanada kångroq ma’no-mazmun kasb etgan. Bu g‘oya
Abu
Nasr Forobiy, Alishår Navoiy kabi donishmand bobolarimiz
asarlarida tåran ifoda etilgan.
Xulosa
qilib aytganda, komillik insonning azaliy orzusi bo‘lib,
uni amalga oshirish uchun muayyan ijtimoiy shart-sharoit zarur.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng biz shunday
imkoniyatga ega bo‘ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: