Milliy istiqlol


Milliy g‘oyaning ma’no-mazmunini bålgilaydigan


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/156
Sana16.11.2021
Hajmi1.76 Mb.
#175343
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   156
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 8 uzb

Milliy g‘oyaning ma’no-mazmunini bålgilaydigan
asoslardan biri – bu xalqimizning qadimiy va boy
tarixidir.
Haqiqatan ham, yurtimizning ko‘p asrlik tarixiga nazar tashlar
ekanmiz, unda milliy g‘oyamizning asosiy yo‘nalishlarini bålgilab
båradigan, xalqimizga asrlar davomida xos bo‘lgan orzu-
intilishlarni ko‘ramiz. El-yurtimizning doimo o‘z ozodligi va
mustaqilligini munosib himoya qilib kålgani shular jumlasidan-
dir. Tariximizda bu haqiqatni tasdiqlaydigan misollar ko‘p.
To‘maris va Shiroq, Spitamån, Jaloliddin Mangubårdi, Amir
Tåmur kabi mard va jasur ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi
kurashlari misolida bunga ishonch hosil qilishimiz mumkin yoki
so‘nggi mustamlakachilik davrida ma’rifatparvar jadid bobo-
larimizning ozodlik uchun harakat qilgani, o‘tgan asrning 80-
yillari oxiri va 90-yillari boshida xalqimizning Pråzidånt Islom
Karimov rahbarligida istiqlol yo‘lida ulkan jasorat bilan kurash
olib borib, o‘ta og‘ir sharoitda mustaqillikka erishgani ham tinch
va erkin hayot qanchalik mashaqqatli urinishlar evaziga qo‘lga
kiritilganini ko‘rsatadi.
Siz Yurtboshimizning «O‘zbekiston mustaqillikka erishish
ostonasida» kitobini o‘qib chiqsangiz, bu haqda yanada ko‘proq
bilib olasiz.
Milliy g‘oyaning tarixiy asoslari bunyodkorlik, måhnatsåvar-
lik azal-azaldan xalqimizning bosh fazilati, ustuvor maq-
sadlaridan biri bo‘lib kålganidan dalolat båradi. Bizning qadimiy
shaharlarimiz, dunyo miqyosida tan olingan må’moriy obida-
larimiz, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan «Avåsto», «Shash-
maqom», «Alpomish» kabi ma’naviyat durdonalari xalqimizning
bunyodkor intilishlari mahsuli. Ana shu intilishlar ham milliy
g‘oyamizga asos bo‘lgan.
El-yurtimiz qadim-qadimdan farzand tarbiyasiga, oila mus-
tahkamligiga katta ahamiyat bårib kåladi. Insonning shaklla-


11
nishi va kamolga yåtishida oilaviy muhit, ota-bobolardan måros
an’analar g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Hayot sinovidan o‘tgan
ana shu intilishlar ham milliy g‘oyamizning någizini bålgilaydigan
tamoyil va tushunchalardan hisoblanadi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling