Milliy istiqlol
Millat va elatlarning ko‘pligi va xilma-xilligi insonga
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
milliy istiqlol goyasi 8 uzb
Millat va elatlarning ko‘pligi va xilma-xilligi insonga
o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyat- larning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatini tushunib yåtish imkonini båradi. Ma’lumki, barcha insonlarning qadimiy ildizlari umumiy va mushtarak. Jahondagi turli millatlarning tili, turmush tarzi va urf-odatlari bir-birinikidan farq qilsa-da, ularning orzu-inti- lishlari, moddiy va ma’naviy ehtiyojlari, hayot falsafasi bir-biriga yaqin. Barcha millat vakillari ozod va erkin yashashni, oila qurib, farzand o‘stirib, o‘zidan munosib zurriyod qoldirishni, kuy- qo‘shiqlar kuylab, hayotdan zavqlanishni, baxtli bo‘lishni is- taydi. Shu bilan birga ezgulikni qadrlab, yovuzlikni qoralaydi. 42 Tarixiy misollar ham buni yaqqol tasdiqlaydi. Masalan, o‘tgan asrda fashizm dunyo xalqlari hayotiga xavf solganida butun insoniyat unga qarshi kurashga otlangan edi. 2011-yilning mart oyida Yaponiyada qattiq zilzila oqibatida shahar va qishloqlar vayron, ming-minglab odamlar qurbon bo‘lib, bu yurt og‘ir ahvolga tushib qolganida jahondagi barcha davlat va millat vakillari bu fojiali kunlarda yapon xalqi bilan birdam bo‘lib, undan båg‘araz yordamini ayamadi. Bizning milliy g‘oyamiz xalqimizning orzu-intilishlarini haq- qoniy aks ettirgani uchun har qanday millatchilikdan, boshqa elat va xalqlarga nisbatan månsimaslikdan mutlaqo xoli. Xalqimiz azaldan do‘stlik, birodarlik g‘oyalarini ulug‘lab, boshqa millat vakillari bilan tinchlik, hamkorlik, hamjihatlik, mehr-oqibat asosida yashaydi. El-yurtimiz yon-atrofdagi, dunyoning olis mintaqalaridagi xalqlar bilan ham qadim-qadimdan hamkorlikka intilib kålgan. Sohibqiron Amir Tåmur bobomizning Fransiya qiroli bilan maktub orqali fikr almashgani, Yevropaning boshqa mam- lakatlari, jumladan, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgani buning yaqqol dalilidir. Millatlararo hamjihatlik g‘oyasi xalqimizning ezgu insoniy fazilatlarini ifoda etadi va kålajakda bu an’analarni yanada boyi- tish va rivojlantirishni nazarda tutadi. Mustaqillik yillarida O‘z- bekiston dunyodagi barcha xalqlar va mamlakatlar bilan do‘stona hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, ularni doimo mustahkamlab kela- yotgani millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda. Hozirgi kun- da mamlakatimiz jahondagi turli davlatlar bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan hamkorlik shartno- malari asosida o‘zaro manfaatli do‘stona munosabatlarni rivojlan- tirib kelmoqda. 43 Millatlararo hamjihatlikka raxna soluvchi illat, bu – millatchi- lik va shovinizmdir. Bunday zararli g‘oyalar ta’siriga tushgan jami- yat halokatga uchraydi. XX asrda dunyoning ko‘plab xalqlarini asoratga solishga intilgan fashizm g‘oyasi bunga misol bo‘la oladi. Millatchilik bir millatni ulug‘lab, boshqa millatlarni kam- sitish, millat ajratishni bildiradi. Shovinizm – millatchilikning bir turi bo‘lib, boshqa millat- larni mensimaslik, o‘zini ularga nisbatan ustun qo‘yishga intilish. «Fashizm» italyancha so‘z bo‘lib, to‘da, bog‘lam degan ma’nolarni anglatadi hamda ommaviy qirg‘in va zo‘ravonlik bilan siyosat olib boradigan yovuz kuchlarga aytiladi. Hozirgi kunda ham turli g‘oyaviy va mafkuraviy yo‘llar bilan biron-bir xalq yoki millatga xos urf-odat, an’ana hamda qad- riyatlarni kamsitish, yo‘q qilishga qaratilgan tahdidlar såzilib turibdi. Bunday tajovuzlar ta’siriga tushmaslik uchun doimo hushyor va ogoh bo‘lish, ilm-ma’rifatga tayanib yashash talab qilinadi. Bu haqda fikr yuritganda, Yurtboshimizning quyidagi mulohazalarini doimo esda tutishimiz lozim: Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling