Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Download 1.91 Mb.
bet31/71
Sana26.06.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1656450
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021 2

Nazorat savollari.

  1. Tashkiliy- texnologik sxemani taxlil qilish usullari.

  2. Moslik koeffitsientini xisoblash.

  3. Tartib grafigini tuzish.

  4. Moslik grafigini tuzish.

  5. Turli oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxemani tuzish.

  6. Tashkiliy- texnologik sxemani taxlil qilish usullari.

14-MA’RUZA.
Mavzu: DETAL VA YARIMFABRIKATLARINI TASHISH VOSITALARI.
(2-soat)
Reja:
1. Uzatmasiz transport vositalar.
2. Osma konveyerlar, aravachalar turi va ularni qo’llash.
3. Assortiment turiga qarab transport vositalarini tanlash.

  1. Uzatmasiz transport vositalar.

Mexnat predmetlarini tashish uchun qo’llaniladigan transport vositalari konveyer va transporterlardan iborat.
Konveyer-uzatmali transport vositasi bo’lib mexnat predmetlarini bir ish o’rnidan ikkinchisiga texnologik jarayonning qat’iy maromiga moslab uzatib turadi.
Transporter- uzatmali yoki uzatmasiz bo’lishi mumkin. Transporter mexnat predmetlarini bir ish o’rnidan ikkinchisiga uzatishni mexanizatsiyalashtirish uchun ishlatiladi. Uning ishlash ma’romi tashkiliy operatsiyani bajarish vaqti bilan mos kelishi ma’qul, ammo shartli emas.
Tikuv sexida uzatmali uzluksiz qat’iy ma’romda ishlaydigan quyidagi konveyerlar qo’llaniladi:
vertikal berk tasmali konveyerlar:
- KTOL-1-bir chiziqli ish o’rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli konveyer;
- KTOP-1 - bir chiziqli ish o’rinlari o’ng tomondan joylashgan bir qatorli konveyer;
- -1- bir chiziqli ikki qatorli konveyer;
- KTDD-1- ikki chiziqli ikki qatorli konveyer.
vertikil berg zanjirli konveyerlar:
- KZ- ikki chiziqli ikki qatorli konveyer;
- KM- bir chiziqli ikki qatorli konveyer.
gorizontal berg zanjirli osma konveyerlar:

  • TSPK- bir chiziqli ish o’rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli konveyer;

  • VPK – bir- yoki ikki chiziqli bir qatorli konveyer.

Konveyerlardan tashqari uzatmali transportyorlar ham keng qo’llaniladi:
- TMS-1- ikki chiziqli ikki qatorli uzluksiz ishlaydigan vertikal berk tasmali transporter;
- TMS-2- bir chiziqli ikki qatorli uzluksiz ishlaydigan vertikal berk tasmali transporter;
- RKT-1 – vaqti- vaqti bilan ishlaydigan gorizontal berk bir chiziqli ikki qatorli zanjirli transparter. RKT-1 transporteri TMS-1 va TMS-2 transporterlaridan adresslangan tizimi mavjudligi bilan farq qiladi. Bu transporterlar DOO rejimida ishlaydi.
- TPD- – vaqti- vaqti bilan ishlaydigan transporter;
- GM-200-D/50 - bir chiziqli ish o’rinlari chap tomondan yoki ikki qator joylashgan transporter. Ust kiyim ishlab chiqaradigan oqimlarning pardozlash seksiyasida qo’llaniladi.
- KPN-250-D-200 - bir chiziqli ish o’rinlari chap tomondan joylashgan bir qatorli transporter.
Bu transporter GM-200-D/50 o’xshash bo’lib nafaqat ust kiyim tikadigan oqimning pardozlash seksiyasida, balki tayyorlash va yig’ish seksiyalarida qo’llaniladi.
- 1R-15 (ikki holatli qisqich) burilish platformali harakatlanuvchi qurilma.. Yarimfabrikatlarni uzatish usullari bo’yicha o’ng tomonlama, ko’ndalang va mokili bo’lishi mumkin. Har bir bog’lamda 30 tadan ko’p bo’lmagan detallarning ikkita bog’lamini o’rnatishga mo’ljallangan.
Qurilmani kichik va o’rta quvvatli oqimlarda qo’llash tavsiya etiladi.
Ikki holatli qisqich ishchidan chap tomonda tikuv mashinasidan 150 mm masofada o’rnatiladi. Qisqichlar soni tashkiliy operatsiyalar soni va oqimdagi ishchi o’rniga qarab aniqlanadi (qisqichlar soni ishchi o’rni soniga nisbatan 30% ortiq bo’lishi kerak).
- TKT-1 ( Yugoslaviya)- tasmali uzluksiz ishlaydigan bir chiziqli ikki qatorli adreslangan transporter. Bu transporterlar DOD rejimida ishlaydi.
ROG firmasining erkin maromli adresli TKT-1 konveyeri katta bo’lmagan buyumlarni tayyorlash uchun qo’llaniladi. Bu konveyer detal bog’lamlarini va yarimfabrikatlarni ish o’rniga uzatish va tushurish vazifasini bajaradi.
Yarimfabrikat ish o’rniga berilgan adres bo’yicha kelib tushadi.
Detal va yarimfabrikatlarni ish o’rniga tushurish va ularni bir ish o’rnidan boshqasiga uzatish uchun plastmassa qutichalardan foydalaniladi. Plastmassa qutichalarning o’lcham va shakli ushbu oqimda ishlov berilayotgan buyumning o’lchamlariga va ishchi zonasi markazi orasidagi oraliqqa mos keladi. Quticha kesilgan piramida shaklida bo’lib, ularni joylanishini yengillashtiradi.
Detal bog’lamlari va yarimfabrikatlar qutichalarga joylanadi. Qutichalar yarimfabrikatlarning turi bo’yicha xillanadi va javon tagliklariga joylanadi. Bu yerdan ish uzatuvchi qutichalarni bajarilayotgan operatsiyalar bo’yicha ishchi o’rniga jo’natadi. Operatsiyani tugatgach, ishchilar qutichalarni taglikli javonga eltib beruvchi konveyerga qo’yadilar. Sikl berilgan buyumni tayyorlashdagi barcha operatsiyalar tugagunga qadar davom etadi.
TKT ning bitta konveyerli qurilmasi uchun taglik qatorining va javon qavatlarining o’lchamlari va soni ishchi o’rni, hamda qutichalarning soniga qarab aniklanadi.
TKT-1 koveyeri ikki yarusli bo’lib, detallar va yarimfabrikatlar solingan qutichalarni uzatish va qaytarish vazifasini bajaradi. TKT-1 konveyeri quyidagicha ishlaydi. Ishchi o’rniga yuborilgan qutichani ishchi ustki qabul stolidan oladi. Operatsiyani bajarib, ishchi yarimfabrikatni pastki stoldagi qutichaga soladi. To’ldirilgan qutichani ishchi konveyerning qaytuvchi tasmasiga qo’yadi va quticha ish uzatuvchi pulti tomon yo’naladi.
Qutichani yuqori qabul stolidan ko’tarish vaqtida mikroto’xtatgich ishga tushadi. Bunda pultda signal chirog’i yonadi, ya’ni yuqori stolning bo’shaganligini bildiradi. Yarimfabrikatni ishchi o’rniga jo’natish uchun ish uzatuvchi yarimfabrikat joylangan qutichani olib, konveyerning yuqori tasmasiga qo’yadi va yarimfabrikat jo’natilishi kerak bo’lgan ishchi o’rnining uzatuvchi plankani yoqadi. Bunda pultda ishchi o’rniga yarimfabrikat yetib borganligini bildiruvchi oq chiroq yonadi.
Quticha yetib kelgach uzatuvchi planka uni ustki qabul stoliga itaradi. Quticha stoldagi mikroto’xtatgichni qisadi, bunda ish uzatuvchi pultida signal chirog’i o’chadi, bu yarimfabrikat yetib borgani va ishga tushganini bildiradi. Mikroto’xtatgich qisilganda uzatuvchi planka boshlang’ich holatiga qaytadi va keyingi qutichani jo’natish uchun yo’lni bo’shatib beradi.


  1. Download 1.91 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling