Milliy libos, kashtachilik, to’qimachilik


Bir modelli oqimlar uchun texnologik sxema jadvalini tuzish


Download 1.83 Mb.
bet27/71
Sana22.12.2022
Hajmi1.83 Mb.
#1041774
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni loyixalash O\'quv uslubiy majmua 2021

Bir modelli oqimlar uchun texnologik sxema jadvalini tuzish.

Shu shartlardan foydalanib jarayon operatsiyalarini texnologik ketma-ketlikni buzmasdan va operatsiyalar ixtisosligiga rioya qilib yig’amiz. Operatsiyalarga ketadigan vaqt hech qayerda oqim ma’romini chegaralaridan chiqib ketmasligi kerak.
Oqimning tashkiliy-texnologik sxemasi tuzish uchun operatsiyalar vaqtini moslash jadvalidan va mahsulotni tayyorlash uchun texnologik operatsiyalar ma’lumotnomasidan foydalaniladi. Tashkiliy-texnologik sxema oqimning asosiy texnik xujjati bo’lib, uni asosida:

  • ish o’rinlari, uskunalar joylashtiriladi;

  • asbob-uskuna, moslama va yordamchi materiallar bilan ta’minlanadi;

  • texnologik jarayon nazorat qilib boriladi;

  • bajariladigan ish hisobga olinadi;

  • ishchilarning ish xaqi hisoblanadi.

Bir modelli oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxema 1-jadval ko’rinishida tuziladi.
Buyum nomi….
1 smenada ishlab chiqariladigan buyum soni…..,
Jarayon ma’romi, s:…..
Oqimda ishchilar soni, ishchi…
Bir modelli oqimlar uchun tashkiliy-texnologik sxemasi
12.2-jadval

Tashkiliy opera-tsiyalar
t.r.

Texnologik opera-tsiyalar t.r.

Texnologik operatsiya
lar nomi

ixtisosi

razryad

Umu
miy vaqt, sek

Ishchilar soni

Ishlab chiqarish normasi, dona

Ish xaqi,
so’m

Asbob-
uskuna,
moslamalar

Nx

Na

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

Tashkiliy-texnologik sxemaning 1-ustunida oqim operatsiyalarini 1dan boshlab tartib sonlar bilan belgilab chiqiladi. Bir vaqtning o’zida oqimning bitta yoki bir necha texnologik operatsiyalardan tuzilgan oqimning texnologik operatsiyasining tartibi 2-ustunda raqamlar bilan belgilanadi. Bu biror bir ishchi ishga kelmay qolsa ayrim operatsiyalarni boshqa operatsiyalarni bajaradigan ishchilar o’rtasida taqsimlash imkoni bo’lishi uchun qilinadi.


3-ustunda texnologik operatsiyalardan iborat tashkiliy operatsiyalar tarkibi ko’rsatiladi.
Tashkiliy operatsiyaning 4-ustuni bo’yicha yakuniy qismida ixtisoslik asosiy uskuna bo’yicha ko’rsatilib, razryad (5-ustun) eng yuqori razryadli texnologik operatsiyalar bo’yicha aniqlaniladi. Bir vaqtning o’zida ixtisoslik va razryad har bir texnologik operatsiyalar bo’yicha ko’rsatiladi.
Operatsiyaning umumiy sarf vaqti (6-ustunda) moslashtirish jadvali asosida o’rnatiladi va 0.1sek aniqlikkacha hisoblanadi.
Ishchilarning soni (7-ustun) texnologik operatsiyaning vaqtini jarayon ma’romiga nisbati bilan aniqlanadi va 0.01 aniqlikkacha ko’rsatiladi. Ishchilarning aniq soni (8-ustun) ishchilarning hisobdagi soni yig’indisini yaxlitlash orqali o’rnatiladi:
Nx .=t t.o./τ
Ish normasi (9-ustun) smena davomiyligini (R) tashkiliy operatsiyaga ketgan umumiy vaqtga bo’lish orqali aniqlanadi:
Ni.ch.=R/tt.o.
Ish xaqi (10-ustun) tashkiliy operatsiyalarning razryadi bo’yicha kunlik ishbay maoshini ishlab chiqarish normasiga bo’lish bilan aniqlanadi. Ish xaqi har bir texnologik operatsiya bo’yicha hisoblanadi. Yakuniy qismda umumiy ish xaqi ko’rsatiladi.
Ρ= T.o. KIM / Ni.ch
11-ustunda asbob- uskuna, moslamalarning markasi, firmasi to’liq ko’rsatiladi. Masalan, UM 102203LM, MM-51ARZAM, CS-311 P-11-01 ëstiqli press, Pannoniya, VNR.


  1. Download 1.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling