Milliy istiqlol
«Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni, ta-
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
«Bu hayotning shafqatsiz bir qonuniyati bor. Ya’ni, ta-
rixning murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida har qanday millat va elat o‘z ahilligi va birdamligini saqlab, o‘z milliy manfaatlari yo‘lida qat’iyat bilan turmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir- oqibatda o‘zining eng katta, tångsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo‘lishi shubhasiz» 1 . 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat» nashriyoti, 2013-yil, 51-bet. 38 Dåmak, mustaqil va erkin ha- yotni asrashning eng muhim shart- laridan biri – jamiyatda ijtimoiy hamkorlik, o‘zaro hurmat va måhr- oqibat muhitini doimo qadrlab, mustahkamlab borishdan iborat. Odamlar bilan hamkorlik qilib yashash kundalik hayotda har kuni kerak bo‘ladi. Masalan, siz ayrim fanlar bo‘yicha berilgan vazifalarni eng yaqin do‘stlaringiz bilan birgalikda tayyorlaysiz. Bu ham o‘ziga xos hamkorlikdir. Kichik korxona ochib, biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkor o‘zining mablag‘i yetarli bo‘lmasa nima qiladi? Davlatdan kredit, ya’ni qarz oladi yoki o‘ziga o‘xshagan boshqa tadbirkor bilan birga o‘rtaga mablag‘ qo‘yib, ish olib boradi. Bu ham hamkorlikdir. Dehqon bog‘ida mo‘l hosil yetishtirdi. Lekin bu hosilni qayta ishlab, undan sharbat va murabbolar tayyorlash uchun uning korxonasi yo‘q. Qani ayting-chi, bunday vaziyatda dehqon nima qiladi? Turli toifa, millat va elat vakillari o‘rtasida birdamlik, hamjihatlikning yo‘qligi bois dunyoning ba’zi o‘lkalarida notinch- lik, urush va janjallar avj olmoqda, qanchadan qancha bågunoh odamlar qurbon bo‘lib, aholining hayot darajasi kåskin pasayib bormoqda. Ijtimoiy hamkorlik mustahkamlangan joyda qanday yuksak rivojlanishga erishish mumkinligini Yaponiya jamiyati misolida ko‘rish mumkin. Bu mamlakat fuqarolari, tili, dini, millati va ijtimoiy mansubligidan qat’i nazar, Yaponiyaning umumiy man- faatlari yo‘lida birlashadi, o‘zlarini yagona xalq vakillari dåb biladi. Jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi har qanday muammo bir- galikda, hamkorlik asosida, mamlakat xalqining umumiy manfaatlari foydasiga hal etiladi. Buni Ikkinchi jahon urushidan kåyin yapon xalqining yanada birlashib, juda qoloq ahvolga tushib qolgan davlatni dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqqani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. 39 Jamiyatda ijtimoiy hamkorlik muhitini qaror toptirishda siyosiy yo‘lboshchilar alohida o‘rin tutadi. Ular fidoyilik va va- tanparvarlik namunasini ko‘rsatib, turli qarashdagi guruh hamda toifalarni birlashtiradi, umumiy maqsadlar yo‘lida hamkorlik qilishga da’vat etadi. O‘tgan asrning 90-yillarida Prezident Islom Karimov butun xalqni mustaqillik g‘oyasi atrofida birlashtirib, mustahkam ijtimoiy hamkorlik muhitini yaratdi. Ana shu asosda yurtimiz istiqlolga erishdi. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobida bu haqda ko‘plab hayotiy misollar, tarixiy dalillar keltirilgan. Qadimgi ertaklarimizda ham odamlar birlikka, hamkorlikka chaqirilgan. Siz o‘zbåk xalq ertaklarida donishmand ota o‘z o‘g‘illariga bittadan cho‘p bårib, qani sindiringlar, dåganida, ular cho‘pni båmalol sindirganini yaxshi bilasiz. Låkin ota cho‘plarning hammasini jamlab, qani endi sindirib ko‘ringlar- chi, dåganini ham eslasangiz kårak. Cho‘plar jamlanganida ularni sindirish qiyin bo‘ladi. Nima uchun? Chunki kuchlar bir- lashganida ularni yångib bo‘lmaydi. Sahroda saksovullar, turli o‘simlik va butalar nima uchun yakka holda emas, to‘p-to‘p bo‘lib, gavjum bo‘lib o‘sadi? Ular bunday sharoitda shamol va bo‘ronlarga, suvsizlikka qanday bardosh båra oladi? E’tibor berganmisiz, uzoq safarga otlangan qushlar guruh- guruh bo‘lib uchadi. Tog‘lardan, dengizlardan, cho‘l-u biyo- bonlardan o‘tayotganida ular bir-biriga madad bo‘ladi. Ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi ham xalqlarni, butun insoniyatni ana shunday birlashib, turli xavf-xatarlarni yångishga, yaxshilik sari intilishga undaydi. Xalqimiz azaldan ahillik va inoqlikni, ya’ni bugungi til bilan aytganda, ijtimoiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlab kåladi. Ota- bobolarimiz ijtimoiy hamkorlikning asosini oiladan boshlashga muhim ahamiyat bårganlar. Milliy qadriyatlarimizda ham o‘zaro hamjihatlik ulug‘lanadi. Ko‘pchilik ishtirokida o‘tadigan to‘y- ma’rakalar, hasharlar, mahallachilik, qo‘ni-qo‘shnichilik an’ana- lari ana shu maqsadga xizmat qiladi. 40 Ayni paytda Konstitutsiyamiz, qonunlarimiz, davlat va nodavlat tashkilotlari, o‘zini-o‘zi boshqarish idoralari, ta’lim- tarbiya, madaniyat muassasalari, turli tadbir va anjumanlar ham ijtimoiy hamkorlikni qaror toptirishda katta o‘rin tutadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling