Milliy istiqlol


Millat va elatlarning ko‘pligi va xilma-xilligi insonga


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Millat va elatlarning ko‘pligi va xilma-xilligi insonga
o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyat-
larning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini tushunib
yåtish imkonini båradi.
Ma’lumki, barcha insonlarning qadimiy ildizlari umumiy va
mushtarak. Jahondagi turli millatlarning tili, turmush tarzi va
urf-odatlari bir-birinikidan farq qilsa-da, ularning orzu-inti-
lishlari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, hayot falsafasi bir-biriga
yaqin. Barcha millat vakillari ozod va erkin yashashni, oila qurib,
farzand o‘stirib, o‘zidan munosib zurriyod qoldirishni, kuy-
qo‘shiqlar kuylab, hayotdan zavqlanishni, baxtli bo‘lishni is-
taydi. Shu bilan birga ezgulikni qadrlab, yovuzlikni qoralaydi.


42
Tarixiy misollar ham buni yaqqol tasdiqlaydi. Masalan, o‘tgan
asrda fashizm dunyo xalqlari hayotiga xavf solganida butun
insoniyat unga qarshi kurashga otlangan edi.
2011-yilning mart oyida Yaponiyada qattiq zilzila oqibatida
shahar va qishloqlar vayron, ming-minglab odamlar qurbon
bo‘lib, bu yurt og‘ir ahvolga tushib qolganida jahondagi barcha
davlat va millat vakillari bu fojiali kunlarda yapon xalqi bilan
birdam bo‘lib, undan båg‘araz yordamini ayamadi.
Bizning milliy g‘oyamiz xalqimizning orzu-intilishlarini haq-
qoniy aks ettirgani uchun har qanday millatchilikdan, boshqa
elat va xalqlarga nisbatan månsimaslikdan mutlaqo xoli. Xalqimiz
azaldan do‘stlik, birodarlik g‘oyalarini ulug‘lab, boshqa millat
vakillari bilan tinchlik, hamkorlik, hamjihatlik, mehr-oqibat
asosida yashaydi.
El-yurtimiz yon-atrofdagi, dunyoning olis mintaqalaridagi
xalqlar bilan ham qadim-qadimdan hamkorlikka intilib kålgan.
Sohibqiron Amir Tåmur bobomizning Fransiya qiroli bilan
maktub orqali fikr almashgani, Yevropaning boshqa mam-
lakatlari, jumladan, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon
qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar
o‘rnatgani buning yaqqol dalilidir.
Millatlararo hamjihatlik g‘oyasi xalqimizning ezgu insoniy
fazilatlarini ifoda etadi va kålajakda bu an’analarni yanada boyi-
tish va rivojlantirishni nazarda tutadi. Mustaqillik yillarida O‘z-
bekiston dunyodagi barcha xalqlar
va mamlakatlar bilan do‘stona
hamkorlik aloqalarini o‘rnatib,
ularni doimo mustahkamlab kela-
yotgani millatlararo hamjihatlikni
mustahkamlashga munosib hissa
bo‘lib qo‘shilmoqda. Hozirgi kun-
da mamlakatimiz jahondagi turli
davlatlar bilan uzoq muddatga
mo‘ljallangan hamkorlik shartno-
malari asosida o‘zaro manfaatli
do‘stona munosabatlarni rivojlan-
tirib kelmoqda.


43
Millatlararo hamjihatlikka raxna soluvchi illat, bu – millatchi-
lik va shovinizmdir. Bunday zararli g‘oyalar ta’siriga tushgan jami-
yat halokatga uchraydi. XX asrda dunyoning ko‘plab xalqlarini
asoratga solishga intilgan fashizm g‘oyasi bunga misol bo‘la oladi.
Millatchilik bir millatni ulug‘lab, boshqa millatlarni kam-
sitish, millat ajratishni bildiradi.
Shovinizm – millatchilikning bir turi bo‘lib, boshqa millat-
larni mensimaslik, o‘zini ularga nisbatan ustun qo‘yishga
intilish.
«Fashizm» italyancha so‘z bo‘lib, to‘da, bog‘lam degan
ma’nolarni anglatadi hamda ommaviy qirg‘in va zo‘ravonlik
bilan siyosat olib boradigan yovuz kuchlarga aytiladi.
Hozirgi kunda ham turli g‘oyaviy va mafkuraviy yo‘llar bilan
biron-bir xalq yoki millatga xos urf-odat, an’ana hamda qad-
riyatlarni kamsitish, yo‘q qilishga qaratilgan tahdidlar såzilib
turibdi. Bunday tajovuzlar ta’siriga tushmaslik uchun doimo
hushyor va ogoh bo‘lish, ilm-ma’rifatga tayanib yashash talab
qilinadi. Bu haqda fikr yuritganda, Yurtboshimizning quyidagi
mulohazalarini doimo esda tutishimiz lozim:

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling